Telegram Web
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida "Qamchiq" dovonida ikki kunlik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari yakunlandi. Kuni kecha, “Axborot 24” ko‘rsatuvining kechki sonida ushbu o‘quv mashqlariga oid reportaj namoyish etildi.
———
При координации МЧС на перевале Камчик завершились двухдневные командно-штабные учения. Репортаж об этом событии был показан накануне в вечернем выпуске программы "Ахборот 24".

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari o‘rganildi

Unda vazirlik va boshqarma mas'ullari tomonidan 2024-yilda manzilli dastur asosida hududlardagi bir qator daryo qirg'oqlari, soy o'zanlari va ichki suv o‘tkazish yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o'rganildi.

O‘rganishlar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV xodimi “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” ko‘rik tanlovi sovrindori

Kuni kecha, Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va madaniyat departamentida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlari ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha vazirlik va idoralar xodimlari qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.

Quvonarlisi, professional ijodkorlar o‘rtasida “Vatanparvarlik ruhidagi lirik qo‘shiqlar” yo‘nalishida vazirlik Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi orkestri xodimi kichik serjant Solixo‘ja Jiyanovning “Umr o‘tib borayotur” kompozitsiyasi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Fursatdan foydalanib, kichik serjant S.Jiyanovni mazkur yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumi hamda Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish yuzasidan tungi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Tadbirlar davomida tungi vaqtda xizmat olib borayotgan ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar, yong‘in va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda harakatlanish tartiblari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, “Yangi yil” archasi joylashgan hududlarda FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kunu tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Xavfsiz_bayram

Yangi yil bayramini yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, yangi yil archasi yong'in xavfsizligi qoidalariga muvofiq o'rnatilishi va ishlatilishi kerak. FVV Axborot xizmati va vazirlik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida archani xavfsiz o'rnatish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirilgan videorolik tayyorlandi.
—-
Трудно представить новогодний праздник без ярко украшенной ёлки. Однако ёлку необходимо устанавливать и эксплуатировать в соответствии с правилами пожарной безопасности. Информационной службой МЧС и ведомственным НИИ подготовлен ролик, в котором озвучены важные рекомендации о безопасном использовании новогодней ёлки.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/07/13 05:02:49
Back to Top
HTML Embed Code: