tgoop.com/KDUZB/132850
Last Update:
O‘zbekistonliklar 11.11 savdosida 1 milliondan ortiq onlayn buyurtma berishdi
11.11 savdosining birinchi soatida o‘zbekistonliklar Uzum Market milliy marketpleysida soniyasiga 5 ta buyurtma berishdi. Shu bilan birga, bir yil ichida sotuvdagi o‘rtacha buyurtma narxi uchdan bir qismga oshdi.
Joriy yilda Uzum Market savdosida o‘tgan yilga nisbatan 40% ga ko‘p sotuvchilar ishtirok etdi va Uzum Tezkor orqali buyurtma berishda maxsus takliflar taqdim etgan kafe va restoranlar soni yildan yilga 4 barobarga oshdi.
Uzum Tezkor'da taqdim etilgan o‘n minglab taomlar orasida esa EVOS'dan "Mol go‘shtli katta lavash" va Oqtepa Lavash'dan "Set Shaurma + Pepsi" haftalik sotuvdagi eng ommabop taomlar bo‘ldi. Uzum Tezkor'da 2024-yilda savdo davrida o‘rtacha chek yildan yilga 40% ga oshdi.
Bu yil eng faol onlayn-xaridorlar Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro aholisi bo‘ldi. Eng qimmat buyurtma narxi 36 million so‘mdan oshdi — Navoiylik iPhone 16, ikkita OPPO smartfoni, 27 quti Felix mushuk yemi, archa o‘yinchoqlari to‘plami, 7 shisha kungaboqar yog‘i, 4 banka yasgil no‘xat, yuz uchun koreys niqoblari to‘plami va 5 dona erkaklar futbolkasiga buyurtma berdi.
Batafsil
BY Kanallani Dodasi | Расмий канал
Share with your friend now:
tgoop.com/KDUZB/132850