tgoop.com/Kompyuter_Akademiyasi/6639
Last Update:
Dastur o'rnatish sanʼati
#tavsiya
ℹ️ Kompyuterga biror dasturni o'rnatishni o'zi ham bir san'at hisoblanadi. Ko'pchilik dastur o'rnatish vaqtida dasturni xohishlarini e'tiborga olmaydi, shu sababli bu bo'yicha ma'lumot ulashishga qaror qildim!
❗️Demak biror dasturni o'rnatishda:
• Antivirusni vaqtincha o'chirib turish (sababi ba'zi dasturlarni antivirus virus yoki xavfli dastur deb o'ylaydi, agar antivirus yoniq qolsa dasturimizni biror faylini o'chirib tashlaydi, masalan, uTorrent dasturi bilan antiviruslar do'st emas);
• Internetni o'chirib turish kerak (ko'pchilik dasturlarni crack versiyasini ishlatishimiz sababli agar o'rnatish paytida internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilayotgan ish yolg'onligini va kiritayorgan kalitimiz haqiqiy emasligini bilib qoladi);
• Belgilanadigan joylarga e'tiborli bo'lish (✅ ni belgilashda e'tiborli bo'lish kerak, ba'zi dasturlarni "dumi" bo'ladi ya'ni ular o'ziga qo'shib boshqa keraksiz dasturlarni ham o'rnatib olishmoqchi bo'lishadi; bundan tashqari dasturni avtozagruskaga qo'shilishiga ruxsat berishimiz (✅) kompyuter ishlashini sekinlashtiradi);
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_Akademiyasi/6639