tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/625
Last Update:
Qiziqarli saytlar 5
#manba / #internet
1️⃣ internetlivestats.com
Butun dunyoda internetga oid bo'lgan statistikani ayni vaqtdagi holatini ko'rsatib beradi. Ushbu sayt bir kunda internet foydalanuvchilari qanchaga ko'payishi, qancha sayt yaratildi va uning qanchasi buzildi, sotilgan kompyuterlar soni va boshqalarni bilib olishingiz mumkin.
2️⃣ radio.garden
Dunyoning istalgan nuqtasidagi radiolarini onlayn tinglab, rohatlaning.
3️⃣ https://onlinetonegenerator.com/hearingtest.html
Quloqlaringiz qobiliyatini tekshiramiz. Qancha chastotagacha bo'lgan ovozlarni eshita olishingizni tekshirasiz. Mening natijam haqida pastdagi rasmda bilib olasiz (menimcha yomon emas), shu chastotadan keyingi tovushni eshitmadim 😎. Saytni o'zida ham bir qancha boshqa servislar bor ekan.
4️⃣ quickdraw.withgoogle.com
Neyrosetlar Siz chizgan rasmni anglay oladimi? Aytilgan predmetni chizing va rassomlik mahoratingizga sun'iy intellekt baho bersin.
🔗 Qiziqarli va foydali saytlar
🧐 Qaysi sayt ko'proq yoqdi?
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/625