Trampning tarif-tarif “o’yinlari” AQShda inflyatsion kutilmalarni keskin oshiribdi.
AQShning Xitoy tovarlariga o‘rnatgan tariflari mamlakatimizga qanday ta’sir qiladi?
Xitoy tomoniga o‘rnatilgan tariflar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Birinchidan AQShdan talabning pasayish Xitoy tovarlari narxini pasaytiradi bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga Xitoydan import qilinayotgan tovarlarni pastroq narxlarda import qilish imkoniyatini yaratadi. Ikkinchidan, Xitoyda o‘sishning sekinlashishi natijasida tovarlarimizga talab pasayishi mumkin.
Importga ta’siri. AQSh Xitoydan import qiladigan 500 ta tovarlar (bojxonaning 4 talik kodi bo‘yicha) importi AQShning Xitoydan importida 2021-2023 yillarda 86-89 foiz ulushni tashkil etgan (2024 yilda tovarlar kesimida konsentratsiya kuchaygan va 100 ta tovarning ulushi 80 foizga yetgan). Ya’ni bu tovarlar AQSh tomonidan qo‘yilgan bojlardan ko‘proq zarar ko‘radi va narxi nisbatan yuqoriroq pasayishga uchraydi.
Bu 500 ta tovar (tovar guruhi) importi esa Xitoydan importimizning 2021 yilda 49,7 foiz, 2022 yilda 48,6 foiz, 2023 yilda esa 54,6 foiz ulushini tashkil etgan. Ya’ni bu tovarlar narxining mintaqada pasayishi (aytaylik bojlar darajasida) o‘z navbatida mamlakatimizga Xitoydan import qilinayotgan tovarlarning qariyb yarmida narxlarning sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin (boshqa tovarlar eksportining AQShga nominal qiymati past bo‘lganligi uchun bojlarning bu tovarlar narxiga ta’siri past bo‘ladi deb o‘yladim). Agar Xitoy valyuta kursini maqsadli qadrsizlantirsa bu narx effektini yanada kuchaytirishi mumkin.
Eksportga ta’siri. Xitoy eng yirik savdo hamkorimiz hisoblanadi. Xususan, 2024 yilda Xitoy bilan tashqi savdo aylanmasi 12,5 mlrd dollarni tashkil etib, umumiy tashqi savdo aylanmasining 18,9 foizini tashkil etgan. Ammo so‘nggi yillarda Xitoyda iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi natijasida, bu davlatga eksportimiz qisqarmoqda. Jumladan, 2024 yilda eksport hajmi 2 mlrd dollarni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 17,4 foizga qisqargan. 2023 yilda esa eksportning qisqarishi 5,6 foizni tashkil etgan edi. So‘nggi 2 yilda Xitoydagi nisbatan talabning pasayishi natijasida eksportning qisqarishi davom etayotgan bir vaqtda savdo urushining boshlanishi Xitoyga eksportning qisqarishini yanada tezlashtirishi mumkin.
@Mirkonomika

Umuman olganda, Xitoyda talabning pasayishi deyarli butun dunyoga ta’sir qilmoqda.
Masalan, (Uncomtrade portali ma’lumotlariga ko‘ra) 2022 yilda 142 ta mamlakatdan 87 tasida, 2023 yilda esa 75 tasida Xitoyga tovarlar eksporti oldingi yilga nisbatan qisqargan. Bunda, mamlakatlarda umumiy eksport qisqarishi 2022 yilda 145 mlrd dollarni (2022 yilda 159 mlrd) tashkil etgan.
Ayniqsa, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yevropa va Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Amerika mintaqalaridagi mamlakatlari Xitoyda talabning qisqarishidan jiddiy aziyat chekishmoqda.
Xususan, 2023 yilda Xitoyga eksport Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari 59,9 mlrd dollarga (2022 yilda 87,7 mlrd dollarga), Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida 0.7 mlrd dollarga (2022 yilda 3,1 mlrd dollarga), Shimoliy Amerika mintaqasi mamlakatlarida esa 5,5 mlrd dollarga qisqargan.
upd: ma'lumot taqdim qilmagan davlatlar hisobiga defitsit ko'proq chiqqan ekan, ularni filter qilish hisobiga haqiqiyroq ma'lumotlar olindi.

2022-2023 yillarda Mamlakatlar kesimida Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Braziliya, Qatar kabi mamlakatlardan Xitoyga eksport yuqori sur’atlarda o‘sgan bo‘lsa, Gonkong, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarda eksport qisqargan.
Xususan, 2023 yilda Saudiya Arabistonidan Xitoyga eksport 43,2 mlrd dollarga, Avstraliyadan 17.9 mlrd dollarga, Braziliyadan 14,6 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa, Janubiy Koreyadan 31,1 mlrd dollarga, Gonkongdan 20,5 mlrd dollarga, Yaponiyadan 18,1 mlrd dollarga, Germaniyadan 7,4 mlrd dollarga, AQShdan esa 6 mlrd dollarga qisqargan.

Daromadlar o‘sishining asosiy qismi Toshkentda kechmoqda.
2024 yilda umumiy daromadlar hajmi real ko‘rsatkichlarda 8,1 foizga, jon boshiga umumiy daromadlar esa 5,9 foizga o‘sgan.
Jon boshiga daromadlari eng yuqori o‘sgan hudud Toshkent shahri hisoblanadi. Poytaxtda, jon boshiga real umumiy daromadlar 15,4 foizga o‘sgan.
Umuman olganda, respublikadagi daromadlar o‘sishining salmoqli qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Xususan, umumiy daromadlar 8,1 foizga o‘sgan bo‘lsa, bu o‘sishning 46 foizi yoki 3,8 foiz bandi bitta ma’muriy hudud ya’ni Toshkent shahrining hissasiga to‘g‘ri kelgan. Agar Toshkent shahrida o‘sish bo‘lmaganda Respublikada real umumiy daromadlar 4,3 foiz atrofida, jon boshiga real umumiy daromadlar esa 2 foizdan yuqoriroq o‘sgan bo‘lardi xolos.
Bunda, Toshkent shahrida o‘sish Yollanma ishchilar daromadlarining yuqori sur’atda o‘sganligi (xizmatlar sohasidagi yuqori o‘sish bilan izohlanadi) hamda chet eldan pul o‘tkazmalarining keskin o‘sganligi bilan izohlanadi. Xususan, 2024 yilda yollanma ishchilarning daromadlari poytaxtda (nominal ko‘rsatkichlarda) 26,8 foizga, chet eldan pul o‘tkazmalari esa 60 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bunda, yollama ishchilar daromadlarining o‘sishi shaharda nominal daromadni 12,9 foiz bandga, chet eldan pul o‘tkazmalari esa 7,7 foiz bandga o‘sishini ta’minlagan.
Boshqa tomonda ba’zi viloyatlarda daromadlar deyarli o‘smagan, xususan, yil davomida Surxondaryo viloyatida jon boshiga real daromadlar 0,2 foizga, Namangan viloyatida 0,5 foizga, Farg‘ona viloyatida esa 1,1 foizga o‘sgan xolos. Bunda, Namanganda pul o‘tkazmalari o‘sishining pastligi umumiy daromadlar o‘sishining past bo‘lishini ta’minlagan. Xususan, 2024 yilda umumiy daromadlar tarkibidagi respublika tashqarisidan kirib kelgan qismi viloyatda 1,8 foizga o‘sgan (u esa nominal umumiy daromadlarni 0,3 foiz bandga o‘sishiga hissa qo‘shgan xolos).
Shuningdek, jon boshiga chet eldan pul o‘tkazmalari Qoraqalpog‘iston R va Sirdaryo viloyatida ketma-ket ikki yildan buyon qisqarmoqda. Bu esa daromadlarning nisbatan past o‘sishga zamin yaratgan. Xususan jon boshiga chet elda pul o‘tkazmalari 2024 yilda Qoraqalpog‘istonda 5,1 foizga (2023 yilda -8,8 foiz), Sirdaryoda 1,7 foizga (2023 yilda -1,8 foiz) qisqargan. Bu ma’muriy hududlarda jon boshiga real umumiy daromadlarning o‘sish sur’ati mos ravishda 2,4 hamda 3,7 foizni tashkil etgan. Bu hududlarda jon boshiga daromadlarning o‘sishi yuqoridagi uchta viloyatda baland shakllanganligi mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nisbatan yuqori o‘sganligi bilan izohlanishi mumkin.
Yana bir qiziq holat, Farg‘ona viloyati umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kirib kelgan pul o‘tkazmalarining jon boshiga hajmi 50,5 foizga o‘sib, respublikada Toshkent shahridan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lishiga qaramasdan, daromadlari eng past o‘sgan hududlardan biri bo‘lib qolgan.

So‘mning qadrsizlanishi tezlashgan oyda valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siri bo‘yicha xavotirlar pasaygan.
Yanvar oyida aholining inflyatsion kutilmalari, 14,4 foizni tashkil etib dekabr oyidagi darajada qolgan. Aholining inflyatsion kutilmalarida bir qiziq tendensiyani kuzatish mumkin. Respondentlarning 46 foizi kelgusida valyuta kursining o‘zgarishidan xavotir bildirishgan. Dekabr oyi bilan taqqoslaganda valyuta kursi o‘zgarishini xavotir sifatida ko‘rgan respondentlar ulushi 9 foiz bandga pasaygan.
Qiziq jihati yanvar oyida valyuta kursining qadrsizlanishi oldingi oyga nisbatan tezlashgan edi. Ya’ni valyuta kursining qadrsizlanishi tezlashgan oyda aholining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari yaxshilangan. Xususan, yanvar oyida so‘mning o‘rtacha kursi 0,7 foizga qadrsizlangan. Taqqoslash uchun, respondentlarning 55 foizi valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiya ta’siridan xavotirlangan dekabr oyida o‘rtacha kurs 0,4 foizga qadrsizlangan edi. Shuningdek, 51 foiz respondentlar valyuta kursi o‘zgarishidan xavotirlangan noyabr oyida valyuta kursi 0,2 foizga qadrsizlangan xolos.
Umuman olganda, odamlarning kutilmalari asosan yaqin tarixdagi o‘zgarishlar asosida shakllanadi (backward-looking). Bunga yaqqol misol 2023 yilning iyul hamda avgust oylarida valyuta kursining oylik qadrsizlanishi mos ravishda 1 foiz hamda 3,1 foizni tashkil etganda (avgustning birinchi yarmidagi qisman “to‘g‘irlanish”ni eslasangiz kerak), valyuta kursining inflyatsiyaga ta’siridan xavotirlangan respondentlarning ulushi ikki oyda 50 foizdan 70 foizgacha yetgan. Ya’ni kutilmalar o‘tgan oydagi yuqori qadrsizlanish holatlari hisobiga shakllangan.
Xo‘sh, unda nega so‘mning qadrsizlanishi nisbatan tezlashgan yanvar oyida valyuta kursining qadrsizlanishi bo‘yicha xavotirlar pasaygan?
O‘ylashimcha, odamlarning kutilmalarini shakllantiruvchi (tarixiy) davr judayam qisqa (agar qadrsizlanish darajasi yuqori bo‘lsa, masalan avgustdagi kabi, unda odamlar xotirasida uzoqroq saqlanib qolishi mumkin). Ya’ni, odamlar bir oylik kurs o‘zgarishi asosida emas balki so‘rovnoma o‘tkazilishiga yaqin kunlardagi kurs o‘zgarishi asosida o‘z kutilmalarini shakllantiradi.
Masalan, yanvar oyida so‘rovnoma o‘tkazilishidan bir hafta oldin so‘m dollarga nisbatan 0,12 foizga qadrsizlangan va bu ko‘rsatkich dekabr oyidagi (0,16 foiz) ko‘rsatkichdan pastroq shakllangan. So‘rovnoma haftasida esa (joriy oyning 27 va kelasi oyning 5 sanalari oralig‘i) so‘m dollarga nisbatan biroz (0,04 foizga) mustahkamlangan (dekabr oyining so‘rovnoma kunlarida so‘m dollarga nisbatan 0,14 foizga qadrsizlangan edi).
Ya’ni, oylik kurs oldingi oyga nisbatan yuqori qadrsizlangan bo‘lsa-da, valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siri borasidagi kutilmalar yaxshilanishi ayni so‘rovnoma davrida kursning nisbatan barqaror shakllanganligi bilan izohlansa kerak.
Yanvar oyiga o‘xshash holat aprel oyida ham kuzatilgan edi. Xususan, oy davomida so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi 0,9 foizni tashkil etib, mart oyiga (0,6 foiz) nisbatan tezlashgan. Lekin so‘rovnoma o‘tkaziladigan davrda so‘m dollarga nisbatan 0,4 foizga mustahkamlangan (mart oyida esa 0,5 foizga qadrsizlangan edi). Bu esa valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan xavotirlangan respondentlar ulushi 61 foizdan 55 foizgacha pasayishiga sabab bo‘lgan.

Oltinsiz eksport asosan turizm hisobiga o‘smoqda
2024 yilda oltinsiz eksportning o‘sish sur’ati 16,5 foizni tashkil etib 2023 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 9,3 foiz bandga tezlashgan (2023 yilda oltinsiz eksport 7,2 foizga o‘sgan). E’tiborli jihati so‘nggi yillarda oltinsiz eksportning o‘sishida xizmatlar asosiy rol o‘ynamoqda. 2024 yilda xizmatlar eksporti hajmi 7,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 27,7 foizga o‘sgan. Bunda, turizm xizmatlarining o‘sish sur’ati 64,2 foizni tashkil etgan (2023 yilda 33,1 foizga o‘sgan edi).
Birgina turizm xizmatlarining oltinsiz eksport o‘sishiga ta’siri 10,6 foiz bandni tashkil etgan. Ya’ni agar turizm xizmatlarida o‘sish kuzatilmaganda oltinsiz eksportning o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etardi xolos. Umumiy xizmatlarning oltinsiz eksportga ta’siri turizm xizmatlaridan biroz past shakllanib 10,3 foiz bandni tashkil etgan. Bu ba’zi xizmatlar eksportidagi pasayish bilan izohlanadi. 2023 yilda esa xizmatlar eksportining oltinsiz eksport o‘sishiga ta’siri 9,9 foiz bandni tashkil etgan. Agar xizmatlar eksporti 2023 yilda o‘smaganda oltinsiz eksport 2,2 foizga qisqargan bo‘lar edi. Ya’ni so‘nggi yillarda xizmatlar eksporti, xususan turizm xizmatlari oltinsiz eksport o‘sishini belgilab beruvchi asosiy komponentga aylangan.
Xo‘sh, 2024 yilda turizmda yuqori o‘sish qanday shakllandi?
2024 yilda mamlakatimizga xorijdan 8,2 mln fuqaro tashrif buyurgan bo‘lib (dekabr oyining o‘zida 900 ming), bu ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 23,7 foizga o‘sgan. Bunda, bitta turistga to‘g‘ri kelgan kelgan turizm eksporti oldingi yilga nisbatan 33 foizga o‘sib, 429 dollarga yetgan. Ya’ni 64,2 foizlik o‘sishning 40,5 foiz bandi turistlarning nisbatan ko‘proq pul sarflashlari ortidan kelgan.
Lekin nisbatan chuqurroq ma’lumotlar mavjud bo‘lgan 8 oylik ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, turistlar o‘sishining asosiy qismi qo‘shni davlatlardan kelgan turistlar (asosan qarindoshlarini ko‘rish maqsadida) hisobga bo‘lmoqda. Masalan, 8 oyda turistlar soni 2023 yilning mos davriga nisbatan 720 ming kishiga oshgan (2022 yilda 1.2 mln). Bunda, o‘sishning 78 foizi (563,4 ming kishi) qo‘shni davlatlardan kelganlar hisobiga shakllangan. O‘sishda boshqa MDH davlatlaridan (daromadi nisbatan yuqori) kelganlar ulushi 6 foizni tashkil etib oldingi yilga nisbatan 9,1 foiz bandga pasaygan. Ya’ni 2024 yilda turistlar oqimining asosiy o‘sishi nisbatan past daromadli mamlakatlar hisobiga shakllanmoqda.
Xo‘sh, bunday holatda bitta turistga to‘g‘ri kelgan eksport qanday qilib yuqori sur’atda o‘sishi mumkin?, tabiiyki yuzaki ma’lumotlar bilan aniq xulosalarga kelib bo‘lmaydi. Mamlakatlar kesimida turistlar soni va ular tomonida sarflangan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsagina o‘sishning ayni qaysi omillar hisobiga yuzaga kelayotganligini aniqlash mumkin. Lekin asosiy o‘sish qo‘shni davlatlardan kelayotgan turistlar hisobiga shakllanayotgan bir vaqtda har bir turistga to‘g‘ri keladigan eksportning keskin o‘sishi savollar keltirib chiqarishi tabiiy.
Menimcha, tashqi savdomiz, xususan eksportimiz haqida to'g'riroq xulosani oltinsiz tovarlar eksporti o'zgarishi orqali qilish maqsadga muvofiq.

Rossiya tashqi savdosida rublning ulushi o‘sishda davom etmoqda
2024 yilda jami eksportning 41,3 foiz rublda amalga oshirilgan, bu 2023 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,3 foiz bandga yuqoriroq hisoblanadi. Urushdan oldingi (2021 yil) davrga nisbatan esa rublning ulushi 27 foiz bandga oshgan.
Rossiyaga “do‘st bo‘lmagan” davlatlar valyutasining eksportdagi ulushi esa 2024 yilda 18,6 foizni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 13 foiz bandga qisqargan (2021 yilga nisbatan esa 66 foiz bandga pastroq). Boshqa valyutalarning ulushi urushdan oldingi 1 foizlik ko‘rsatkichdan 40,2 foizgacha yetgan.
Importda ham rublning ulushi o‘sib bormoqda. 2024 yilda jami importning 43,2 foizi rublda amalga oshirilgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 13,3 foiz bandga o‘sgan (2021 yilga nisbatan 15,1 foiz bandga). Rossiyaga “do‘st bo‘lmagan” davlatlar valyutalarining importdagi ulushi esa 22 foizni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 12 foiz bandga qisqargan (2021 yilga nisbatan 45,6 foiz bandga pastroq).

Mamlakatimiz eksportida Rublning ulushi 2023 yilda 5,3 foizni (2019 yilda 0,8 foiz), importida esa 7,6 foizni (2019 yilda 4,2 foiz) tashkil etgan. Rublning tashqi savdomizdagi o‘sishi aynan urushdan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
Rublning ulushi katta ehtimol bilan 2024 yilda ham o‘sishda davom etgan. Chunki, tashqi savdomizda nominal qiymatda eng katta o‘sish aynan Rossiya bilan yuz bergan. Xususan, 2024 yilda Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 1,6 mlrd dollarga o'sgan (ya'ni savdo hamkorlarimiz orasidagi eng yuqori nominal o'sish). Bunda, tovarlar importi 1,3 mlrd dollarga, eksport esa 265 mln dollarga ko'paygan.

Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni qisqarishda davom etmoqda
Joriy yilning 1 fevral holatiga 729 mingta ro‘yxatdan o‘tgan korxona bo‘lib, 2024 yilning mos davriga nisbatan, ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 5,5 foizga yoki 38 mingtaga o‘sgan. Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni esa 10,6 foizga qisqarib, 431,5 mingtani tashkil etgan.
O‘zi umuman, 2023 yildan keyingi davrda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni doimiy ravishda qisqarib bormoqda. Masalan 2023 yil (1 fevral holati) bilan taqqoslaganda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 25 foizga kamaygan. Bu davrda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 15 foizga oshgan.
Yanvar holati bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni Sirdaryo (2024 yilga nisbatan 20 foizga qisqargan), Farg‘ona (-19,4 foiz), Qoraqalpog‘iston R (-19 foiz) kabi ma’muriy hududlarda keskin kamaygan. 2023 yilgi daraja bilan taqqoslaganda, korxonalar soni qisqarishida Andijon yetakchilik qiladi. Xususan, 2023 yilga nisbatan Andijonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 43,7 foizga qisqargan.

AQShning Ukrainaga yordami juda ham ulkanligini inkor etmagan holda aytish kerakki, daromadiga nisbatan ulushi bo‘yicha eng katta yordam ko‘rsatgan davlat AQSh emas. Xususan, 2022-2024 yillarda AQSh Ukrainaga 114 mlrd dollar yordam ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu AQSh YAIMning 0,4 foizini tashkil etadi xolos. Agar bu yordam teng uch yilga bo‘linsa unda yordamning YAIMdagi ulushi 0,14 foizgacha qisqaradi. Ya’ni nominal yordam juda yirik bo‘lishiga qaramasdan, AQSh kabi yirik iqtisodiyot uchun bu mablag‘ judayam kichkina.
Boshqa tomondan, Daniya (8,4 mlrd dollar), Estoniya (0,79 mlrd), Litva (1,2 mlrd dollar), Latviya (0,6 mlrd dollar) kabi davlatlar nominal qiymatda AQShga nisbatan sezilarli darajada kam yordam ko‘rsatgan bo‘lishsa-da, bu yordam ularning daromadlarida sezilarli ulushga ega. Masalan Daniya yillik YAIMining 2,1 foizini, Estoniya 1,9 foizini, Litva 1,5 foizini, Latviya 1,4 foizini Ukrainaga yordam sifatida yuborgan.

So‘mga nima bo‘layapti?
Ketma-ket 5 kundan buyon (bugungi prognoz bilan qo‘shib hisoblaganda) so‘m AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanmoqda. Xususan, so‘nggi 5 kunlik o‘rtacha kurs 0,12 foizga mustahkamlangan.
Bu holat asosiy savdo hamkorlarimiz valyutasi mustahkamlanayotganligi bilan izohlanadi. Jumladan oy boshida 1 dollar 97,8 rublni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich kecha 90,4 rublgacha pasaydi (ya’ni rubl 7,6 foizga mustahkamlangan). O‘rtacha kurs esa oy boshidan buyon (20 kunlik o‘rtacha) 5,8 foizga mustahkamlagan).
Rubl ortidan tengening ham mustahkamlanishi kuzatilmoqda. Xususan, fevral (20 kunlik o‘rtacha) oyida tenge dollarga nisbatan 3,2 foizga mustahkamlangan. Taqqoslash uchun, so‘m xuddi shu davrda dollarga nisbatan 0,1 foizga mustahkamlangan, xolos.
Rossiya va Qozog‘iston birgalikda tashqi savdomiz hamda xalqaro pul o‘tkazmalarida eng yirik hamkorimiz hisoblanadi. Xususan, bu ikki davlatga tashqi savdo aylanmasining 24,1 foizi, oltinsiz eksportning esa 27,3 foizi to‘g‘ri keladi. Bu davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi esa tabiiyki, so‘mga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
So‘mning, rubl va tenge kabi yuqori sur’atlarda mustahkamlanmayotganligi esa valyuta kursi ta’sirining to‘liq namoyon bo‘lib ulgurmaganligi (lag) yoki Markaziy bankning so‘mni nisbatan barqaror saqlashga qaratilgan siyosati natijasi bo‘lishi mumkin (yoki ikkalasi ham qisman rol o‘ynamoqda).
Agar eslasangiz rubl va tengening 2024 yil ikkinchi yarmida sezilarli qadrsizlanish fazasi so‘mda deyarli namoyon bo‘lmasdan o‘tib ketgan edi. Xususan, Iyul-dekabr oylarida rubl dollarga nisbatan 15 foizga, tenge esa 8,9 foizga qadrsizlangani sharoitda so‘m dollarga nisbatan 2 foizga qadrsizlangan xolos. Bu esa o'z navbatida real valyuta kursining mustahkamlanishishiga olib kelgan edi.

Xizmatlar savdosi tashqi savdo o‘sishini belgilab beruvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda
Joriy yilning yanvar oyida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 4,5 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga o‘sgan. Bunda, eksport hajmi 1,3 mlrd dollar, import esa 3,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti 1,9 mlrd dollarga yetgan.
Umumiy eksportning o‘sishi 14,1 foizni, import o‘sishi esa 4,4 foizni tashkil etgan. Lekin oldin ham bu haqida yozganimdek, eksportning o‘sishi asosan xizmatlar sohasidagi yuqori o‘sish hisobiga shakllanmoqda.
Xususan, yanvar oyida 492 mln dollarlik xizmatlar eksport qilingan hamda bu umumiy eksportning 37,6 foizini tashkil etadi. Oldingi yil bilan taqqoslaganda xizmatlar eksporti 22 foizga o‘sgan (lekin agentlikning hisobotlaridagi birlamchi ma’lumotlar bilan xizmatlar eksporti 34 foizga o‘sgan bo‘lib chiqadi, menimcha 2024 yil uchun ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilgan, lekin qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni agentlik saytida topishning imkoni yo‘q).
Birgina xizmatlar eksportining o‘zi jami eksportning 8,3 foiz bandga o‘sishini ta’minlagan. Ya’ni xizmatlar eksportidagi o‘sishsiz umumiy eksport 5,7 foizga o‘sgan bo‘lardi xolos. Oldingi yillardagi kabi xizmatlar eksporti ichida turizm xizmatlari yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda. Xususan, yanvar oyida Turizm xizmatlari 36 foizga o‘sgan. Birgina turizm xizmatlaridagi o‘sish umumiy eksportning 6,4 foiz bandga o‘sishiga sabab bo‘lgan (qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlar bilan turizmdagi o‘sish pastroq shakllangan bo‘lishi mumkin).
Shuningdek, yanvar oyida 44,3 mln dollarlik oltin eksporti amalga oshirilgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida oltin eksport qilinmagan edi. Oltinsiz tovarlar eksporti esa 3,9 foizga o‘sgan xolos (birlamchi ma’lumotlar bilan hisoblaganda esa 1 foizga qisqargan).
Ta’kidlash kerakki, umumiy importning o‘sishida ham xizmatlar importining o‘sishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, import tarkibidan xizmatlar importi chiqarib tashlansa, unda importning o‘sishi 4,4 foizdan 1,6 foizgacha sekinlashadi. Xizmatlar importida asosiy o‘sish eksportdagi kabi turizmda yuz bermoqda. Xususan, yanvar oyida xizmatlar import 212,6 mln dollarni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 55,7 foizga o‘sgan.

Kimdan qancha gaz import qilyapmiz?
Uncomtrade bazasidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida (dekabr oyi bo‘yicha ma’lumotlar hozircha bazaga taqdim qilinmagan) mamlakatimiz tomonidan 1,55 mlrd dollar miqdorida gaz import qilingan. Bunda, tabiiy gaz importi 1,49 mlrd dollarni tashkil etgan. 11 oyda import qilingan tabiiy gaz hajmi 10 mlrd m3, tabiiy gazning o‘rtacha narxi (1000 m3 uchun) esa qariyb 150 dollar bo‘lgan.
Taqqoslash uchun, 2023 yilda (12 oy) 683 mln dollar qiymatdagi 4,4 mlrd m3 gaz import qilingan (o‘rtacha narx 155,5 dollar), 2022 yilda esa 281,1 mln dollar qiymatidagi 2 mlrd m3 gaz importi amalga oshirilgan (o‘rtacha narx 137,2 dollar).
Oldingi yillarda tabiiy gaz importida asosiy yo‘nalish Turkmaniston bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilga kelib Rossiya asosiy import yo‘nalishiga aylangan. Xususan, 2022 yilda importning 100 foiz ulushi Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2023 yilda Turkman gazining importdagi ulushi 94,2 foizgacha (643,6 mln dollar) pasaygan. Bu holat Rossiyadan gaz importi boshlanganligi bilan izohlanadi. 2023 yilda Rossiyadan 39,7 mln dollarlik tabiiy gaz import qilingan.
2024 yil 11 oyida Rossiyadan 793,7 mln dollarlik, Turkmanistondan esa 701,2 mln dollarlik tabiiy gaz import qilingan. Bunda, import tabiiy gazning o‘rtacha narxi (1000 m3) turkman gazi uchun 139,4 dollarni, rus gazi uchun esa 160,1 dollarni tashkil etgan.
E’tiborli jihati, turkman gazi o‘zgaruvchan narx bilan import qilingan bo‘lsa rus gazi uchun import narxi butun davr davomida o‘zgarmagan. Xususan, turkman gazi uchun import narxi 128 dollardan, 214,7 dollargacha oraliqda shakllangan. Eng baland narxlar mart hamda noyabr oylariga to‘g‘ri kelib, bu oylarda turkman gazi uchun import narxi 200 dollardan oshgan (1000 m3 uchun mart oyida 214,7 dollar, noyabr oyida 206,2 dollar). Lekin gaz narxi qimmat oylarda nisbatan kam import amalga oshirilganligi hisobiga turkman gazining o'rtacha narxi past shakllangan.

Oylar kesimida eng ko’p import mart (189,1 mln dollar), may (176,9 mln dollar) hamda iyul (171,1 mln dollar) oylariga, eng past import esa yanvar (32,1 mln dollar), oktyabr (77,4 mln dollar) hamda aprel (99,1 mln dollar) oylariga to’g’ri kelgan.
Avtomobil importi 2024 yil aprel oyidan amal qilishni boshlagan qator talablar sabab qisqarishni boshlagan ekan. Xususan, mart oyidan boshlab oylik avtomobil importi 2023 yilning mos oylariga nisbatan sezilarli pasayishni boshlagan. Mart oyidagi pasayishni izohlash biroz qiyinroq lekin keyingi oylardagi doimiy pasayishni ayni import qilishdagi qo‘shimcha talablar bilan izohlash mumkin.
P.S Oldingi postda xatolik ketganligi sababli o‘chirdim (xato xulosaga olib kelmasligi uchun)

Noyabr oyidagi avtomobillarni texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha talablarning qattiqlashtirilishi esa importning sekinlashishiga qanchalik hissa qo’shganligini faqatgina noyabr oyidagi ma’lumotlardan aytish biroz qiyin, ya’ni aprel oyidan boshlangan pasayuvchi (oldingi yilning mos davriga nisbatan) trend noyabr oyida ham davom etgan.
Lekin iyul oyida keyin avtomobil importi yana nisbatan o’suvchi trendni namoyon qilayotgan edi. Oldingi yillarda bunday trend kuzatilmagan. Xususan, oylik import iyul oyidagi 67 mln dollardan, oktyabr oyida 134 mln dollargacha yetgan. Ya’ni avtomobillarni texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha qo’shimcha talablar o’rnatilmaganda balki o’suvchi trend saqlanib qolgan bo’lar yoki oktyabrdagi holatga yaqinroq daraja qayd etilgan bo’larmidi. Lekin noyabr oyida avtomobillar importi 2 barobarga qisqarib 65 mln dollarni tashkil etdi. Bu esa ayni texnik talablar qattiqlashtirilishining natijasi bo’lishi mumkin.

Real valyuta kursi mustahkamlanishda davom etmoqda
Yanvar oyida real (samarali) almashinuv kursining indeksi 124,4 ni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 2 foiz band oshgan. Oltinsiz indeks esa dekabr oyiga nisbatan 0.5 foiz band oshib 129,7 ga yetgan. Shuningdek, nominal (samarali) almashinuv kursi indeksi 86,7 ga yetib 2024 yil yanvar oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan etgan.

Oy davomida real valyuta kursi 1,6 foizga nominal kurs esa 4,6 foizga mustahkamlangan. Bunda, real kursning mustahkamlanishi so‘mning qator hamkorlarimiz valyutalariga nisbatan mustahkamlanganligi bilan izohlanadi.
Yanvar oyida so‘m nominal kursining dollarga nisbatan qadrsizlanishi oldingi oyga nisbatan 0.3 foiz bandga tezlashib 0,7 foizni tash etganligi, shuningdek, o‘tgan yil avgust oyidan buyon birinchi marta rublga nisbatan (-1,6 foizga) qadrsizlangan bo‘lishiga qaramasdan. Boshqa qator valyutalarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda.

Yanvar oyida so‘m (nominal kurs) tanlab olingan valyutalardan yevroga nisbatan 0,5 foizga, Liraga nisbatan 1 foizga, funtga nisbatan 0,9 foizga, yenga nisbatan 1,4 foizga, frankka nisbatan 1, 4 foizga hamda Rupiyga nisbatan 0,9 foiz bandga mustahkamlangan.
Grafikdan ham ko‘rish mumkinki, so‘mning tanlab olingan valyutalarga nisbatan mustahkamlanish fazasi oktyabr oyidan buyon davom etmoqda. Yanvar oyida mustahkamlanish oldingi oylarga sekinlashgan bo‘lsa-da lekin umumiy mustahkamlanish davom etayotganligiga guvoh bo'lish mumkin.