Telegram Web
#tanlov

Gʻolibga «Tafsiri Hilol» hadya qilinadi!

Maʼlumki, «Arbaʼin Navaviyya» tanlovidan koʻzlangan asosiy maqsad — bu savollar bahona ishtirokchilarning sermazmun suhbatlarni tinglab, oz boʻlsa-da hayotlarida tatbiq qila boshlashlari boʻlgan va hozirga qadar shunday boʻlib kelyapti.

Gʻoliblarning aniqlanishi ham aslida nisbiy koʻrsatkich, xolos. Ustozning suhbatlarini tinglar ekansiz, garchi ishtirok eta olmasangiz yo yuqori oʻrin egallamasangiz ham, gʻolibsiz demak.

🤩 Ammo oramizda shunday saxovatli insonlar borki, qatnashchilarning himmati soʻnmasligi hamda ilmga ragʻbatlantirish uchun homiylik qiladilar. Ana shunday insonlardan bo'lgan bir opamiz «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichida 1-oʻrinni olgan ishtirokchiga «Tafsiri Hilol» toʻplamini sovgʻa qildilar!

✔️ Alloh taolo kimnidir ilm yoʻlida yuruvchi, kimnidir esa ularni qoʻllab-quvvatlovchi qilib qoʻyishi rost, faqat ikki tomon ham oʻz ishini ixlos bilan bajarsa bas. Zero, hadisda aytilganidek: «Ikki narsadan boshqasida hasad yoʻq. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi. (Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qurʼonni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi» (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo ehson qilganning ajrini koʻpaytirib bersin! 4-bosqich gʻolibasiga hadya muborak boʻlsin! 🤲

* Ushbu hadya, shuningdek, 2 va 3-oʻrin egalariga ham hadyalar ertaga joʻnatiladi, inshaalloh

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 5-bosqichi 3-noyabrda boʻlib oʻtadi

✔️ Ushbu bosqichda suhbatlarning 19, 20, 21, 22 va 23-qismlari vazifa qilib beriladi, inshaalloh.

Suhbatlarni @husaynbuxoriybot dan hamda YouTubedagi ushbu havoladan tinglashingiz mumkin.

😊 Avvalgi bosqichlarda qatnasholmagan boʻlsangiz, hechqisi yoʻq. Oldinda yana 5 ta bosqich sizni kutib turibdi. Bemalol suhbatlarni tinglab, tayyorlanib, tanlovda qatnashishingiz mumkin.

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanloviga oid, tanlovda ishtirok etayotgan va etmoqchi boʻlganlar uchun bir yaxshi xushxabar bor!

Nima deb oʻylaysiz, bu xushxabar nima? 😊

✔️ 14:00 da eʼlon qilamiz

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🎉 Hadyalar soni 10 taga yetkazildi!

Xabaringiz bor, «Arba'in Navaviyya» tanlovimizda yuqori 3 o‘rin egasiga hadya va ball, 5 talikka kirgan keyingi ikki ishtirokchiga faqat ball berib kelinayotgan edi.

🔥 Ilmga xizmat qilish gʻami bor boʻlgan bir ehson egasining tashabbusi bilan endilikda — noyabr oyidan boshlab tanlov yakuniga qadar oʻtkaziladigan barcha bosqichlarda 3 tadan tashqari 7 ta oʻrin egalariga, jami 10 ta eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchiga ham hadya beriladi!

Oʻz-oʻzidan sizda tanlovda hadyaga ega boʻlish imkoniyati oshdi. Endi ham tanlovda qatnashmasangiz boʻlmaydi. 😊

🤲 Alloh taolo ehson egasining ajrini ziyoda qilsin! Ilmga mana shunday homiylik qilish bizlarga ham nasib qilsin!

Marhamat, tanlovda ishtirok eting!

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Allohdan eng uzoq odam kim?

«Arbaʼin Navaviyya»dan nuktalar

✔️ Manba: «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlarining 15-hadisi

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqich gʻoliblariga hadyalar jo'natilmoqda

✔️ Xabaringiz bor, kecha «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichi boʻlib oʻtib, gʻoliblar aniqlandi. Bugun gʻoliblarga hadyalar joʻnatildi.

1-oʻrin: «Tafsiri Hilol»
2-oʻrin: «Al-Azkor»
3-oʻrin: «Sunniy aqiydalar»

Gʻoliblarni tabriklaymiz! Ularga ham, boshqa ishtirokchilarga ham tanlovimizning navbatdagi bosqichlarida omad tilaymiz! 🎉

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#izoh

Ilmga himmat

Avvalgi xabarlarimizning birida «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining eng nuroniy qatnashchisini eʼtirof etgan edik. Ajabmas, ana shunday eʼtiroflar alohida rukn boʻlib sahifada davom etsa.

😊 Sababi, tanlovning 4-bosqichi savollariga shaxsiyimizga yuborilgan javoblar orasida rasmdagi xabar eʼtiborimizni tortdi.

Ulgʻayganimiz sari tashvish, muammolarimiz ham biz bilan birga kattalashadi: oila, farzandlar, oʻqish, ish. Ammo bu kabi insonlar yuqoridagi va boshqa bahonalarga qaramay, harakat qilishdan toʻxtashmayapti. 🔼

Ulugʻ yoshda ham tunlarini ilm olish, hadis sharhini tinglash bilan oʻtkazayotgan onaxonlardan Oʻzi rozi boʻlib, bizlarni ham ulardan ibrata olishimizni nasib qilsin! 🤲

✔️ 4-bosqich gʻoliblaridan tashqari ushbu onaxonga ham kitob hadya qilishni maqsad qildik. Alloh toalo har birimizni ilmga mana shunday himmatli boʻlishimizda yordamchi boʻlsin!

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sahifamizda avval boʻlib oʻtgan «Shamoilul-Muhammadiyya» tanlovi haqida eshitganmisiz?

Tanlovning xatmona tadbiri qanday oʻtganini eslaysizmi?

✔️ Izohlarda yozib qoldiring. Ushbu xatmona tadbiri haqida bugun bir maʼlumot bilan boʻlishamiz.

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Shamoilul-Muhammadiyya» tanlovining xatmona tadbiri

Bundan 1 yil avval, aniqrogʻi 2023-yilning 10-oktyabr kuni Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan sharh qilingan «Shamoilul-Muhammadiyya» suhbatlari asosida tashkil qilingan tanlovning xatmona tadbiri oʻtkazilgan edi.

Tadbirga Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori mehmon boʻlib, siyratdagi muhim voqealardan birini sharh qilgandilar. «Mavlidi Barzanjiy» asaridan ikki ʼatr oʻqib, mavlid duosini qilgandilar.

🥳 Tadbir soʻngida 1 yil davom etgan tanlovda eng koʻp ball toʻplagan 3 ta gʻolibga esdalik hadyalar topshirilgan edi. Eʼtibor beradigan tomoni, tanlovning mutlaq gʻolibligini koʻzi ojiz, ammo qalbi ochiq ishtirokchi qoʻlga kiritgan edi. Gʻolibga muborak umraga ziyoratiga yoʻllanma taqdim qilingan.

✔️ Ushbu taqdimotni quyidagi havola orqali toʻliq tomosha qilishingiz, oʻsha kunga qaytishingiz, gʻoliblarni, ayniqsa 1-oʻrin sohibasining quvonchiga yana bir bor sherik boʻlishingiz mumkin.

Marhamat, tadbirni tomosha qiling! 😊

📹 Havola: https://youtu.be/r69Cs60c8Jw

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 5-bosqichiga 1 hafta qoldi

3-noyabr
kuni tanlovning 5-bosqichi o'tkaziladi.

✔️ Ushbu bosqichda suhbatlarning 19, 20, 21, 22 va 23-qismlaridan savollar beriladi.

🎉 Avvval xabar berganimizdek, ushbu bosqichdan boshlab hadyalar eng yuqori ball toʻplagan 3 ta ishtirokchiga emas, balki 10 ta ishtirokchiga beriladi.

Marhamat, tanlovda ishtirok eting. 😊

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

📣 Ertaga tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 5-bosqichi ertaga boʻlib oʻtadi.

Savollar @hasanhusayn sahifasiga 11:00 da joylanadi.

⚡️ Javoblarni yuborish uchun 25 daqiqa beriladi. Bu vaqt ichida eng tez va toʻgʻri javob bergan 10 ta ishtirokchi aniqlanishi bilan javoblarni tekshirish toʻxtatiladi.

🥇 10 ta ishtirokchining hammalariga hadya, yuqori oʻrindagi 5 ta ishtirokchiga hadyadan tashqari ball ham beriladi.

Quyida tanlovga oid eng koʻp berilgan savollarga javoblarni keltiramiz:

Tanlovda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish kerakmi?
✔️ Yoʻq, roʻyxatdan oʻtilmaydi. Vazifa qilib berilgan suhbatlarni tinglaysiz, tanlovda qatnashaverasiz

Savollarga javobni faqat yozma shaklda yuborish kerakmi?
✔️ Yoʻq, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborsangiz ham boʻladi

Javoblarni qayerga yuboramiz?
✔️ Maxsus profilga yuboriladi. Bu profil ertaga savollar bilan birga sahifaga joylanadi

Savollar test shaklida beriladimi?
✔️ Yoʻq, yozma shaklda beriladi. Javoblar ham yozma shaklda qabul qilinadi

Avvalgi bosqichlarda qatnashmaganlar ham tanlovda qatnashishlari mumkinmi?
✔️ Ha, albatta. Bemalol qatnashishlari mumkin

Tanlovdagi savollarga daftarga yozib olgan maʼlumotlardan (konspekt) olib javob bersa boʻladimi?
✔️ Ha, boʻladi

Tanlovga oid yana savollaringiz boʻlsa, izohda yozib qoldiring. 😊

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🔥 5-bosqich gʻolibiga ham «Tafsiri Hilol» toʻplami hadya qilinadi!

Xabaringiz bor, tanlovimizning 4-bosqichi gʻolibiga «Tafsiri Hilol» toʻplami hadya qilingan edi.

🤩 Yana bir ehson egasi bu galgi bosqich gʻolibiga «Tafsiri Hilol» toʻplamini, shu bilan birga yuqori 3 oʻrin egalariga musʼhaf ham hadya qilishimizni iltimos qilib, pul oʻtkazib berdilar.

Shunday qilib, tanlovning 5-bosqichining gʻolibiga «Tafsiri Hilol» toʻplami, shuningdek, 1, 2, 3-oʻrin egalariga musʼhafi sharif asosiy hadyaga qoʻshimcha tarzda sovgʻa qilinadi. ✔️

😊 Alloh taolo tanlovimizga moddiy hamkorlik qilayotgan barcha ehson egalaridan rozi boʻlsin!

* Eslatib oʻtamiz, tanlovning 5-bosqichidan boshlab yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchiga hadya joʻnatiladi. Bundan avval yuqori ball toʻplagan 3 ta ishtirokchiga hadya berilar edi

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot #tanlov

📣 Bugun 11:00 da «Arba’in Navaviyya» tanlovining 5-bosqichi boʻlib oʻtadi.

👉 @hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 5-bosqich savollari

1. Maʼlumki, katta va kichik gunohlar bor. Ammo ustoz 19-suhbat sharhida bir jihatning eʼtiboridan gunohning katta yo kichikligi qolmaydi, deb aytadilar. U jihat qaysi?

2. Ustoz «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlarining avvalgi qismlarida gunohning kattalashishiga sabab oʻsha gunohni kichik sanash, deb aytganlar. 19-hadis sharhida esa kichik gunohning kattalashishiga yana bir sababni ham aytadilar. Oʻsha sababni ayting

3. 19-hadisda «Soʻrasang, faqat Allohdan soʻragin» degan jumla bor. Buni zohiran qarasa, odamlardan hech nima soʻramaslik kelib chiqadi. Lekin ustoz hadisni sharh qilib, odamlardan narsa soʻrash mumkinligi, faqat avval bir ish qilish kerakligini aytadilar. U ish nima?

4. Hamma narsani Alloh yaratadi va boshqaradi, degan aqidani yashash uchun banda har narsada Allohga murojaat qilib yordam soʻrashi kerak. Odam qachon oʻzining kuchiga ishonsa, sabab bilan yuraveradi va qalbga doir bir buyuk neʼmatni yoqotadi. Bu qaysi neʼmat?

5. Ustoz 20-hadis sharhida qaysi axloqni fitriy axloq deb ataydilar?

6. Solihlardan qaysilari: «Rasululloh alayhissalomning kundalik 3000 ga yaqin sunnatlari bor. Agar shulardan 3 tasini tark qilganimni koʻrsanglar, menga iqtido qilmanglar» deb aytganlar?

7. Bandaning qalbidan hayoning olib qoʻyilishi nimaning alomati hisoblanadi?

8. Sahobalar Rasululloh alayhissalomdan kishidagi yomon xulq nima, deb soʻrashganda U zot alayhissalom qanday deb javob berganlar?

9. 21-hadis sharhida Pagʻambarimiz alayhissalom Anas ibn Molikka har kuni uygʻonganda bir ishni qilishga buyurganlari aytiladi. Ustoz hadisni sharhlab, Paygʻambarimiz alayhissalom buyurgan bu ish qalb sunnatidir, deganlar. U qaysi ish?

10. 21-hadis sharhida ustoz istiqomani hosil qilish juda murakkabligi, uni egallash Allohning bandaga beradigan inʼomi ekanligini, istiqomani yoʻqotish esa oson ekanligini aytganlar. Istiqomani yoʻqotadigan narsa nima edi?

11. Bosh va boshning atrofidagi narsalar, qorin va uning atrofidagi narsalarni haromni muhofaza qilish, oʻlimni va chirishni yodda tutish. Bu nimani belgisi hisoblanadi?

12. Ustoz 22-hadis sharhida Islomga amal qilishdan murod faqatgina jannatga kirishing oʻzi emas, jannatning yuqorisini olish ekanligini aytadilar. Gaplarining davomida Islomdan murod faqat doʻzaxdan qutilishning oʻzi emas, boshqa bir sababni ham keltiradilar. U sabab nima?

13. 23-hadisda ustoz doim tahoratda yurishning fazilatlari haqida aytib, «Doim tahoratli bo'lish zikrda yurishni taʼminlaydi» deganlar. Gaplari davomida tahorat bilan yurish yana bir ishga sabab bo'lishini ham aytganlar. U ish nima edi?

14. 23-hadis sharhida Alloh taolo bir maʼsiyatdan tiyilgan bandasining qalbiga halovat beradi, u banda vafot etgunicha oʻsha halovatning mazasini totadi, degan hadis aytiladi. U qanday maʼsiyat edi?

15. Ustoz 22-hadis sharhida hozirgi musulmon jamiyatida ilmdan xabari bo'lmagan har kim dindan xohlaganicha gapirishi, ijtimoiy tarmoqda o'ziga sahifa ochib, xohlagan fatvoni berishi haqida gapiradilar va bu ishni nima deb ataydilar?

👉 Javoblar 11:25 gacha qabul qilinadi;

👉 Har bir ishtirokchining eng birinchi yuborgan javobi qabul qilinadi. Tahrirlangan, qayta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi;

👉 Javoblarni bitta matnga yozib yuboring;

Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.

👉
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot #tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 5-bosqichi natijalari

Quyida ushbu bosqichda ball va hadyalarga ega boʻlgan 5 ta ishtirokchini tanishtirib oʻtamiz:

1. Mohiroʻyo Biloliddinova
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:18
Olgan balli: 5 ball

2. Nazokat Ibrohimova
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:22
Olgan balli: 4 ball

3. Sarvarbek Gʻanijonov
Toʻgʻri javoblar soni:
14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:09
Olgan balli: 3 ball (jami 18 ball)

4. Nozima Haydarova
Toʻgʻri javoblar soni:
14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:11:08
Olgan balli: 2 ball

5. Maftuna Ergasheva
Toʻgʻri javoblar soni:
14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:11:38
Olgan balli: 1 ball (jami 10 ball)

6. Madina Rahimxoʻjayeva
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:12

7. Oysha Husniddinova
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:08

8. Shahobiddin Saidov
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:11

9. Madina Abdulhayeva
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:16

10. Madina Azizova
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:17

🎉 Avval xabar berilganidek, ushbu bosqichda yuqori oʻrin olgan 10 ta ishtirokchiga esdalik sovgʻalar, eng yuqori 5 ta oʻrin egasiga hadyadan tashqari ball ham beriladi.

🔥 Quyida bugungi tanlovning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: telegra.ph/5-bosqich-savol-va-javoblari-11-02

* Birinchi rasmda bugungi tanlovda ball olganlar, ikkinchi rasmda esa tanlovning bugungacha boʻlib oʻtgan barcha bosqichlarida ball olganlar koʻrsatilgan.

👉 @hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 6-bosqichi 1-dekabr boʻlib oʻtadi

✔️ Ushbu bosqichda suhbatlarning 24, 25, 26, 27 va 28-qismlari vazifa qilib beriladi.

Suhbatlarni @husaynbuxoriybot dan hamda YouTubedagi ushbu havoladan tinglashingiz mumkin.

😊 Avvalgi bosqichlarda qatnasholmagan boʻlsangiz, hechqisi yoʻq. Oldinda yana 4 ta bosqich sizni kutib turibdi. Bemalol suhbatlarni tinglab, tayyorlanib, tanlovda qatnashishingiz mumkin.

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/25 12:45:56
Back to Top
HTML Embed Code: