HR_SQB Telegram 1400
Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston bank tizimi tarixida birinchi marotaba Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va oʻzbek soʻmida bankning navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi.

Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 12-16-iyul kunlari Morgan Stanley (boshqaruvida 5,4 trln dollar), Fidelity (4,9 trln dollar), Goldman Sachs Asset Management (2,7 trln dollar), Amundi (2,8 trln dollar), LGIM (1,2 trln dollar) kabi 60 ta nufuzli investorlar bilan muzokaralar olib borildi.

Taqdimotlar va muzokaralarda Bank rahbariyati tomonidan investorlarga respublikamizdagi ortga qaytmas iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimi va Bankning undagi oʻrni hamda asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami 900 mln dollardan ziyod takliflar kelib tushdi. Shundan umumiy 400 mln dollar va 2,25 trln soʻm miqdorida mablagʻlar jalb qilindi.

Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar — xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirishdan kelib tushgan mablagʻlar Bank mijozlarining istiqbolli “yashil”, barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 2019-yilda Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro kapital bozorida korporativ qimmatli qogʻozlar, 2023-yilda esa Oʻzbekiston banklari orasida birinchi “yashil” obligatsiyalar joylashtirilgandi.

tgoop.com/HR_SQB/1400
Create:
Last Update:

BY HR Sanoat Qurilish Bank

Share with your friend now:
tgoop.com/HR_SQB/1400

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Polls Channel login must contain 5-32 characters Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! Telegram message that reads: "Bear Market Screaming Therapy Group. You are only allowed to send screaming voice notes. Everything else = BAN. Text pics, videos, stickers, gif = BAN. Anything other than screaming = BAN. You think you are smart = BAN. The SUCK Channel on Telegram, with a message saying some content has been removed by the police. Photo: Telegram screenshot.
from us

Telegram HR Sanoat Qurilish Bank
FROM American