tgoop.com/Ilxombegimkulov/355
Last Update:
Nega biznes boshlashdan oldin biznesning qadriyatlarini belgilab olish shart?
Biznesda qadriyatlar juda muhimligining bir nechta sababi boʻlib, quyida bular haqida aytib oʻtamiz.
1. Qadriyatlaringiz boʻlmasa, xodimlaringiz sizda faqat pul uchun ishlashadi. Agar maqsadlaringiz, qadriyatlaringizni koʻrsatib bera olmasangiz, ular kompaniya bilan oʻzaro birlikni his qilishmaydi. Va yaxshiroq taklif boʻlishi bilan boshqa jamoaga oʻtib ketishadi.
2. Mijozlar sizni qadriyatlaringiz uchun yoqtirishadi. Kompaniyada halollik, rostgoʻylik kabi qadriyatlar boʻlsa, mijozlar brend bilan oʻzaro bogʻliqlikni his qilishadi va mahsulotlarni xarid qilishdan toʻxtashmaydi.
3. Yangi hamkorlar orttirish sizga oson boʻladi. Chunki siz oʻz qadriyatlariga ega brendsiz, siz bilan hamkorlik qilishsa, aldab ketishingizdan qoʻrqishmaydi.
Qadriyatlarni belgilab olish juda muhim, lekin ularga amal qilish undan-da muhim. Shuning uchun oʻzingiz bajara olmaydigan qadriyatni mijozga koʻrsatmaslik kerak.
Post haqida fikringizni izohlarga yozishni unutmang. Foydali boʻlgan boʻlsa, albatta reaksiya qoldiring!
Obuna boʻling: @IlhomBegimkulov
BY Ilhom Begimqulov | Rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/Ilxombegimkulov/355