Telegram Web
#fotoreportaj

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi


Hisobot-saylov konferensiyasida “Hududgaz Surxondaryo” GTF boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil iyuldan 2025-yil fevralgacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari muhokama qilinib, kelgusida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida vazifalar belgilab olindi.


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Metan zapravkalar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.

Ertaga, 6-mart kuni soat 09:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#fotoreportaj
#jarayon

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi


Hisobot-saylov konferensiyasida “Hududgaz Surxondaryo” GTF boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil iyuldan 2025-yil fevralgacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari muhokama qilinib, kelgusida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida vazifalar belgilab olindi.


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Muzrabot tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Tallashqon GTS da aholi tarmog‘ida Bahorgi –yozgi reja asosida tuzilgan ta’mirlash va taftish ishlarini olib borilishi sababli, 2025-yil 06-mart kuni soat 10-00 dan 17-00 gacha tabiiy gaz vaktincha to‘tatilishi ma’lum qiladi.

Ushbu hududlardagi aholi iste’molchilar soni 1966 ta ulgurji iste’molchilar soni 32 tani tashkil qiladi.


❗️Ta'mirlash  ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.


"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15 yillik mehnatidan rohat ko‘rayotgan gazchi ayol.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklaymiz!

🟠"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

📲https://www.tgoop.com/Hududgaz_Surxondaryo_GTF
2025/03/26 06:43:45
Back to Top
HTML Embed Code: