Telegram Web
Tramp prezidentligining birinchi oyida 72 ta qaror chiqaribdi (20 yanvarning o‘zida 26 ta). Grafikdan ko‘rish mumkinki, qaror qabul qilish tezligi yaqin tarixdagi prezidentlarga nisbatan ancha yuqori.
So‘m dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda.

 Mana ketma-ket 9-kundirki, so‘m dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda. Xususan, 9 kun davomida so‘m dollarga nisbatan qariyb 1 foizga mustahkamlangan (Bu haqida bir necha kun oldin ham to‘xtalgandim). Rossiya va AQSh munosabatlarining yaxshilanishi o‘zi bilan rublning mustahkamlanishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida mintaqadagi boshqa davlatlar valyutalarining ham mustahkamlanishiga zamin yaratdi. Bunda, Putin va Trampning telefon orqali muloqoti muhim rol o‘ynadi (12 fevral). Xususan, telefon muloqotidan oldingi davrda (28 yanvar-12 fevral) so‘m dollarga nisbatan biroz qadrsizlangan edi. Muloqotdan keyin esa  yana uchta sessiyada so‘m qadrsizlanishda davom etgan bo‘lsa-da, 17 fevraldan hozirgi kunga qadar doimiy mustahkamlanib kelmoqda.  

 Bu davrda so‘m boshqa yirik valyutalardan yevroga nisbatan 0,4 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, funt (-0,2 foiz), yapon iyenasi (-2 foizga), frank (-0,4 foizga)  kabi valyutalarga nisbatan qadrsizlangan.

 Putin va Tramp muloqotidan keyin asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan tenge va rublga nisbatan so‘m sezilarli qadrsizlangan bo‘lsa, yuan va liraga nisbatan biroz mustahkamlangan. Xususan, 12-26 fevralda so‘m rublga nisbatan 10 foizga, tengega nisbatan esa 1,4 foizga qadrini yo‘qotgan bo‘lsa, Liraga nisbatan 1,9 foizga, yuanga nisbatan 0,1 foizga mustahkamlangan.

 So‘m dollarga nisbatan mustahkamlanayotganligiga qaramasdan, asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi real valyuta kursining qadrsizlanishiga olib keladi. Xususan, inflyatsiya darajasi hamda hamkorlarning savdo ulushlari  oldingi oyga nisbatan o‘zgarmagan holatda nominal kursning fevral oyidagi o‘zgarishi real samarali almashinuv kursini 2 foizga qadrsizlantiradi.

@Mirkonomika
​​So‘m dollarga nisbatan bugun ham biroz mustahkamlandi (0,04 foiz), lekin boshqa zaxira valyutalarning barchasiga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, bugun so‘m  yevro va funtga nisbatan 0,2 foizga, frank va iyenaga nisbatan esa 0,1 foizga qadrsizlangan.

 Shuningdek, so‘m asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalaridan rubl (-1,2 foiz) hamda yuanga (-0,1 foiz)  nisbatan qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tenge (0,6 foiz) va liraga (0,1 foiz) nisbatan biroz mustahkamlangan.

 Bugungi kun holati bilan real samarali almashinuv kursi fevral oyida 2,1 foizga qadrsizlanadi (savdo ulushlari hamda inflyatsiya darajasi o‘zgarmaganda).  Real valyuta kursining qadrsizlanishi asosiy savdo hamkorlarimiz va boshqa yirik valyutalarga nisbatan so‘m (nominal kursi)ning qadrsizlanishi bilan izohlanadi. Xususan, fevral oyida (27.02 holatiga) o‘rtacha kurs (oldingi oydagi o‘rtacha kurs bilan taqqoslaganda) rublga nisbatan  9 foizga, tengega nisbatan 3,5 foizga, yuanga nisbatan 0,4 foizga qadrsizlangan. Yirik savdo hamkorlarimiz valyutasidan  faqatgina liraga nisbatan 1,7 foizga mustahkamlangan. 

Shuningdek zaxira valyutalardan iyenaga nisbatan 2,8 foizga, funtga nisbatan 1,4 foizga, yevroga nisbatan 0,5 foizga hamda frankka nisbatan 0,4 foizga qadrsizlangan. Dollarga nisbatan esa  o‘rtacha kurs oy davomida deyarli o‘zgarmasdan qolgan (oyning birinchi yarmidagi qadrsizlanish hisobiga).

So‘m nominal kursining fevral oyida qadrsizlanishi real valyuta kursining 5 oy  davom etgan mustahkamlanish fazasiga yakun yasashi mumkin.

@Mirkonomika
2017-2024 yillarda AQSh tovarlar savdosida defitsitining eng ko‘p o‘sishi Meksika bilan yuz bergan bo‘lsa, Meksikadan keyingi o‘rinni Vyetnam egallaydi. Xususan, Meksika bilan tovarlar defitsiti 103,7 mlrd dollarga o‘sgan bo‘lsa, Vyetnam bilan defitsit 89,1 mlrd dollarga o‘sgan.

Taqqoslash uchun, Kanada bilan defitsit esa 49,6 mlrd dollarga o‘sgan bo'lsa, Xitoy bilan savdo defitsiti 77 mlrd dollarga qisqargan.

Hozirgi kunda Vyetnam  AQShning Xitoy va Meksikadan keyingi eng yirik manfiy tashqi savdo saldosi mavjud hamkori hisoblanadi.

 Vyetnamdek AQShdan ancha yiroqdagi nisbatan kichik davlat bilan savdo defitsitining bunday yuqori o‘sishi Trampning birinchi prezidentlik davridagi savdo urushining natijasi hisoblanadi. Ya’ni Xitoy bilan savdo urushi natijasida  Xitoydagi ishlab chiqarishning bir qismi Vyetnamga ko‘chib o‘tgan (re-ekspoprtning ham roli bo'lgan). Bu esa Vyetnamdan AQShga eksportning keskin o‘sishiga sabab bo‘lgan. Xususan, 2017-2024 yillarda Vyetnamda AQShga eksport uch barobarga o‘sib 142,5 mlrd dollarga yetgan.

Xo‘sh bu safar ham Vyetnam AQSh-Xitoy savdo urushidan ijobiy naf bilan chiqishi mumkinmi? Albatta hozirgi vaziyatda aniq xulosa chiqarish judayam qiyin, lekin Tramp istalgan vaqtda  Vyetnamga nisbatan ham bojlarni joriy qilib qolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan Vyetnamning AQSh bilan yirik savdo profitsiti mamlakat iqtisodiyoti uchun yaqin kelajakda turli noaniqliklarni keltirib chiqarmasdan qolmaydi, chamamda.

@Mirkonomika
​​So‘nggi 10 kun ichida so‘m birinchi marta dollarga nisbatan qadrsizlandi.

Bugun (3-martda amal qiladigan rasmiy kurs)  so‘m dollarga nisbatan  12,7 so‘m yoki 0,1 foizga qadrini yo‘qotdi. Taqqoslash uchun kecha so‘m dollarga nisbatan biroz mustahkamlangan edi.

Boshqa zaxira valyutalariga (funtdan tashqari) nisbatan esa so‘m ketma-ket ikkinchi kundirki  mustahkamlanishda davom etmoqda (kechagi postda ma’lumotlar 27.02 holatiga edi). Xususan, so‘m bugun frankka nisbatan 0,4 foizga, yevroga nisbatan 0,8 foizga, funtga nisbatan 0,6 foizga hamda iyenaga nisbatan 0,2 foizga mustahkamlangan.

Shuningdek, So‘m asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan yuan va rublga nisbatan ketma-ket ikki kundan buyon mustahkamlanayotgan bo‘lsa, tengega nisbatan qadrsizlanmoqda.  Jumladan, so‘m rublga nisbatan bugun 1,2 foizga (kecha 1,7 foizga),  yuanga nisbatan 0,1 foizga (kecha 0,2 foizga) mustahkamlangan.  Tengega nisbatan esa  ikki kun davomida 0,3 foizdan qadrsizlangan.  Shuningdek, bugun Liraga nisbatan so‘m 0,3 foizga mustahkamlangan bo‘lsa kecha 0,1 foizga qadrsizlangan edi.

Umuman olganda, Trampning 4-martdan Kanada va Meksikaga 25 foizlik shuningdek Xitoyga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy qilishi bo‘yicha bayonoti yaqin kelajakda dollarning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.   Ya’ni so‘nggi 10 kunda Rossiya-AQSh munosabatlaridagi burilish rubl ortidan mintaqadagi boshqa  davlatlar valyutalarining mustahkamlanishiga zamin yaratgan bo‘lsa,  bojlarning yangi to‘lqini mintaqada yaqin kelajakda dollarning nisbatan mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.

@Mirkonomika
Mirkonomika
​​So‘nggi 10 kun ichida so‘m birinchi marta dollarga nisbatan qadrsizlandi. Bugun (3-martda amal qiladigan rasmiy kurs)  so‘m dollarga nisbatan  12,7 so‘m yoki 0,1 foizga qadrini yo‘qotdi. Taqqoslash uchun kecha so‘m dollarga nisbatan biroz mustahkamlangan…
Aytgancha savdo ulushlari va inflyatsiya darajasi o‘zgarmagan holatda fevral oyidagi nominal kurs o‘zgarishi hisobiga real samarali almashinuv kursi 2 foiz qadrsizlanadi (27.02 dagi holatga nisbatan real kursining nisbatan pastroq qadrsizlanishi asosan so‘mning rublga nisbatan kechagi 1,7 foizlik mustahkamlanishi bilan izohlanadi).
 
Bunda, real kurs qadrsizlanishining asosiy manbai asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalariga nisbatan so‘mning qadrsizlanishi hisoblanadi. Xususan, fevral oyida (o'rtacha kurs) so‘m rublga nisbatan 9,2 foizga, tengega nisbatan 3,5 foizga,  yaunga nisbatan 0,4 foizga qadrsizlandi.  Asosiy hamkorlarimiz valyutalari orasidagi faqatgina liraga nisbatan 1,8 foizga mustahkamlanishi kuzatildi.
Oylik inflyatsiya ham yillik inflyatsiya ham biroz tezlashgan

Fevral oyida oylik inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning  mos davriga nisbatan 0,2 foiz bandga tezlashgan. Yillik inflyatsiya esa o‘tgan oydagi 9,9 foizdan, 10,1 foizgacha yetgan.

Oylik inflyatsiyaning 2024 yil fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan tezlashishi, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasining 0,2 foizdan 0,6 foizgacha yetganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, Nooziq-ovqat hamda xizmatlar inflyatsiyasida ham biroz (0,1 foiz band) tezlashish bo‘lgan.

Alohida tovarlar orasida  mol va qo‘y go‘shtining oylik inflyatsiyasi mos ravishda 2,8 foiz hamda 2,4 foizni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2024 yil fevral oyida mol va qo‘y go‘shti  0,4 foizga arzonlagan edi.  Shuningdek, kungaboqar yog'i narxi o‘tgan yilning fevralida 1,1 foizga arzonlagan bo‘lsa,  joriy yil fevralida 0,4 foizga qimmatlagan.  Bundan tashqari,   narxlari nisbatan voylatil bo‘lgan  sabzavotlar inflyatsiyasi joriy yil fevral oyida 5,4 foizni tashkil etgan,  taqqoslash uchun 2024 yil fevral oyida sabzavotlar narxi 2,5 foizga oshgan edi. Bu omillar o'z navbatida joriy yil fevral oyida inflyatsiyaning tezlashishiga zamin yaratgan.

Shuningdek fevral oyida temir yo‘l transporti xizmati 4,5 foizga,  havo transporti xizmati 22,4 foizga, propan narxi esa 4,3 foizga oshgan.  Taqqoslash uchun, yanvar oyida propan 13,2 foizga, havo transporti 1,3 foizga arzonlagan bo‘lsa,  temir yo‘l transporti xizmati narxlari 0,9 foizga oshgan edi.
AQShda tovarlar tashqi savdo defitsiti sezilarli oshgan

Yanvar oyida eksport 172 mlrd dollarni, import esa 325,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti esa 153,3 mlrd dollarga yetgan. Taqqoslash uchun dekabr oyida defitsit 122 mlrd dollarni, 2024 yilning yanvarida esa 100,3 mlrd dollarni tashkil etgan edi.  Ya’ni tashqi savdo defitsiti oldingi oyga nisbatan 31,2 mlrd dollarga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 53 mlrd dollarga oshgan.

Tashqi savdo defitsitining bunday yuqori o‘sishi iqtisodiy agentlarning Tramp tomonidan joriy qilinishi mumkin bo‘lgan bojlari bilan izohlanadi (keyinchalik amalda joriy qilingan). Ya’ni yanvar oyida hali bojlar o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, Trampning saylov kompaniyasidagi bayonotlari u saylangandan keyingi davrda tashqi savdo bo‘yicha turli noaniqliklarni kuchaytirdi. Bu esa importyorlarning yangi bojlar joriy qilinguncha importni ko'proq oshirishiga olib kelgan.
So‘m mart oyini dollarga nisbatan ketma-ket ikki kun qadrsizlanish bilan, asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalariga nisbatan esa mustahkamlanish bilan boshladi

Bugun (04.03 uchun rasmiy kurs) so‘m dollarga nisbatan biroz (7,1 so‘m) qadrsizlandi va bu so‘mning ketma-ket ikkinchi kun dollarga nisbatan qadrsizlanishi hisoblanadi.  Bundan oldin so‘m dollarga nisbatan ketma-ket 10 kun davomida mustahkamlangan edi (10 kunlik kumulyativ mustahkamlanish 1 foiz).

Shuningdek, so‘m bugun zaxira valyutalarining barchasiga (iyenadan tashqari) nisbatan ham qadrini yo‘qotdi. Xususan, so‘m yevroga nisbatan 0,4 foizga, funtga nisbatan 0,3 foizga hamda frankka nisbatan 0,2 foizga qadrsizlangan.

Asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalariga nisbatan esa so‘m mustahkamlanmoqda. Bugun so‘m rublga nisbatan 1,3 foizga, Yuanga nisbatan 0,1 foizga, tengega nisbatan esa 0,04 foizga mustahkamlangan. Asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan faqatgina liraga nisbatan biroz (0,2 foizga) qadrsizlangan.

So‘nggi vaqtda so‘m kursi rublga nisbatan katta volotillik ko‘rsatmoqda. Xususan, bugungi sessiya bilan hisoblaganda so‘m rublga nisbatan ketma-ket uch kundan buyon mustahkamlanmoqda. Shu uch kun davomida so‘mning rublga nisbatan kumulyativ mustahkamlanishi 4,2 foizni tashkil etdi.  

AQSh-Rossiya munosabatlaridagi burilishdan keyin rubl dollar va boshqa valyutalarga nisbatan sezilarli mustahkamlangan edi. Putin-Tramp muloqotidan 27 fevralgacha bo‘lgan davrda rubl dollarga nisbatan 11 foizga mustahkamlandi.  

Shuningdek, bu davr oralig‘ida so‘m rublga (kunlik kumulyativ) nisbatan 11,2 foizga qadrsizlangan.

 Oldingi postlarda yozilganidek, dollarning so‘nggi kunlarda mustahkamlanishi boshqa faktorlar qatori 4-martdan kuchga kiradigan bojlarning yangi to‘lqini bilan izohlanishi mumkin.

@Mirkonomika
Instagramda eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan Markaziy bank Venesuela Markaziy banki ekan.

Venesuela Markaziy bankining Instagram obunachilari soni 1,9 mln bo‘lib, bu mamlakat aholisining 6,7 foizini tashkil etadi.

Eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan Hindiston Markaziy bankining obunachilari soni esa 400 ming atrofida.

Shuningdek, AQSh (Federal Rezerv) va Yevropa Markaziy banklarining Instagramdagi obunachilari soni mos ravishda 206 ming va 86 ming kishi.
Nima uchun davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshayapti?

2024 yilda davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlar 8,9 trln (2023 yildagi o‘rtacha kurs bilan 760 mln dollar) so‘mdan 14,5 trln so‘mga (1,15 mlrd dollar) yetgan.

Umuman olganda, foiz to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar so‘nggi yillarda doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Xususan, qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar 2022 yilda 4,2 trln so‘m, 2021 yilda 2,5 trln so‘mni tashkil etgan. Xo‘sh, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari nega bunday keskin o‘smoqda?

Pandemiyadan keyingi davrda butun dunyoda foiz stavkalarining o‘sishi kuzatildi. Xususan, AQShda foiz stavkalari (SOFR 6 oylik, yillik o‘rtacha ), 2021 yilda 0,04 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 5,35 foizgacha yetgan (2023 yilda 4,6 foiz). Bu holat bir tomondan yangi qarz jalb qilishda foiz stavkasini oshirsa, ikkinchidan mavjud qarz tarkibida o‘zgaruvchan foiz stavkali qarzlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining avtomatik o‘sishiga olib keladi.

Hozirgi kunda, davlat qarzining qariyb 40 foizi o‘zgaruvchan foiz stavkada jalb qilingan qarzlarga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, butun dunyoda foiz stavkalari o‘sishi, o‘zgaruvchan foiz stavkada jalb qilingan qarzlar uchun xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘sishiga olib keladi. Masalan 2024 yil holatiga foiz stavkalarining 1 foizga o‘sishi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 150 mln dollarga oshiradi.

Shuningdek, yuqorida ta’kidlanganidek,  foiz stavkalarining o‘sishi yangi qarz jalb qilishni oldingiga nisbatan qimmatroq qilib qo‘yadi va arzon qarzlar o‘rnini nisbatan yuqori stavkada jalb qilingan qarzlar egallay boshlaydi.

Masalan, 2019 yilda 4,75 foizdan jalb qilingan yevrobondlar 2024 yil yanvar oyida yopildi. 2024 yil may oyida esa uchta valyutada 1,5 mlrd dollar  obligatsiyalar joylashtirildi. Bunda, dollardagi 7 yillik obligatsiyalarning daromadliligi 6,9 foizni tashkil etdi ( shuningdek, o‘sha vaqtda jalb qilingan 10 yillik obligatsiyalarning daromadliligi 5,37 foizni tashkil etib, 2024 yildagi 7 yillik obligatsiyalar stavkasidan pastroq shakllangan). Ya’ni davlat qarz portfelida nisbatan  yuqori stavkali qarzlar ulushining o‘sishi o‘z navbatida qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining o‘sishiga olib keladi.

Bunda tashqari qarz summasining o‘sishi ham qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining o‘sishiga xizmat qiladi. Masalan, davlat qarzi hajmi 2023 yil so‘nggida 34,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil so‘ngida 40,1 mlrd dollarga yetgan. Bunda, foiz stavkalari o‘zgarmagan taqdirda ham davlat qarzining o‘sishi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 15 foizga oshirgan bo‘lardi.

Joriy yilda yirik iqtisodiyotlarda inflyatsiyaning sekinlashishi fonida  foiz stavkalarining ham pasayib borishi prognoz qilinayotgan edi. Lekin AQShdagi siyosiy o‘zgarish va Prezident tomonidan narxlarga bosim beruvchi qarorlar  ortidan foiz stavkalari bo‘yicha kutilmalarda noaniqliklar  keskin ortdi. Yirik davlatlarda foiz stavkasining pasaytirilishi esa o‘z navbatida mamlakatimiz tomonidan jalb qilinadigan qarzlarning foiz stavkasi pasayishiga hamda mavjud qarz tarkibidagi o‘zgaruvchan foiz stavkada jalb qilingan qarzlarga xizmat ko‘rsatishning pasayishiga olib kelishi mumkin edi. Lekin hozirgi global noaniqliklarda  nisbatan yuqori foiz stavkalari uzoqroq saqlanib qoladiganga o‘xshaydi.

@Mirkonomika
Bugun (05.03 uchun rasmiy kurs) so‘m dollarga nisbatan 6,13 so‘mga qadrsizlandi.

Bu so‘mning ketma-ket uch kundan buyon dollarga nisbatan qadrsizlanishi hisoblanadi.

Qiziq jihati  so‘m bugun boshqa zaxira valyutalarining barchasiga nisbatan jiddiy qadrsizlangan.  Xususan,  so‘m frankka nisbatan 1,1 foiz, yevro va funtga nisbatan 0,8 foizga hamda iyenaga nisbatan 0,9 foizga qadrini yo‘qotgan.

Asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalaridan yuanga nisbatan ketma-ket uch kunlik mustahkamlanishdan keyin so‘m bugun 0,3 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, liraga nisbatan ketma-ket ikki kundan buyon 0,2 foizga qadrsizlanmoqda.  Rublga nisbatan esa uch kun davom etgan mustahkamlanish fazasidan keyin, bugun nisbatan barqarorlikni namoyon qilgan. Tenge bilan esa barqarorlik ketma-ket ikkita sessiyadan buyon davom etmoqda.
Trampning ”axmoqona” savdo urushi:

P.s Kanadaning yoniga Meksikani ham qo’shib qo’ysa bo’ladi.
Tramp prezidentlikni qabul qilib olgandan buyon joriy qilgan bojlari AQSh importining taxminan 42 foiziga (1,3 trln dollar)) ta’sir qiladi. Bojlar orqali (effektiv)  o‘rtacha tarif darajasi 11,5 foizga oshgan.

Shuningdek, bojlar natijasida (o'rtacha uy xo'jaligi) iste’molchilar yiliga 1600 dollar yo‘qotadi.  Ta’kidlash kerakki, bu AQSh Iqtisodiyoti uchun judayam katta zarba, AQSh iqtisodiyotining birinchi chorakda manfiy o‘sishi bo‘yicha prognozlarning paydo bo‘lganligi ham bejizga emas.

Bundan tashqari, AQSh iqtisodiyotiga bog'liqligi yuqori, va iqtisodiyoti nisbatan kichik bo'lgan Meksika va Kanada Iqtisodiyotlarini ham katta ehtimol inqirozga olib kiradi.
AQShda tariflardan eng ko‘p zarar ko‘radigan sektorlar energetika, avtomobilsozlik hamda elektronika hisoblanadi.

Bunda, avtomobil ishlab chiqarish butun Shimoliy Amerika bo‘ylab yoyilgan bo‘lsa (katta qismi Meksikada), elektronika importi Xitoyga kuchli bog‘langan. Energetika bo‘yicha  esa asosiy zararni AQShning Kanada bilan chegaradosh hududlari  ko‘radi.
Hozirgi bo‘layotgan voqealarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan tashqari biz kabi iqtisodiyoti kichik  va tashqi savdoga nisbatan yopiq davlatlarning uzoqroq yopiq qolishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ya’ni nisbatan kichik iqtisodiyot dunyoga ochilish harakatini boshlagan vaqtda yirik davlatlar tomonidan  savdo urushining boshlanishi  Jahon savdo tashkilotining  maqomiga jiddiy zarar yetkazadi.  Bu esa tashkilotga a’zo bo‘lish harakatida bo‘lgan davlat qaror qabul qiluvchilarida turli savollarni keltirib chiqarishi shubhasiz. O‘zi umuman tashkilotga a’zo ham bo‘larmiz lekin hozirgi tendensiya bilan yaqin kelajakda tashkilotning xalqaro maydonda ahamiyati jiddiy pasayishi mumkin.

Qiziq, hozirgi voqealar chin ma’noda savdoga ochilishimizni qancha orqaga suradi ekan.
​​Qirg‘iziston bilan tashqi savdomizdagi farqlar to‘g‘risida

Atirgul eksporti bo‘yicha Qirg‘iziston bilan farqlar eslanibdi. Ta’kidlash kerakki, tashqi savdomizda Qirg‘iziston bilan farqlar yaqin-yaqingacha judayam yirik edi.  

Xususan, 2023 yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga tovarlar eksporti 764 mln dollarni tashkil etganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, qirg‘iz statistikasida O‘zbekistondan import 403 mln dollarni tashkil etganligi keltirilgan.  Ya’ni o‘zbek va qirg‘iz statistikasidagi farq  361 mln dollarni tashkil etgan. Bunday yirik farqni tabiiyki statistik xatolik sifatida qabul qilib bo‘lmaydi.

Bunda, trikotaj ko‘ylaklarning Qirg‘izistonga eksporti 56,1 mln bo‘lsa, Qirg‘izistonning mamlakatimizdan importi 12 mln dollar (farq 44,1 mln dollar), ip-kalava eksporti 40 mln dollar, Qirg‘iziston importi esa 2,3 mln dollar (farq 37,7 mln dollar),  choyshab va dasturxonlar eksporti 39,9 mln dollar, Qirg‘iziston tomonining importi 3,4 mln dollar (farq 36,5 mln dollar), kiyim-kechaklar uchun aksessuarlar eksporti 42 mln dollar, Qirg‘iziston importi 5,9 mln dollar (farq 36,1 mln dollar), o‘rik, gilos, shaftoli va olxo‘ri eksporti 26,8 mln dollar, Qirg‘iziston importi 10 mln dollar (farq 16,8 mln dollar) bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, Qirg‘izistonga eng yirik 20 ta (4 talik bojxona kodi bo‘yicha) tovar eksporti va Qirg‘iziston statistikasi o‘rtasidagi farq  287.5 mln dollarni (umumiy farqning 80 foizi ) tashkil etgan. Bunda, asosiy farqlar tekstil mahsulotlari va meva-sabzavotlar hissasiga to‘g‘ri kelishi e’tiborga molik.

 @Mirkonomika
​​Ketma-ket uch kunlik qadrsizlanishdan keyin so‘m bugun dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi.

Ammo boshqa zaxira valyutalarining deyarli barchasiga nisbatan so‘m  sezilarli qadrsizlanishda davom etmoqda (iyenadan tashqari). Xususan,  bugun  so‘m yevroga nisbatan 1,9 foizga,  frankka nisbatan  0,6 foizgafuntga nisbatan 0,8 foizga qadrini yo‘qotgan (iyenaga nisbatan 0,2 foizga mustahkamlangan). so‘nggi uchta sessiyada esa so‘m yevroga nisbatan 3 foizga,  funtga nisbatan 2 foizga,  frankka nisbatan 1,9 foizga  iyenaga nisbatan esa 0,7 foizga qadrini yo‘qotdi.

Asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalaridan  rublga nisbatan so‘m bugun 0,5 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, tenge va yuanga nisbatan mos ravishda  0,6 va 0,1 foizga qadrsizlangan.  Liraga nisbatan esa barqaror qolgan.
Trampning tarif “o‘yinlaridan” bozorlarda foyda qilishingiz mumkin.  Faqat buning uchun siz “ichkaridagilardan” biri bo‘lishingiz kerak.

Ma’lumot uchun: Tramp avtomobil sektori uchun bojlar amal qilish muddatini bir oyga kechiktiribdi. Bu esa o‘z navbatida investorlarning savdo urushi bo‘yicha xavotirlarini pasaytirib, bozorlarda jonlanishga sabab bo‘lgan.
So‘m bugun (tanlab olingan) deyarli barcha valyutalarga nisbatan qadrsizlangan.

 Bugun so‘m dollarga nisbatan 18 so‘mga (yoki 0,14 foiz) qadrsizlandi.  Boshqa zaxira valyutalariga nisbatan esa jiddiy qadrsizlanishda davom etmoqda.  Xususan so‘nggi 4 kunda so‘m yevroga nisbatan (kunlik kumulyativ) 4 foizga (bugun 1 foiz),  funtga nisbatan 2,4 foizga (bugun 0,4 foiz),  frankka nisbatan 2 foizga (bugun 0,1 foiz),  iyenaga nisbatan esa 1,8 foizga (bugun 1,1 foiz) qadrsizlangan. Taqqoslash uchun bu davrda so‘m dollarga  nisbatan 0,2 foizga qadrsizlangan. Ya’ni boshqa zaxira valyutalari bilan taqqoslaganda so‘m-dollar juftligi nisbatan barqaror qolgan.

Asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rublga nisbatan so‘m 5 kunlik mustahkamlanishdan keyin bugun 0,6 foizga qadrsizlangan.  Shuningdek, bugun so‘m yuanga nisbatan 0,3 foizga, tengega nisbatan 0,2 foizga, liraga nisbatan 0,1 foizga qadrini yo‘qotgan.
2025/03/10 11:49:16
Back to Top
HTML Embed Code: