HR_SQB Telegram 1326
SQB'da yetakchi ayollarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan yangi loyiha ish boshladi

Bugungi kunda Oʼzsanoatqurilishbank tizimida 1,5 mingdan ziyod xotin-qizlar faoliyat yuritadi. Bu umumiy xodimlarning taxminan 40 foizini, boshqaruv jamoasida esa, erkak rahbarlarga nisbatan 9 foizni tashkil qiladi. Bu koʼrsatkich xalqaro menejment tizimi standartlariga javob bermaganligi bois tizimda “Lider ayol” loyihasi tadbiq etildi.

Loyiha maqsadi ayollarda boshqaruv koʼnikmalarini rivojlantirib, menejerlararo gender tengligini taʼminlashga qaratilgan.

"Lider ayol" dasturi ishtirokchilari oʼrtasida hamfikr ayollar hamjamiyati tuzilib, ularning kasbiy va shaxsiy salohiyati rivojlantiriladi, qarorlarini qabul qilish koʼnikmalari shakllantiriladi, zamonga xos tendentsiyalar va talablar boʼyicha tajriba almashish imkoniyatlari yaratiladi.

Oʼquv dasturi loyihani boshqarish, biznes tahlili, banklarda muvofiqlik tizimi, tijorat banklarida HRM, tijorat banklari uchun UFRS, "yumshoq koʼnikmalar" shakllantirish va rivojlantirish kabi modullarni qamrab oladi.

Loyiha doirasida dastlab 50 dan ortiq xotin-qiz tanlab olinishi rejalashtirilgan. Yil davomida esa, 3 ta sessiya oʼtilishi koʼzda tutilgan.

Oʼquv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar xorijiy davlatlarda tajriba orttiradi hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Joriy yilning oʼtgan davrida Bosh bankdagi Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish, Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish, Korporativ biznes, Bankni strategik rivojlantirish departamentlari direktorlari oʼrinbosarlari hamda Аloqa markazi rahbari lavozimlariga ayollar nomzodi tasdiqlandi.

tgoop.com/HR_SQB/1326
Create:
Last Update:

BY HR Sanoat Qurilish Bank

Share with your friend now:
tgoop.com/HR_SQB/1326

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? “[The defendant] could not shift his criminal liability,” Hui said. To view your bio, click the Menu icon and select “View channel info.” bank east asia october 20 kowloon To upload a logo, click the Menu icon and select “Manage Channel.” In a new window, hit the Camera icon.
from us

Telegram HR Sanoat Qurilish Bank
FROM American