tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/536
Last Update:
FPS nima?
#info / #atama / #videomontaj
ℹ️ FPS (frame per second) - kompyuter o'yinlaridagi yoki videodagi bir sekunddagi kadrlar soni hisoblanadi. FPS tasvir sifatida yaqqol seziladi; FPS kam bo'lsa tasvir noreal ko'rinadi (qotganga o'xshaydi), FPS ko'p bo'lsa video hajmini oshirib yuboradi.
🎮 Kompyuter o'yinlari uchun minimal 30 FPS bo'lgani, oddiy turdagi videolarni yozish uchun esa 25 FPS yetarli hisoblanadi.
🐌 Slow motion kabi tasvirlarni yaratish uchun yuqori chastota talab qilinadi, chunki bunda qisqa vaqt oralig'ida ko'p kadrlarni ko'rsatish orqali video sekinlashtiriladi.
🎞 Kompyuter ekranidan video yozish va videomontaj darslarimizda ham FPS ni 25 qilib tanlagan edik, bunga sabab biz yaratayotgan video mahsulotlari uchun sekundiga 25 kadr yetarli hisoblanadi. Agar biz yuqori aniqlikdagi video yaratish niyatida bo'lsak video yozish va uni montaj qilish uchun yuqori FPS parametrini tanlaymiz (300, 500, 1000 va h.k).
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/536