tgoop.com/Kompyuter_Akademiyasi/219
Last Update:
Supervisor, administrator, moderator va foydalanuvchi. Ular kimlar?
#atama / #internet / #kompyuter
❓ Ko'p uchraydigan so'zlar to'g'rimi?
🌐 Ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar (telegram va b) da uchraydigan ushbu atamalar bilan tanishamiz.
🦸♂ Supervisor (SV) - sayt yoki loyihani asoschisi hisoblanadi. U jamoa to'playdi. Administrator va moderatorlarni tayinlaydi. Eng katta huquqga ega bo'lishadi.
👨💻 Administrator - bitta so'z bilan sayt yoki loyiha menejeri, boshqaruvchisi deb atash mumkin. U asosan sayt/loyihani rivojlantirishga harakat qiladi.
👮♂ Moderator - bu atamani oddiy tilda nazoratchi deb atasak xato bo'lmasa kerak. U foydalanuvchilar bilan ko'p ishlaydi, sayt/loyihani ichki tartib qoidalariga masʼul bo'ladi. Darajasi administratordan quyi.
👨💼 Foydalanuvchi (user) - bu loyiha yoki saytdan foydalanuvchi inson bo'lib, sayt/loyihaga hech qanday o'zgartirish kiritish huquqiga ega bo'lmaydi.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_Akademiyasi/219