tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1517
Last Update:
Fleshkani kompyuterdan olishda "извлечь" qilish shartmi?
#info / #atama
ℹ️ Bu juda ko'p muhokamalarga sabab bo'ladigan mavzu hisoblanadi, lekin imkon qadar aniqroq va qisqaroq javobni tayyorlashga harakat qildim.
❓"Извлечь" qilish nima degani o'zi?
Kompyuterga fleshka yoki boshqa qo'shimcha qurilma (masalan, tashqi hard) ulanib, undan foydalanib bo'lganingizdan so'ng uni 2 usulda kompyuterdan
ajratishingiz mumkin: 1. Shunchaki sug'urib olish; 2. Qurilmani belgilab, sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "Извлечь" ni tanlash orqali.
❓"Извлечь" qilish nimaga kerak?
Soddaroq tilda tushuntirilganda kompyuterga tashqi qurilma uzilayotganligi va shuni hisobga olib, tayyorlanishi kerakligi haqida ma'lumot berish. Agar siz USB fleshka chiqarib qo'ysangiz, masalan, unda yozuvlar sodir bo'layotganda, ma'lumotlar yo'qolishi mumkin. Xavfsiz olib tashlash (извлечь) operatsion tizimga USB drayveri bilan bog'liq barcha jarayonlarni xushmuomalalik bilan bekor qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, Windows-ning fayl tizimini yangilash paytida USB fleshkani olib tashlasangiz, tovush buzilishida xatolik yuz beradi va keyingi safar ulanganda qurilma umuman o'qilmasligi mumkin.
❓Fleshka ishlatilmayotganda "yulib olinsa" nima bo'ladi?
Shunday tuyulishi mumkin ya'ni biz uchun foydalanilmayotgan fleshkamiz aslida Windows keshlash ishlarida qatnashayotgan bo'lishi mumkin. Shu sababli bizga ko'ringan narsa aslida unday bo'lmasligi mumkin.
❗️Xulosa qilamiz...
Windows 10 ishlatayotganlar shunchaki fleshkani "sug'urib olishlari" mumkinligi haqida Microsoft'ni o'zi aytib o'tgan, lekin bu Windows 7'ga talluqli emas. Men o'zim shuncha yildan beri kompyuterdan foydalanayotgan bo'lsam (windows 10,7,8.1) esimga kelganda "извлечь" qilaman (tashqi hardni doimo "извлечь" qilaman, balki qimmatligi uchundir). Lekin shu kunga qadar bundan zarar ko'rmaganman. Qaysi yo'lni tanlash esa sizning xohishingiz...
©️ichip.ru & KA
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1517