tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1743
Last Update:
Windows o'rnatish paytidagi MBR va GPT muammosi
#yechim
ℹ️ Windowsni UEFI-dan MBR bilan belgilangan qattiq diskka o'rnatishda foydalanuvchi xatoga yo'l qo'yishi mumkin: "EFI tizimlarida Windows faqat GPT diskka o'rnatilishi mumkin". Ushbu muammoni hal qilish uchun Windows-ni o'rnatish paytida MBR-dan GPT-ga diskni joylashtirish uslubini o'zgartirish kerak bo'ladi.
📃 Buning uchun Windows o'rnatish paytidagi diskni tanlash vaqtida buyruqlar satrini ishga tushuramiz. Uni Shift+F10 bilan amalga oshirish mumkin. Keyin quyidagi buyruqlarni ketma-ketlikda bajariladi:
1️⃣ diskpart
- disklar bilan ishlash uchun konsol dasturini ishga tushirish.
2️⃣ list disk
- ulangan disklar va USB disklar ro'yxatini olinadi.
3️⃣ select disk N
- Windows-ni o'rnatish uchun diskni tanlang. N o'rniga disk raqamini ko'rsatish kerak. Masalan, agar disk Disk 0 ro'yxatida bo'lsa, u holda buyruq select disk 0
4️⃣ clean
- diskni tozalash.
5️⃣ convert gpt
- konvertatsiya qilish jarayoni.
6️⃣ exit
- DISKPART dan chiqish va yana bir marta buyruqlar satridan chiqib ketish uchun kiritiladi. ©@pcTeapot
▶️ Videoqo'llanma (rus)
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/1743