Telegram Web
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦
Andijon davlat texnika instituti rahbariyati tashabbusi bilan Bobur shahridagi institutimiz "Ziyolilar bogʻi"da uzoq yillar mobaynida institutimizda mehnat faoliyatini olib borgan proffesor-ustozlar eʼzozlash maqsadida kechki dasturxon yozilib, koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtganligidan videolavha.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Sherboyev Murodbek
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon davlat texnika instituti jamoasi 2025-yilgi Xitoy xalqaro talabalar innovatsiyalari musobaqasining O‘rta Osiyo hududiy final bosqichida ishtirok etdilar.

Musobaqada O‘rta Osiyo mamlakarlaridan jami 25 ta, shundan O‘zbekiston Respublikasidan 3 ta jamoalar: Andijon davlat texnika instituti, OXUS University hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali vakillari ishtirok etmoqda.

Tanlov jamoalarning xalqaro tarkibini qo‘llab-quvvatlagani bois, Andijon davlat texnika institutining 5 nafar talabasi Qozog‘istondan 4 nafar talaba, jumladan Nazarbayev universiteti talabasi Raimbek Zhumakelar bilan birgalikda birlashgan holda ishtirok etmoqda.
Ular tomonidan taqdim etilayotgan Luminara Cube loyihasi O‘zbekistonda mikro-nano sun’iy yo‘ldosh platformasini yaratishga qaratilgan va o‘zining innovatsion yondashuvi, ilmiy ahamiyati bilan e’tiborga sazovor.

Jamoa hamkor OTM - Shanghai Jiao Tong universitetidan biriktirilgan ustozlar bilan ham tayyorlandilar va hakamlarga taqdim etdilar.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

➡️Yaxshilik qilish uchun boy bo‘lish shart emas. Yurak kerak. Mehri bor inson hech qachon befarq bo‘lmaydi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dsolzarb_90_kun
🔹 Talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 7-iyul  kuni  Andijon davlat texnika instituti  Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti fakultet tyutori F. Aslanov  talabalar bilan birgalikda Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

🏛 Muzeyga uyushtirilgan ushbu sayohat davomida talabalarimiz Andijon viloyatining boy tarixi, madaniyati, qadimiy yodgorliklari va ajdodlarimiz merosi haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali o‘tmishdan saboq olib, milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

📸 Tadbir davomida esdalik suratlari olindi, talabalarning taassurotlari ijobiy bo‘ldi.

🧠 Ilm, tarix va ma’naviyat uyg‘unligidagi bu kabi tashabbuslar yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 "MEN SEVGAN ASAR" – YURAKDAN CHIQQAN ILHOMLI TASVIR

📌 Andijon davlat texnika instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti 1-bosqich "Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishi talabasi Sobirov Avazbek o‘zining ijodiy qobiliyati, kitobga bo‘lgan mehrini yana bir bor namoyon etdi.

📚 U tayyorlagan "Men sevgan asar" nomli videorolik o‘quvchi-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan e’tiborini oshirish, qalblarga ta’sir etgan asarlarni baham ko‘rish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida yaratildi.

💡 Mazkur videorolikka Avazbek o‘z hissiyotlarini, asardan olgan ibratli xulosalarini zamonaviy texnologiyalar vositasida ifodalay olgan. Uning chiqishi nafaqat asarga bo‘lgan hurmat, balki o‘z ustida tinimsiz ishlash, ijodkorlik va texnik bilimlarni uyg‘unlashtirish namunasidir.

🔎 Ushbu tashabbus yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularni fikrlashga, o‘qiganlarini tahlil qilishga va uni boshqalar bilan baham ko‘rishga chorlaydi.
Forwarded from Sherboyev Murodbek
🟦🟦🟦🟦
Andijon davlat texnika instituti jamoasi CICSIC musobaqasining O‘rta Osiyo hududi finalida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.


Andijon davlat texnika instituti vakillari 2025-yilgi Xitoy xalqaro talabalar innovatsiyalari musobaqasining O‘rta Osiyo hududiy final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Musobaqa doirasida jamoa vakillari o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.

Musobaqaning ertasi kuni, jamoa sardori 2-bosqich Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi 26-23-guruh talabasi Kozimov Bekzodbek “Youth Innovation Roundtable" (Yosh innovatorlar stoli)da institut nomidan nutq so‘zladi. Nutq davomida yoshlararo xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va mintaqaviy integratsiya mavzulari yoritib berildi.

Shu kuni tushdan so‘ng bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida, 25 ta ishtirokchi jamoa orasidan 10 ta eng yaxshi loyiha “oltin medal” bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, Andijon davlat texnika instituti jamoasi ham ushbu eng yuqori baholangan jamoalar safidan joy oldi.

Mazkur 10 ta jamoalar keyingi bosqichda, ya’ni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 18:54:31
Back to Top
HTML Embed Code: