KL_QASHQADARYO Telegram 3047
ENG KO’P KITOB MUTOLAA QILADIGAN XALQ

2018-yilga ko’ra kitob o'qishga eng ko'p vaqt sarflaydigan xalqlar statistikasi e'lon qilindi. Unda Top 10 talikka quyidagi davlatlar kiradi:
1. Hindiston
2. Tailand
3. Xitoy
4. Filippin
5. Misr
6. Chexiya
7. Shvetsiya
8. Fransiya
9. Vengriya
10. Saudiya Arabistoni

Hindistonda bo'lganman. Statistika bo'yicha haftasiga 10 soat 47 daqiqa vaqtini kitob o’qishga sarflashadi. Hindistonda savodxonlik darajasi 74%ni tashkil qiladi. Hali Hinditon bu yo’lda ko’p ishlarni amalga oshirishi kerak (masalan savodxonlikni eng olis qishloqlarga ham yetkazish). Lekin shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha bunday yuqori ko'rsatgichga yetishiga ta'sir qiladigan ayrim omillarni aytishim mumkin:

-  Hindiston o'quvchilari  imtihon desa o’zlarini tomdan tashlashga ham tayyor. Imtihonga tayyorlanishda hind xalqiga yetadigani yo’q. Institutlardagi yakuniy imtihon va boshqa davlat test imtihonlariga o’quvchilar juda jiddiy kirishadilar. Qisqa qilib aytganda,  imtihon ular uchun hayot-mamot masalasi. Aynan shunday musobaqaviy tizimga asoslangan jarayon hindlarni ko’p kitob (o’quv adabiyoti) o’qishga  majburlaydi.
-  Ochig’ini aytadigan bo’lsam hind xalqi kitob o’qishdan ko’ra kino ko’rishni afzal biladi. Lekin shu bilan birga u xalq bilim olishga qiziqqon va o'quvchi-talabalar orasida bilvosita musobaqa boradi.
-  Hindistonda 200 dan ortiq so’zlashuv tillari mavjud, har bir xalq o’z tilida so’zlashadi, bu xilma-xillik faqat u yerda bo’lsa kerak, lekin shunga qaramay ingliz tili o’zaro muloqot va bilim olish vositasi bo’lib qoldi, maktabga borayotgan har bir o’quvchi o’z tili bilan birga ingliz tilida dars oladi. Buning ustunligi shundaki, har bir o’quvchi xohlagan kitobini ingliz tilida mutolaa qiladi.
- Oxirgi o’n yilda internetning arzonlashib ketgani hamda online kitob sotib olish va e-booklar shu darajada ommalashganligidan kitob o’qiyman degan shaxs xohlagan kitobiga qo’lini cho’za oldi.

-  Kitoblarning arzonligi va kitob o'qishga motivatsiya berish ishlari yaxshi tashkillashtirilgan. Bundan tashqari, kafelar, ko'ngilochar joylar, mehmonxonalarda alohida kitob javonlari mavjud bo’lib, xohlaganingizcha kitob o'qishingiz mumkin.
-  Davlat ishlari haftada 5 kunlik bo'lib soat 10 dan 17 gacha. Bu degani ularda boshqa xalqlarga nisbatan bo'sh vaqti ko'p.

Biz statistika uchun harakat qilmasakda, O'zbekistonda kitob o'qiydiganlar sonini ko'paytirishimiz zarur deb bilaman. Albatta, bu borada ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq kitob o'qish oiladan boshlanishini e'tiborga oladigan bo'lsak, farzanlaringizni kitobga qiziqishini orttiring va  doim ularning oldida  kitob o'qing,zero  qush uyasida ko'rganini qiladi.

@KL_Qashqadaryo

tgoop.com/KL_Qashqadaryo/3047
Create:
Last Update:

BY Kelajak Liderlari

Share with your friend now:
tgoop.com/KL_Qashqadaryo/3047

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

best-secure-messaging-apps-shutterstock-1892950018.jpg Write your hashtags in the language of your target audience. Concise Clear Content is editable within two days of publishing
from us

Telegram Kelajak Liderlari
FROM American