Telegram Web
🆕 “SMS-PENSIYA” xizmatiga onlayn ulanish ishga tushirildi

📱 Endilikda siz my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-PENSIYA” xizmatiga ulanishingiz, telefon raqamingiz oʻzgargan boʻlsa yangi raqamingizni kiritishingiz mumkin.

🪙 Telefon raqamingizni mazkur xizmatga ulaganingizdan soʻng @pensiyauzbot boti orqali oʻz pensiyangiz miqdori toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin.

🧑‍💻 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1139

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡 “Digital inclusion” tamoyili asosida trening

Bugun, 15-noyabr kuni “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq inklyuzivlik va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha toifadagi fuqarolar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida portal takomillashtirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar portalning asosiy funksiyalarini namoyish etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/digital-inclusion-tamoyili-asosida-trening-1554

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️OneID tizimidan foydalanuvchilar diqqatiga!  
 
Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi?  
 
👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson! 
 
🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos. 
 
📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi. 
 
Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang!
  
📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang!
 
▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling: 
 
https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Eʼlon!

📱O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
 
⚙️ Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

📆 Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

🪪 Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

▶️https://youtube.com/shorts/Gw6oO37FZKU?si=T6qgFP-mM54LSzeT

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔑 Endi Elektron raqamli imzo olishni bir kun kutish shart emas!

❗️my.gov.uz orqali "Elektron raqamli imzo olish" xizmati takomillashtirildi.

👉 Mazkur xizmatdan foydalanishda bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar:

📱Kompyuteringizga yangilangan E-imzo moduli oʻrnatilganmi? Agar boʻlmasa, ushbu havola orqali yuklab oling.

📱Mobil qurilmangizda MyID ilovasi o'rnatilgan bo'lishi kerak:
iOS operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;
Android operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;

🔐 Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

💰Vazirlar Mahkamasining 348-son qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26 250 so'm) yig'im undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig'imga 10 foiz chegirma (23 625 so'm) taqdim etiladi.

⚡️My.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtu.be/mqvTKzB0jpE?si=qu6FM1sv7w2i1DcP

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratildi. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
 Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/erugs14mhiA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Markaz xodimlari “Yashil makon” umummiliy loyihasida faol ishtirok etishdi

💬 Bugun yurtimizda atrof-muhitni asrashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday xayrli harakatlardan biri “Yashil makon” umummilliy loyihasidir.

📆 Joriy yilning 27-noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari 100 ta archa va 140 ta mevali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

❗️Bu nafaqat tabiatga gʻamxoʻrlik, balki kelajak avlod uchun sogʻlom muhit yaratishga qoʻshilgan hissa!

▶️ https://youtu.be/_35AatlErfc?si=qPQaBG0fuD4VjnBL

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eʼlon❗️

⚙️Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔐 ONE ID login va parolingizni eslay olmayapsizmi?

▶️ Bugungi videoqoʻllanmada sizga 60 soniya ichida uni qanday qilib oson tiklash mumkinligini hamda tizimdan xavfsiz foydalanish qoidalarini tushuntirib oʻtamiz!

➡️ Ushbu foydali qoʻllanmani yaqinlarga ulashishni unutmang!

▶️ https://youtu.be/g7Sd78jsxmw

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🧑‍💻 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/08 06:05:26
Back to Top
HTML Embed Code: