Notice: file_put_contents(): Write of 10996 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Hubbuna@Hubbuna P.8521
HUBBUNA Telegram 8521
«Asal oyi emas, asal hayot» kitobi haqida

Oila mavzusida kitob oʻqimaganimga ancha boʻlgan edi. Odam ancha sogʻingan ekan. Diydor ham sogʻinchga yarasha boʻldi. Sevimli mavzudagi munosib kitoblardan birini oʻqidim. Boshida kitob nomining oʻzi meni qiziqtirgandi «Asal oyi emas, asal hayot».

Chindan ham asal oyini koʻpchilik rejalashtiradi va shu bir oyni oʻzgacha oʻtkazishadi, lekin bu oʻzgachalik faqatgina bir oy yoki maʼlum bir muddat boʻlib qolishi yaxshi emas. Asal oyi koʻpchilikda bor, lekin asal hayot kechirayotganlar kam. Asal oyiga u yerga borishibdi, asal oyini bunday oʻtkazishibdi, degan gaplar baʼzida quloqqa chalinib qoladi. Boshlangʻich bir oyni goʻzal oʻtkazish bir jihatdan juda ham oson, buni koʻpchilik eplaydi, lekin butun hayotni goʻzal oʻtkazish sadoqatli va vafodor juftliklarning ishidir.

Ishxonamda bir juftlik bor. Er-xotin birga ishlashadi. Er ishxonamiz haydovchisi, ayol esa farrosh. Shu juftlikka havasim keladi. Baʼzida oshxonaga u bu narsa olishga chiqqanimda birga choy ichib oʻtirishganiga guvohi boʻlib qolaman (Ishlarni qilib, boʻsh vaqtda albatta). Munosabatlari shunday samimiyki, odam men ham shunday boʻlaman, deb niyat qiladi. Juftlikning yoshi 50-60 lar atrofida! Oʻtirishlari yangi uchrashuvga chiqqan yoshlardek. Mana sizga bir oyini emas, hayotini asal qilganlar.

Kitobga qaytsak. Kitobda juda ham sodda va yengil, hayotiy va amaliy tavsiyalar berilgan. Kitob uch qismdan iborat:

📍Erkaklar uchun tavsiyalar

📍Ayollar uchun tavsiyalar

📍Umumiy tavsiyalar

Kitobni oʻqish jarayonida bir ikkita tavsiyalarga oʻzim ham amal qilib koʻrdim, manfaatli boʻldi. Tavsiyalar shunday berilganki oʻqigan joyingizni oʻzida bemalol amal qilib koʻrishingiz mumkin. Kitobdan oilam uchun qilishim kerak boʻlgan koʻp narsalarni ham oʻrgandim.

Kitobni yangi oila qurgan va quradiganlarga, oila hayotini goʻzallashtirmoqchi boʻlganlarga tavsiya qilaman. Oilaviy munosabatlarni bir daraja yuqoriga olib chiqishga vosita boʻladigan kitob bo'libdi.

Oʻzi kitobning hajmi ham, ichidagi tavsiyalar ham uzun emas. Uch kunda tugadi. Vaqti-vaqti bilan oʻqib turishli kitob boʻlibdi. Muallif Gʻiyosiddin Yusufdan Alloh rozi boʻlsin!

«Oʻqivoradigan joyi lekin» dermidi? 😉

#kitob_haqida

Dilshod Bahrom

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/Hubbuna/8521
Create:
Last Update:

BY Hubbuna

Share with your friend now:
tgoop.com/Hubbuna/8521

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. A vandalised bank during the 2019 protest. File photo: May James/HKFP. During a meeting with the president of the Supreme Electoral Court (TSE) on June 6, Telegram's Vice President Ilya Perekopsky announced the initiatives. According to the executive, Brazil is the first country in the world where Telegram is introducing the features, which could be expanded to other countries facing threats to democracy through the dissemination of false content. Healing through screaming therapy In 2018, Telegram’s audience reached 200 million people, with 500,000 new users joining the messenger every day. It was launched for iOS on 14 August 2013 and Android on 20 October 2013.
from us

Telegram Hubbuna
FROM American