tgoop.com/Mahbubaning_kundaligi/1768
Last Update:
Suratingizga botinibroq ham qarolmayapman...
Ko'zingizdagi hayrat, achchiq tabassumlar yuragimni teshib o'tayotganday!
"Katta" larning "urush- urush" o'ynashlari siznikidan farq qiladi, bolalar. Sizda qurbonlar yo'q! Ular esa har kuni o'ldiradi!
Iltijola qilgan nidolaringiz, hayqiriqlaringiz, zambaraklar, o'qlar ovozi ichida yo'q bo'lib ketayotir...
"Dunyoda bolaning begonasi yo'q..." Ammo siz huddi yetim bo'tadek bo'zlab borayotirsiz.
Bizda muzqaymoqlar mavsumi. Sizdachi? Ochlik..
Ochlik va ho'rlikning qurboni, daydi o'qlarning nishoni bo'lishingizga hali juda erta emasmi?
Sinovli yo'llarda, tosh ko'chalarda yalangayoq chopayotgan botirim 😔
Yuragi ham ko'ylagiday qon bo'lgan murg'agim.Sochini silashga bir mehribon qo'l topmagan malagim...
Hoy, afg'on bolalari! Hali o'lishga erta!
Tushunyapsizmi?
Hali juda erta...
Allohimga aytib bering... 💌
✍ 15.08.21
🕰 2:02:21
https://www.tgoop.com/joinchat-qpKaFEqfxDVkZWIy
BY Mahbubaning kundaligi
Share with your friend now:
tgoop.com/Mahbubaning_kundaligi/1768