tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/564
Last Update:
Donatlar nima? Donator kim?
#atama
ℹ️ Internetdagi ko'pchilik loyiha egalari foydalanuvchilaridan donator bo'lishni iltimos qilishadi. Xo'sh donatlik nima? Nima qilinsa foydalanuvchi donatorga aylanadi?
💲Donatlar (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
❓Donat nima foyda beradi?
Donatlikni amalga oshirish orqali loyiha yoki dastur egasi o'z ijod mahsulini yanada rivojlantirish uchun mablag' yig'adi. Tasavvur qiling, men kanalda plastik karta raqamimni e'lon qilib loyihani qo'llab quvvatlash uchun desam demak men obunachilarimdan donator bo'lishini so'ragan bo'laman.
❓Donat orqali ko'p mablag' yig'iladimi?
Donatlik qilish uchun alohida miqdor belgilanmagan. Ko'pchilik bepul dasturlar donatlar orqali rivojlangan holatlar ham bo'lgan. Kichik miqdordagi pul jamlangan holda loyiha egasining kelajakdagi ishlari uchun katta ko'mak berishi mumkin. Axir aytishadiku: "Toma toma ko'l bo'lur" deb.
📌 Pastdagi rasmda bepul WizTree dasturi keltirilgan.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/564