Telegram Web
Nimaga tuproqni o‘g‘itlash hosildorlikni oshiradi?

— Tuproqni o‘g‘itlash hosildorlikni oshirishining sababi o‘g‘itlar tuproqning mikroelementlar va makroelementlar bilan boyitilishiga yordam beradi, bu esa o‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini rag‘batlantiradi.

— O‘g‘itlar o‘simliklarning ildiz tizimining rivojlanishini, o‘simliklar orasida resurslar taqsimlanishini yaxshilaydi. Bu esa o‘simliklarning tez o‘sishini va kuchli bo‘lishini ta'minlaydi, ba'zi o‘g‘itlar tuproqda mavjud bo‘lgan zararli moddalarning zararini kamaytiradi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍5😁5
Nimaga tuyalar suvsizlikka chidamli hayvon?

— Qon tarkibidagi qizil qon hujayralari suvni ko‘p miqdorda saqlay oladi, bu ularning uzoq vaqt suv ichmasdan yashashiga imkon beradi.

— Tuyalarning o‘rkachlari yog‘ zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan, 1 gramm yog' parchalanganda 1 gramm dan ko'proq suyuqlik hosil bo'ladi. Ularning sahro iqlimiga moslashgan hayvonlar shuning uchun ham ular o'z organizmlarida 100 litrgacha suvni saqlash qobilyatiga egadir.

P.S. Tuya minganlar bormi? 😁

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍15😁71💯1
Nimaga odamlar tush ko‘radilar?

— Tushlar – uyquning REM (Rapid Eye Movement) fazasida sodir bo‘ladigan, ong osti xotiralar, his-tuyg‘ular va fikrlarning qayta ishlanishidan iborat hodisa. Uyqu davomida, ayniqsa REM fazasida, miya kun davomida to‘plangan ma’lumotlarni tartibga soladi va xotiralarni mustahkamlaydi.

— Tushlar xotiralarni qayta ishlash jarayonining bir qismi bo‘lib, bu orqali miya, muhim va kamroq muhim bo'lgan ma’lumotlarni ajratib oladi.

P.S. Do'stlaringizga ulashib qo'ying 😊

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍11🔥1
Nimaga vaqtni rejalashtirish ish unumdorligini oshiradi?

— Buning sababi juda oddiy, biz ishimizni unumdorligini oshirishimiz uchun aynan qaysi (muhim qismi) ish unumdorligini oshirishi haqida bilib olishimiz kerak, vaqtni rejalashtirish aniqlashda va individual samaradorlik davrlaridan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi.

— "Pareto prinsipi"ga ko‘ra, harakatlarning 20% muhim qismi natijaning 80%ni ta’minlaydi. Rejalashtirish ana shu muhim vazifalarga ko‘proq e’tibor qaratishga yordam beradi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
4🔥4
Nimaga elektrni tejash uchun LED chiroqlar tanlanadi?

— LED chiroqlar elektr energiyasini deyarli to‘liq yorug‘lik energiyasiga aylantiradi, oddiy lampalar (inkandesan lampalar) elektr energiyasining katta qismini issiqlikka aylantiradi, bu esa energiya isrof bo‘lishiga olib keladi. LED chiroqlar oddiy chiroqlarga nisbatan 80–90% kamroq elektr sarflaydi.

— LED chiroqlar bir zumda to‘liq yorug‘lik darajasiga chiqadi, ya’ni energiya yo‘qotilmasdan tez yoqilib ishlay boshlaydi. Oddiy lampalar esa asta-sekin qizib ishlashni boshlaydi, bu esa qo‘shimcha energiya talab qiladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍151💯1
Nimaga suv oqimi doim pastga qarab oqadi?

— Suv yuqorida bo‘lganida yuqori potensial energiyaga ega bo‘ladi. Bu energiya pastki darajalarga oqib o‘tish orqali kinetik energiyaga aylanadi. Suvning pastga oqishi — energiya balansining natijasidir.

— Gravitatsiya kuchi Yer markaziga tortadi. Suv molekulalari ham bu kuch ta’sirida pastga qarab harakat qiladi, agar suv qiyaliksiz va to‘siqsiz joyda bo‘lsa, u harakatsiz bo‘lib qoladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍61🔥1
Nimaga yil fasllari o‘zgaradi?

Yer Quyosh atrofida ellips shaklidagi orbita bo‘ylab harakat qiladi. Bir to‘liq aylanish (orbita) 365,25 kunni tashkil etadi. Yerning Quyoshga nisbatan holati yil davomida o‘zgaradi, bu esa fasllarning almashishiga olib keladi.

Yil fasllari asosan Yerning Quyosh atrofida aylanishi, uning o‘qi egilganligi va Quyosh nurlanishining Yer yuziga turlicha tushishi bilan bog‘liq. Bu jarayonlar Yer yuzidagi hayot uchun muhim bo‘lib, ekotizimlar, qishloq xo‘jaligi va odamlarning kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
6🔥21👍1
Nimaga o'rmon qiroli sher xisoblanadi?

— Sherlar kuchli tanasi, tishlari va tirnoqlari bilan hayvonot olamidagi eng qudratli yirtqichlardan biri hisoblanadi. Ularning jasorati va dovyurakligi "qirol" deb atalishlariga sabab bo‘lgan. Erkak sher o‘z podasini himoya qiladi va sardorlik qiladi. Ushbu sardorlik fazilati "qirollik" maqomini belgilagan.

— Sherlar ov qilish qobiliyati va boshqa hayvonlar ustidan hukmronligi bilan mashhur. Ko‘p hayvonlar sherning yoniga yaqinlashishdan qo‘rqadi, bu esa ularning tabiiy nufuzini oshiradi, erkak sherning tumshug‘ini o‘rab turgan yungi (yubkasi) uni qirollik tojiga o‘xshatadi.

— Ular, garchi o‘rmonlarda yashamasalar-da (ular asosan savanna va ochiq maydonlarda yashaydi), "o‘rmon qiroli" degan unvon ularga kuch-qudrati va hayvonot olamidagi hukmronligi uchun berilgan.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
10👍2
Nimaga ba'zi chorva mollarga qadimgi magnit bo'laklarini yedirishgan?

— Butun dunyoda chorva mollarini yaylov va adirlarda boqib o'stirishadi, uzoq muddat dalalarda boqilgan qora mollarda holsizlik va ishtaxani bug'ilishi paydo bo'la boshlaydi, buning sababi esa dalalarda noaniq va tekshiruvsiz topib yeyilgan oziq moddalar orasidagi mayda mix va sim qoldiqlaridir. Yechim sifatida Veterinarlar oshqozondagi temir tersak qoldiqlarini yig'ishtirib olib ketuvchi qadimgi kichik Osiyo hududida topilgan magnit toshlarini yedirishlari natijasida qora mollardagi bu kasallik davolangan.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍10🔥2
Nimaga qorboboning kiyimi qizil rangda bo‘ladi?

— Qorbobo obrazi, asosan, nasroniy avliyosi Avliyo Nikolayga asoslanadi. Avliyo Nikolay milodiy IV asrda yashagan va odatda qizil kiyimda tasvirlangan, qizil rang uning avliyo unvoni va katolik ruhoniysi liboslariga mos kelganidan dalolat beradi.

— Yana bir ma'lumotga ko'ra 1823-yilda yozilgan “A Visit from St. Nicholas” (Twas the Night Before Christmas) she’ri Qorbobo obrazini mashhur qildi. Unda Qorbobo semiz, quvnoq va qizil kiyimli sifatida tasvirlangan.

— 20-asrning boshlarida Qorbobo obrazining qizil rangda yanada ommalashishiga Coca-Cola katta ham ta’sir ko‘rsatdi, Sundblom ismli rassom reklama kampaniyasi uchun Qorboboni Coca-Cola logotipining qizil va oq ranglariga mos keladigan qilib tasvirladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
🔥6👍41
Nimaga osmonda bulutlar oq ko‘rinadi?

— Bulut zarrachalari havo molekulalariga qaraganda kattaroq bo‘lgani uchun, ular yorug‘likni barcha yo‘nalishda deyarli bir xil tarqatadi, bu jarayonni Mie tarqalishi deb atashadi, va natijada barcha ranglar bir xil kuch bilan tarqalib, oq rang hosil qiladi.

— Agar bulutlar qalin va zich bo‘lsa, quyosh nuri ulardan to‘liq aks etadi va bulutlar yorqin oq ko‘rinadi aksi bo'lganida quyosh nuri bulutning pastki qismiga yetib bormasligidan kelib chiqadi.

— Osmondagi bulutlar aslida rangsiz ular faqat yorug‘likni aks ettirish va tarqatish xususiyatlari tufayli oq, kulrang yoki boshqa ranglarda ko‘rinadi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
🔥6👍211
Nimaga daraxtlar kuzda barglarini to‘kadi?

— Daraxtlar barglari orqali suv bug‘latadi (transpiratsiya). Kuzda va qishda tuproqdan suv olish qiyinlashadi, chunki tuproq muzlaydi yoki namlik kamayadi. Barglarni to‘kib, daraxtlar suv yo‘qotishni minimallashtiradi va o‘zini qurib qolishdan himoya qiladi.

— Barglarni yashil rangda ushlab turish uchun daraxt ko‘p miqdorda energiya va resurs sarflaydi (masalan, xlorofill ishlab chiqarish uchun). Kuzda quyosh nuri kamroq bo‘lgani uchun fotosintez sekinlashadi. Shuning uchun ham daraxtlar barglardan voz kechib, resurslarini saqlaydi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍631🔥1🥰1
Nimaga yomg'irdan keyin kamalak ko'rinadi?

— Yomg‘irdan keyin havoda ko‘plab suv tomchilari bo‘ladi. Ushbu tomchilar yorug‘likni sinish va qaytish uchun tabiiy "prizma" vazifasini bajaradi. Quyosh nuri yomg‘ir tomchilaridan o‘tib, ranglarga bo‘linadi va biz kamalakni ko‘ramiz.

— Kamalakda 7 asosiy rang bo‘ladi: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, ko‘k, to‘q ko‘k va binafsha. Bular yorug‘lik spektrining ajralgan ranglaridir...

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍1611
Nimaga ichimlik suvining ta’mi yo‘q?

— Suv molekulasi (H₂O) juda oddiy tuzilishga ega bo‘lib, o‘zida shirinlik, sho‘rlik, achchiqlik yoki boshqa ta’mni keltirib chiqaradigan qo‘shimcha moddalar yo‘q. Bu uning neytral va ta’msiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar boshqa moddalar qo‘shilsa yoki suv ifloslansa, unda uning ta’mi sezilarli darajada o‘zgaradi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍81
Nimaga oy o‘z nurini taratmaydi?

— Oy aslida o‘zidan nur chiqarmaydi, balki quyoshdan kelgan nurni aks ettiradi. Oy yuzasi quyosh nuri tushganda uni yerga qaytaradi, shuning uchun biz oy yorqin ko‘rinadi deb o‘ylaymiz. Oyning yuzasi tog‘ jinslari va chang bilan qoplangan bo‘lib, bu materiallar quyosh nurlarini yaxshi aks ettiradi.

— Shu sababli, oy faqat quyosh nuriga duch kelganda yorqin ko‘rinadi, lekin o‘zi nurlanish manbai emas. Oyning nur taratmasligini tushunish uchun uni oddiy ko‘zgu bilan taqqoslash mumkin: ko‘zgu ham o‘zidan nur chiqarmaydi, balki mavjud yorug‘likni aks ettiradi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍74😁3🔥2
Nimaga baʼzilar koʻzlarini ochib uxlaydi?

Aniq bilamiz, siz yoki biror yaqiningiz koʻzlarini ochib uxlashi natijasida albatta kulgiga qolgan. Xoʻsh, bu holat nima sababdan yuzaga keladi?

Koʻzlarni ochib uxlashga 5 ta keng tarqalgan muammolardan biri sabab boʻladi. Bular — koʻz-qovoq mushaklari patologiyasi (boʻshashishi), asab kasalliklari, miyadagi baʼzi nosozliklar, qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar va logoftalmos kasalligidir. Sizni koʻzini ochib uxlaydigan tanishingizda aniq yuqoridagi muammolardan biri bor.

P.S. Koʻzini ochib uxlaydigan tanishlarga yuboramiz 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
6😁4
Nimaga burundan qon oqadi?

Burundan qon ketishi qon tomir devorlari shikastlanganda paydo bo'ladi. Bunday holda, qon qip-qizil rangga ega bo'lib, tomchilab yoki oqim bilan tez oqadi.

Burundan haddan tashqari ko'p qon ketishi hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin, shuning uchun bu masalaga jiddiyroq e'tibor berish kerak.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
🔥9👍31😁1
Nimaga 19 asrda rus Dvaryan oilalari xorijiy enagalarni xunuklarini tanlashgan?

19 asrda rus Dvaryan oilalari enagalarni xorijdan tanlashgan va aynan xunuk va bedavo bo'lganlarinigina ishga olishgan buning asosiy sababi ayollardagi rashkdir. Aynan erlarini rashk qilganliklari uchun xam xorijiy enagalarni faqat xuniklarini ishga olishgan.

P.S. Rashkchilarga yuborib qo'ying 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
😁15👍1
Nimaga Yevropa qishloqlaridagi yo'l belgilar mutaxasislar tomonidan teshib qo'yilgan?

Buning asosiy sababi Yevropaning qishloq joylarida kuchli shamol esib turgan buning oqibatida esa kuchli shamol yo'l belgilarini uchirib ketishi mumkin edi shu kabi noxush xolatlarni olish maqsadida yo'l belgilari ataylab mutaxasislar tomonidan teshib qo'yiladi...

P.S. Rasmgning tiniqligiga ahamiyat bermaymiz😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍132
Nimaga Turkmanlarda akalari ko'p qizlarning qalin puli qimmat?

Buning bir qancha sabablari bor: akasi bor qiz yaxshi himoyalangan ziynat kabidir. Buning asosiy sababi bu emas, asosiy sababi shuki akasi bor qizlar ham onasidan ham yangasidan oila, uy yumush, ro'zg'or uchun tavsiya va tajribalar olib oila qurishga tayyorgarlik ko'rishgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
16👍6❤‍🔥1
2025/07/09 17:19:44
Back to Top
HTML Embed Code: