Telegram Web
🔰Odamlar kunu tun bo‘ladigan obyektlarga va turar joylarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan tashqari yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarning turar joylarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida, joylashtirish vositalari nomerlarida yong‘in, portlash va yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan modda va materiallar ishlatiladigan va saqlanadigan turli ishlab chiqarish va omborxonalarni tashkil etish taqiqlanadi, shu jumladan, ulardan foydalanish maqsadlari o‘zgarganda ham (ijaraga berilishida ham).

🔷Tungi vaqtdagi navbatchi (qorovul) shahar telefon tarmog‘iga ulangan telefon apparati mavjud bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak, ularga uxlash va obyekt hududini tark etishga ruxsat etilmaydi.

🔷Bino qavatlarining yo‘laklarida, xollarda va boshqa evakuatsiya yo‘llarida jihozlarni joylashtirish taqiqlanadi

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari Fuqaro muhofazasi institutida

Kuni kecha, Fuqaro muhofazasi institutiga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari ishtirokida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Unda, ishtirokchilar simulyatsiya markazda tashkil etilgan zilzila tarixi muzeyi, bilimlarni sinash xonalari bilan yaqindan tanishib, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni immitatsiya qiluvchi qurilmalar orqali amaliy ko‘nikmalarini oshirishdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent shahri va Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati is gazining zarari haqida navbatdagi videorolikni tayyorladi. Is gazi to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling. Tavsiyalar ushbu videorolikda.
————-
Информационная служба МЧС подготовила очередной ролик об опасности угарного газа. Ознакомьтесь с этим явлением как можно лучше. Инструкция в данном видеоролике.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich O‘zbekiston Respublikasi FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Shukurllo Hamroyevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

An’anaviy tarzda respublikamizning barcha viloyatlari xotin-qizlari qo‘mitalari, AKM va TAKMlariga ZOOM platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy kitobxon onalar, yozuvchi va shoiralar hamda keng kitobxonlar ommasi ishtirok etdilar.

Tadbirda , O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, yurtimiz sarhadlarini mustahkam saqlab, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida kuch-g‘ayratini ayamayotgan harbiy ayollarimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sirdaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markaziga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Sharipov Ismoil Maxamadzkirovich “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Sharipov Ismoil Maxamadzkirovich
O‘zbekiston Respublikasi FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Ismoil Maxamadzkirovichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markaziga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Tishabayev Alisher Yuldashevich FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Tishabayev Alisher Yuldashevich
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Alisher Yuldashevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing!
——————-
Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/01/20 03:39:36
Back to Top
HTML Embed Code: