Telegram Web
📹 No comment | Olis hududlar isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazilmoqda

Maishiy gaz ballonlarini gaz to‘ldirish shoxobchalaridan aholi xonadonlariga yetkazib berish uchun viloyatimizda 100 dona “ISUZU” rusumli maxsus avtotransport vositasi mavjud. Sariosiyo tumanidagi, “Bog‘cha” mahallasi 90 ta aholi, 5225 nafar iste’molchi mavjud.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatida jome masjidlarida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ramazon oyining yaqinlashishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hududida joylashgan jome masjidlarida “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va tezkorlik bilan bartaraf etish” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat IIB, Milliy gvardiya, "Termizshahargaz" GTB hamda tegishli xizmatlar hamkorligida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida jamoat tartibini saqlash, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarni bartaraf etish va aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Shuningdek, elektr va gaz ta’minoti xizmatlari tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini kamaytirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Shartli zilzila natijasida zarar ko‘rgan hayot ta’minoti tizimlari qayta tiklandi.
#Bilasizmi

Tabiiy gazni tejash

Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, Siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me’yordan 50 foiz yoki undan ko‘proq sarflaysiz.

Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo‘lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko‘proq tejamkorroq ishlatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Denov tumanining bazi mahallalarida  gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Denov tuman Olovuddin hududidagi Bobur mahallasidan o‘tuvchi yuqori bosimli D-102 mmli gaz quvurini ko‘chirish ishlarini olib borilishi sababli, tumanning “A.Jomiy”, “Nurli manzil”, “Guliston”, “Mehr oqibat”, “Bobur”(qisman) MFYlarini 2025-yil 28-fevral kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar3699 ta aholi xonadonlari va 71 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘liq to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

❗️Ta'mirlash  ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.


"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Hisor tog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan, ekologik toza, haqiqiy etnik turmush tarzini saqlab qolgan va atiga 45 ta xonadonga ega “Kundai juvoz” qishlog‘i haqida eshitganmisiz?

«Xalq so‘zi» gazetasining 2025 yil 28 fevral kungi 42 (8937)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali matbuot xizmati
2025/03/13 06:06:53

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: