Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani isitish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
--------------------
Угарный газ опасен для жизни! При обогреве помещений соблюдайте технику безопасности.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Hududlarda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Andijon va Navoiy viloyatlari FVB rahbarlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar va yosh qutqaruvchilar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda, yoshlarni kasbga qiziqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha tushuntirishlar berilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.

Uchrashuv so‘ngida faol yoshlarga boshqarma boshliqlarining “Esdalik sovg‘alari” topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Yangi yil bayrami o‘tkaziladigan joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Yangi yil bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poytaxtdagi A.Navoiy nomli "O‘zbekiston Milliy kutubxonasi" ro‘parasida joylashgan asosiy bayram tadbiri archasining texnik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga asosan o‘rnatilganligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, kunu tun navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlarining jangavor shayligi va maxsus texnikalar holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish shuningdek, turli xildagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari, Andijon viloyati FVB tomonidan qirg‘oq mustahkamlash tadbirlarini o‘rganish tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/06/29 02:00:37
Back to Top
HTML Embed Code: