Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/Dr_Muxtorov/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Doctor Muxtorov@Dr_Muxtorov P.1188
DR_MUXTOROV Telegram 1188
Kitob o‘qish umrni uzaytiradimi?

Kitob oʻqish aqliy salohiyatimizni kuchaytirib, tasavvurimizni boyitishini hammamiz bilamiz. Bu maroqli mashgʻulot salomatlikka ham ijobiy taʼsir etadi.

AQShning Yel universiteti olimlari mutolaa va inson umri davomiyligi bogʻliqligi boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi. 12 yil davom etgan ushbu ilmiy-tekshirish ishida uch ming olti yuzga yaqin keksa yoshdagi erkak va ayollar qatnashdi. Ular orasida ashaddiy kitobsevarlar ham, kitobni qoʻliga faqat uy yigʻishtirganda oladiganlar ham bor edi.

Aniqlanishicha, mutolaani sevadigan va bu ish bilan muntazam shugʻullanadiganlar boshqalarga nisbatan 2 yil koʻproq umr koʻrar ekan. Haftasiga 3,5 soatini va undan koʻproq vaqtini oʻqishga sarflaydigan keksalarda oʻlim xavfi yaqin 12 yilda boshqa qariyalarga nisbatan 20 foizga kam boʻladi.

“Kuniga atigi yarim soat mutola qilish umringiz uzoq boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatadi”,

deydi tadqiqot mualliflaridan biri Bekka Levi.

Qiziq tomoni, “kitob terapiyasi” daromadi, kasb-kori, oilaviy ahvoli, irqi va hayoti farovonligidan qatʼi nazar barchaga birdek foydalidir. Biroq tadqiqotchilar aynan kitob mutolaasiga urgʻu berishyapti. Gazeta va jurnal oʻqish u qadar samarali emas.

Mutolaa asabiylashishni kamaytiruvchi eng oʻngʻay usullardan biri. U kundalik tashvishlardan uzilish imkonini ham beradi. Oʻqish miya uzoq vaqt yosh boʻlib qolishiga sabab boʻladi, miyadagi asab tizimi aloqalarini kuchaytirib, aqliy salohiyatni orttiradi. Qarilik va Alsgeymer xastaligini (xotirani yoʻqotish) ortga suradi. Bundan tashqari, mutolaa siqilishni yengishda qoʻl keladi, muomala-munosabat qobiliyati rivojlanishiga, ijodiy imkoniyatlar kengayishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Kitob oʻqishning yuqorida sanalgan foydalari olimlarga koʻpdan ayon edi. Yel universiteti mutaxassislari uning boshqa bir muhim qirrasi – uzoq umr koʻrishga sabab boʻlishini aniqladi. Toʻgʻri, uzoq yashash juda koʻp omillarga bogʻliq. Lekin inson oʻziga berilgan umrni mazmunli, arzirli tarzda oʻtkazishi ham kerak. Bu borada mutolaa eng yaxshi koʻmakchidir.

Manba

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🔥1

tgoop.com/Dr_Muxtorov/1188
Create:
Last Update:

BY Doctor Muxtorov

Share with your friend now:
tgoop.com/Dr_Muxtorov/1188

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Unlimited number of subscribers per channel Image: Telegram. “Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group. bank east asia october 20 kowloon A Hong Kong protester with a petrol bomb. File photo: Dylan Hollingsworth/HKFP.
from us

Telegram Doctor Muxtorov
FROM American