Telegram Web
Президент Шавкат Мирзиёев маҳаллаларда жиноятчиликни жиловлаш ва қонун устуворлигини таъминлаш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам предотвращения преступлений в махаллях и обеспечению верховенства закона.

#Mirziyoyev #taqdimot #ichkiishlar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_kub_gaz_tejang

“Gaz uyimizga o‘z-o‘zidan kirib kelmaydi”.

Nurmamat ota va nabiralari suhbatidan

📲https://www.tgoop.com/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF
📣📣📣 E’lon!

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali direktori Ulug‘bek Ernazarov bugun 9-iyul kuni Muborak tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida soat 11:00 da jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazadi.

🖋 Mutasaddi iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaat va takliflarini o‘rganib chiqadi.

✍️“Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati
📍GAZ BALLONDAN FOYDALANISH QOIDALARI

♨️ ballon gaz plitasi, eshik, dеraza va elеktr rozеtkadan 2 mеtr masofada o'rnatilishi lozim.

♨️ gaz plitasi o'rnatilgan xonada faqat bir dona gaz ballondan foydalanishga ruxsat etiladi.

♨️ bunda xona ichidagi harorat +45 darajadan oshmasligi kerak.

♨️ rеzina shlang­ tarkibi uch qismdan iborat - ichi rеzina, o'rtasi ip matoli va usti rеzinali bo'lishi talab etiladi.

♨️ olov yordamida gaz sizish nuqtasini aniqlash mumkin emas.

♨️ Ballonni asosiy va qo'shimcha kirish-chiqish yo'laklari hamda avtomobil o'tish joylari oldida saqlash mumkin emas.

🔥 Gaz ballonni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyda qoldirmang!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, mazkur yoʻnalishdagi ishlar Jizzax viloyatida ham olib borilmoqda.

Forish tumani “Forish” QFY hududida joylashgan ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 418 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Zarbdor tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida “Oq buloq” MFYda joylashgan taʼlim muassasasida binodagi elektron gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa qasddan buzilgani aniqlandi. Holat yuzasidan qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 411 million soʻmliklar zarar hisoblandi.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=14453

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanmoqda!

Ayni daqiqalardan Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi va Shahrisabz tumanida tabiiy gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.

❗️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi! ERTAGA NISHON TUMANINING NURISTON SHAHARCHASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI! Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning…
🔥 Tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanmoqda!

Ayni daqiqalardan Nuriston shaharchasining "Nuriston", "Nurchi" va "Kimyogar" mahallasida tabiiy gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.

❗️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling!

✍️ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!

ERTAGA KOSON TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!

Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 10-iyul kuni (ertaga) soat 09:00 dan 18:00 ga qadar tumanning "Yangiobod", "Araliq", "Saripul", "Ravot", "Regzor", "Jizzalik", "Lolazor", "Paxtazor", "Quyi obron", "Nartibaland", "Boyg‘undi", "Navro‘z", "Do‘stlik", "Mesit", "Quyibog‘", "Mash'al", "Arabxona", "Mug‘jagul", "Nartichuqur", "Obron", "Chorbog‘" hamda "Istiqbol" (4-5 m/t) mahallasidagi 14657 ta xonadon hamda yuqoridagi hududlarda joylashgan 171 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

❗️Shundan 4 ta AGTKSH
09:00 dan13:00 ga qadar

1."Ever green way" MCHJ
2."Oltin qum" MCHJ
3."Sof xizmat ko‘rsatish kompleksi" MCHJ da (metan)

❗️14:00 dan 17:00 ga qadar

1."Koson chashma" MCHJ ga qarashli AGTKSH da (metan) tabiiy gaz ta'minoti vaqticha to‘xtatiladi

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

📽 "Hududgaz Qashqadaryo" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati taqdim etadi:

🔥 "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati Qamashi tumanining olis tog‘li "Langar" qishlog‘ida bo‘lib suyultirilgan gaz ta'minoti borasida suhbatlashdi.

📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://www.tgoop.com/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.Xodjayev va Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov Andijon viloyatida tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrgandi

Dastlab, Asaka tumanida tashkil etilgan vodiy viloyatlarida faoliyat koʻrsatuvchi gaz sohasi xodimlarining tabiiy va suyultirilgan gaz yoʻnalishlarida malaka oshirishiga moʻljallangan oʻquv-amaliyot markazi bilan tanishildi. Xodimlar bu yerda tabiiy va suyultirilgan gazning ishlab chiqarishdan isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha texnologik bosqichlari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻladi.

Ishchi guruh tomonidan, shuningdek, tumandagi “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish jarayonlari oʻrganildi. Mazkur shoxobchada gaz saqlash quvvatlarini ikki barobarga oshirish, vagon-sisternalarni qabul qilish uchun yana ikki dona qoʻshimcha estakada qurish, foydalanishdagi sanoat quvurlarini yangilash, zamonaviy va energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, maishiy gaz ballonlarini avtomatlashtirilgan tarzda toʻldirish ishlari rejalashtirilgan.

Shundan soʻng ishchi guruh tomonidan Paxtaobod tumani “Mashʼal” MFY hududidagi koʻp qavatli uylarda suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi bilan taʼminlovchi Yaponiya texnologiyasini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar oʻrganildi. Mazkur tizim avvalroq Toshkent viloyati Angren shahrida tajriba asosida muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgandi.

Yana bir manzil Andijon shaharning “Taxtakoʻprik” mahallasi boʻldi. U yerda avtomatlashtirilgan mahalla nazorat-hisob balansini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 23:09:37
Back to Top
HTML Embed Code: