tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1227
Last Update:
Kompyuterni yonish ketma-ketligi
#info
ℹ️ Demak, kompyuterni yoqishdan boshlab operatsion tizim yonguncha bo'lgan bosqichlarni ko'rib chiqamiz:
1. Power(Yoqish) tugmasi bosilgandan so'ng, dastlab blok pitaniya tekshiriladi, u berayotgan kuchlanishlar to'g'riligi analiz qilinadi va hammasi joyida bo'lsa, Power good signali protsessorga yetib boradi(taxminan 0,5 sekund vaqt ketadi).
2. Protsessor bu signalini qabul qiladi va o'z xotirasini tozalaydi(Reset memory).
3. So'ng, ROM(read only memory
, faqat o'qish uchun mo'ljallangan xotira) mikrosxema ichiga o'rnatilgan BIOS(basic input output system) nomli dastur ishga tushadi.
4. BIOS dasturini eng birinchi bajaradigan vazifasi, POST(Power-On Self-Test
) nomli dasturni chaqirish.
5. POST dasturi kompyuterning apparat qismlarini tekshiradi:
- operativ xotirani;
- protsessorni;
- BIOS dasturini;
- qolgan kiritish chiqarish qurilmalarini.
Nimaga asosan tekshiriladi? degan savol o'rinli.
Qurilmalar tekshirish natijalarini CMOS deb nomlangan mikrosxemadagi oldingi natijalar bilan solishtiradi, qandaydir o'zgarish yoki yengilik bo'lsa, CMOS'dagi qiymatni o'zgartirib qo'yadi.
CMOS'dagi qiymatlar, kompyuterdagi dumaloq batareya quvvati orqali saqlanib turiladi.
POST dasturini ishlashini ekranda ko'rishingiz mumkin, kompyuter yonganda qurilmalar haqida ma'lumotlar chiqishni boshlaydi, shu jarayonda POST dastur ishlayotgan bo'ladi.
Demak, umumlashtirsak, dastlab blok pitaniya tekshirildi, undan so'ng, BIOS ishga tushdi, BIOS dasturi POST dasturni ishga tushirdi, u dastur hamma qurilmalarni tekshirib berdi, hammasi joyida davom etamiz.
6. BIOS POST dasturdan natijani olgandan so'ng, jarayonni Boot menyuga beradi(MBR - Master boot record
), boot menyu orqali nima yuklanishi aniqlanadi:
- Windows tizimlari uchun Ntldr, bootmgr kabi fayllar qidiriladi;
- Linux tizimlari uchun GRUB fayl qidiriladi.
Topilgan fayl asosida biror operatsion tizim yoki yuklanuvchi disk, fleshka ishga tushadi. Keyingi jarayonlar operatsion tizimga yuklatiladi, demak sizga).
☝️Kompyuter yonishining qisqa jarayoni shu bosqichlarni o'z ichiga oladi, post uzun bo'lib ketmasligi uchun, ba'zi joylarni umumiylashtirdim, umuman olganda shuni o'zi yetarli bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, ko'p dasturchi, hattoki sistemshiklar ham bu bosqichlarni yaxshi bilishmaydi (siz bilib oldingiz)😁.
©️ @planetait
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1227