tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/322
Last Update:
Crack dasturlar
#info / #xavfsizlik / #haker / #sayt
ℹ️ Oldingi postda dasturlarni umumiy qilib bepul va pullik versiyalari bo'lishini aytgandik. O'sha pullik dasturlar yomon hakerlar tomonidan ochiladi va kalit, aktivatsiya so'raydigan qismlari buziladi. Buning natijasida pullik dastur ham huddi bepul dasturdek bo'lib bo'ladi, mana shu buzilgan dasturlar crack dasturlar deyiladi.
⛔️ Yomon hakerlar asosan dasturni ishlab chiqaruvchilar uchun yomon, lekin foydalanuvchilar uchun yaxshi hisoblanadi. Oddiy misol, kompyuteringizga internetdan windows yuklash paytida windows aslida pullik dastur ekanligi, siz yuklayotgan versiya esa hakerlar tomonidan "ishlov berilgan" dastur ekanligini hech o'ylaganmisiz 🤔
❗️Crack dasturlarni yomon tomoni hech kim bu dasturlarni xavfsizligiga javob bermaydi!
❓Unda nima qilish kerak?
✅ Eng yaxshi yo'li - sizga kerakli vazifani bajaradigan bepul dasturni topish.
🌐 Buning uchun https://alternativeto.net/ saytidan foydalanishingiz mumkin, bu sayt orqali pullik dasturlarni alternativi (o'rnini bosuvchi) ni topish mumkin.
P.S: Crack dasturni "пиратская программа" ham deb atashadi.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/322