tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/393
Last Update:
Yo'naltiruvchi havola (pеферальная ссылка) nima?
#atama / #internet
ℹ️ Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” (refer – «yo’naltirish») – biror foydalanuvchi nomidan biror saytga yo’naltiruvchi havola. Yo’naltiruvchi havola mavjud foydalanuvchilarni rag’batlantirish orqali yangi foydalanuvchilarni chorlashni maqsad qiladi. Ushbu havolalar bir-biridan umuman farq qiladi.
❗️Yo’naltiruvchi havolaga namuna
✅ Oddiy havola (link) dan farqli ravishda yo’naltiruvchi havolada sayt manzilidan keyin qo’shimcha yozuvlar bo’ladi va bu yozuvlar ushbu havola kim tomonidan uzatilyotganini anglatadi:
https://yandex.ru – oddiy havola;
https://yandex.ru/?key=19506 – yo’naltiruvchi havola;
https://yandex.ru/?key=Alex – yo’naltiruvchi havola (foydalanuvchini nomi yozilgan, Alex);
❓Referal kim?
✅ “Реферальная ссылка” orqali a’zo bo’lgan foydalanuvchi.
❓“Реферальная ссылка” nega qo’llaniladi?
✅ “Реферальная ссылка” yoki yo’naltiruvchi havola orqali odam chaqirgan insonga ma’lum chegirma, bonus yoki biror manfaatli taklif beriladi.
❓Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” ni qayerga joylash mumkin?
✅ Yo’naltiruvchi havolani istalgan joylarda joylash mumkin. Bu usuldan asosan ko’p foydalanuvchiga ega bo’lgan adminlar foydalanadi.
❓Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” orqali saytga a’zo bo’lganga nima foyda yoki zarar?
✅ Siz sayt.uz orqali a’zo bo’lsangiz ham sayt.uz/?key=Ahmad orqali a’zo bo’lsangiz ham hech qanday zarari yo’q. Balki yo’naltiruvchi havola orqali a’zo bo’lish orqali siz bu havolani joylagan insonga foyda keltirasiz, balki o’zingiz uchun ham qandaydir chegirma yoki bonusga ega bo’lishingiz mumkin.
❗️Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” ni yashirish usullari
✅ Ko’pchilikni “qo’rqitib yubormaslik” yoki bildirmaslik uchun yo’naltiruvchi havolalar ko’pincha quyidagi servislar yordamida yashiriladi: goo.gl vk.cc u.to clck.ru tinyurl.com bit.ly
© wiki.rookee.ru / linkbuilder.su
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/393