tgoop.com/HilolNashr/24916
Last Update:
Rajab oyi Alloh taolo Qurʼoni Karimda xabar bergan toʻrt harom oyning bittasidir. Bu oylarda qabilalar oʻrtasida urush, yoʻltoʻsarlik, qon toʻkish kabi tajovuzkorlik qilish man etiladi — harom qilinadi.
Bu qoida johiliyat davrida ham mavjud edi, Islom kelgandan soʻng ham oʻz kuchida qoldi va Qurʼoni Karim oyati va Sunnat bilan quvvatlandi.
Bu oylardan uchtasi: Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram ketma-ket oylar, bittasi — Rajab oyi esa alohidadir. Buning hikmati shuki, Zulhijja oyi Haj oyidir. Allohning Kaʼbasini haj qilish vaqtida tinchlik saqlanishi umumiy xalqaro qoida edi. Haj oyining avvalidagi Zulqaʼda va keyingi Muharram oylarining harom oy deb sanalishi ham Haj amali bilan bogʻliqdir. Bu narsa Zulqaʼda oyida hojilar sogʻ-salomat Makkaga yetib kelishlari, Muharram oyida esa hojilar oʻz vatanlariga sogʻ-salomat yetib olishlari uchun kafolatdir.
Rajab oyining alohida holda harom oylardan biri deb sanalishi esa Allohning Kaʼbasiga Umra ziyorati bilan keluvchilarga imkon yaratgan.
@hilolnashr