tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1079
Last Update:
Montaj nima degani? Montaj sohalari
#info / #atama / #media
ℹ️ Montaj (fran. montage) — kinematografiya, televizion yoki ovoz yozish studiyalaridagi ijodiy va texnik jarayon, bu asl yozuvlarning alohida qismlarini birlashtirish natijasida yagona, kompozitsion butun asarni olishga imkon beradi. (©kartaslov.ru)
🎯 Montajni juda ko'p sohalarda ko'rishimiz mumkin (hattoki qurilish sohasida ham). Lekin bugun media sohasidagi montaj haqida gaplashamiz.
🎞 Videomontaj - video fayllarni tahrirlash (qirqish, ulash, effektlar berish va h.k) jarayoni.
Videomontaj uchun quyidagi dasturlardan foydalanish mumkin: Adobe Premiere Pro, Sony Vegas Pro, Wondershare Filmora, Movavi Video Editor, Final Cut Pro va boshqalar.
🔉 Audiomontaj - audio fayllarga ishlov berish, tahrirlash, yangi ovozlarni hosil qilish.
Audiomontaj uchun quyidagi dasturlardan foydalanish mumkin: Adobe Audition, FL Studio, Audacity, Sound Force Pro va boshqalar.
🖼 Fotomontaj - rasm, chizma va boshqa grafika mahsulotlarini tahrirlash jarayoni.
Fotomontaj uchun quyidagi dasturlardan foydalanish mumkin: Adobe Photoshop, Paint.NET, GIMP va boshqalar.
❗️Dastur tanlashda aniq qoida yo'q, har kim o'ziga qulayi bilan kerakli vazifani bajarishi mumkin.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Guruh / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1079