tgoop.com/Hududgaz_Surxondaryo_GTF/13108
Last Update:
Toshkent shahrida 440 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Toshkent shahar Sergeli tumanida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, Oʻzenergoinspeksiya xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Sergeli tumani Samo koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz xonadonida issiqxona tashkil qilgan holda tabiiy gaz tarmogʻiga rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 440 million 967 ming soʻmlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Batafsil: http://hududgaz.uz/ads?id=13495
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
BY "HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali
Share with your friend now:
tgoop.com/Hududgaz_Surxondaryo_GTF/13108