tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/680
Last Update:
Infobiznes nima?
#info / #atama
ℹ️ Infobiznes (info + biznes) - bu ma'lumotlar savdosi. Kitoblar, video darslar, internet orqali o'tkaziladigan konsultatsiyalar, vebinarlar, treninglar, kouchinglar va boshqalar ham infobiznes hisoblanadi. Bunga sabab esa istalgan shaklda bo'lishidan qat'iy nazar bu holatda ma'lumot tovar hisoblanadi.
📌 Siz biror dasturni yaxshi o'rgandingiz va dastur bo'yicha kurs tayyorlab uni sotuvga qo'ydingiz. Shunda siz o'z bilimingizni tovar sifatida sotishga kirishasiz va infobiznes bilan shug'ullanishni boshlagan bo'lasiz.
🤔 Infobiznesni tashkil qilish, uni rivojlantirish, tovar savdosini oshirish haqida ko'p gaplashish mumkin. Agar bu sohaga qiziqsangiz albatta davom etamiz.
😉 Unutmang! Infobiznesda "tekinga sotish orqali ko'p daromad qilish" usuli ham mavjud.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/680