KOMPYUTER_AKADEMIYASI Telegram 990
Nima sababdan, xaqiqiy internet tezlik, provayder taklif qilgan tezlikdan past?
#info / #internet

Dastlab aniqlashtirib olamiz, odatda provayderlar internet uchun tarif taklif qilishayotganda, sizga kafolatlangan tezlik berishmaydi va bu haqida oldindan ogohlantirishadi.

Tarifda mana bunday taklif bo'ladi:
Palonchi tarif, tezlik 5 Mb/s tezlikkacha yoki ruschasiga " до 5 Мбит/с".

Bu degani, internet maksimum 5Mb/s tezlikkacha ko'tarilishi mumkin, undan past bo'lish ehtimoli ham bor. Shu "ilmoq" sababli, ko'pincha provayderlar xaq bo'lib chiqishadi.

Shu yergacha tushunarli bo'lsa, endi asosiy mavzuga o'tamiz, ya'ni provayder taklif qilayotgan tezlik, sizga yetib kelguncha, qayerlarda pasayishi mumkinligini ko'rib chiqamiz.

1. Foydalanuvchi qurilmalaridagi muammo. Agar sizning routeringiz katta tezliklarni qo'llab quvvatlay olmasa, to'g'ri sozlanmagan bo'lsa, undan tashqari, agar siz simli internetdan foydalansangiz, tarmoq kartasi eski yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa va albatta sifatsiz kabel ishlatayotgan bo'lsangiz, provayder taklif qilgan tezlikka erishishingiz qiyin.

2. Provaydergacha bo'lgan masofa. Provayderdan sizning uyingizgacha bo'lgan masofa qanchalik katta bo'lsa, tezlik shunchalik pasayadi. Sababi, uzoq masofalarga uzatishda, har hil qurilmalar: kuchaytirgichlar, muftalar, takrorlovchilar ishlatiladi. Bu qurilmalarga kirish va chiqishlarda signallar biroz so'nadi. Undan tashqari, oddiy kabellarda ham signal so'nishi kuzatiladi. Bu sabablar natijasida katta pasayish kuzatilmaydi.

3. ATS va server tomondagi muammolar. Odatda provayderlar ATS(avtomat telefon stansiya) yordamida sizga internet taqdim etishadi. Bu degani, provayder o'zidan tashqari ATS'dagi qurilmalarga ham e'tibor berishi lozim. Provayderda joylashgan serverlar ham to'g'ri sozlangan va mukammal ishlashi kerak.

4. Katta hajmdagi traffik. Bir vaqtning o'zida, provayderdagi abonentlar katta hajmli traffik ishlatsa. Misol uchun, karantin paytida hamma online o'qish va ishlashga o'tganda.

5. Provayder bilib-bilmasdan, sababli-sababsiz ravishda sizning tezlikni pasaytirb qo'yishi ham mumkin.

6. Foydalanuvchi tezlik past deb o'ylashi. Provayder sizga va'da qilingan tezlikni beradi, lekin siz past tezlik berilmoqda deb o'ylaysiz, bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
● Foyalanilayotgan operatsion tizim nosoz;
● kirilayotgan sayt og'ir ishlaydi, ya'ni yaxshi optimizatsiya qilinmagan;
● provayderdan kichik tezlik sotib olib, bu tezlik yetmaydigan ishlarni qilish, misol uchun 2 Mb/s tezlik olib, FullHD kinolarni ko'rish;
● uyingizda bir necha kishi internetdan foydalansa va siz kirganingizda internet sekin ishlashni boshlashi.
● siz bilmagan holda, qo'shnilaringiz ham sizning internetdan foydalansa😁, vahakazo.

☝️Agar siz tanlagan tezlik, ishlatayotgan tezligingizdan keskin farq qilsa, darhol provayderga telefon qilib, ogohlantiring yoki imkoningiz bo'lsa, boshqa provayderga o'ting.

P.S. Bizning holda, qaysi provayderga o'tsangiz ham internetni bitta tashkilot O'zbekistonga olib kirishini unutmang.

© @planetait

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita

tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/990
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
tgoop.com/Kompyuter_akademiyasi/990

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The creator of the channel becomes its administrator by default. If you need help managing your channel, you can add more administrators from your subscriber base. You can provide each admin with limited or full rights to manage the channel. For example, you can allow an administrator to publish and edit content while withholding the right to add new subscribers. For crypto enthusiasts, there was the “gm” app, a self-described “meme app” which only allowed users to greet each other with “gm,” or “good morning,” a common acronym thrown around on Crypto Twitter and Discord. But the gm app was shut down back in September after a hacker reportedly gained access to user data. A new window will come up. Enter your channel name and bio. (See the character limits above.) Click “Create.” Over 33,000 people sent out over 1,000 doxxing messages in the group. Although the administrators tried to delete all of the messages, the posting speed was far too much for them to keep up. Click “Save” ;
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American