Telegram Web
Mirzayev's Mind
🎥 Tucker Carlsonning Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo'lgan videointervyusini ko'rishni boshladim. 🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo'ylab qanday ta'sir ko'rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo'lishi aniq. 📅 To'liq…
🔓 Insight 3: Zo'r mahsulot - reklamaga muhtoj emas.

Telegram messenjerini boshqa platformalarda promote qilish uchun pul sarflanmagan (Zero dollar). Bu platforma o'zining xavfsizlik va foydalanuvchiga qulayligi(user friendly) tufayli tez tarqaldi. Telegramning 900 million foydalanuvchiga ega bo'lishi, asosan organik o'sish orqali (Pure organic) amalga oshirilgan. Bu, agar mahsulot o'z-o'zidan sifatli va foydalanuvchilarga aniq qiymat taklif qila olsa, u keng jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi va tarqalishi mumkinligini isbotlaydi.

Telegramning bu yondashuvi, marketing strategiyasida katta o'zgarishlarni talab qiluvchi bugungi biznes olamida juda muhimdir. Bu, boshqa kompaniyalar va yangi startaplar uchun ham ibrat bo'lishi mumkin. Zo'r mahsulot o'zi uchun gapiradi va ulkan marketing byudjetlarisiz ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin.

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Mirzayev's Mind
🎥 Tucker Carlsonning Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo'lgan videointervyusini ko'rishni boshladim. 🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo'ylab qanday ta'sir ko'rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo'lishi aniq. 📅 To'liq…
🔓 Insight 4: Barcha ma'lumotlar nazorat ostida.

Telegram, foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya qilishdagi qat'iyatini ko'rsatib, hech qachon foydalanuvchi ma'lumotlarini hukumatlar yoki boshqa tashkilotlar bilan bo'lishmagan. Jumladan AQSH Kongresi tomonidan ham so'rovlariga ham rad javobini bergan. Bu borada global miqyosda ishonchli xizmat ko'rsatishni davom ettirmoqda.

Xullas, bizning shaxsiy ma'lumotlar hukumatdagilarda mavjud, ular xohlasa bizni kuzatisha olishadi. Telegram ma'lumotlarimizni himoya qilishda qat'iy va ishonchli deb umid qilamiz🙂

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Mirzayev's Mind
🎥 Tucker Carlsonning Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo'lgan videointervyusini ko'rishni boshladim. 🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo'ylab qanday ta'sir ko'rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo'lishi aniq. 📅 To'liq…
🔓 Insight 5: Missiya uchun investitsiyalardan voz kechish

Pavel Durov, Telegramni asosan o'z mablag'lari orqali moliyalashtirgan, bu esa unga messenjer ustidan to'liq nazoratni saqlab qolish imkonini beradi. Durov tashqi investitsiyalarni qabul qilmaganligi, asosan, Telegramning suverenitetini va mustaqilligini saqlashga qaratilgan. Bu yondashuv, foydalanuvchilarga yuqori darajadagi xavfsizlik va maxfiylikni ta'minlaydi, platformani tashqi ta'sirlardan himoya qilishga yordam beradi.

Xulosa: Durovning investitsiyalardan voz kechish qarori uning platformasini tashqi ta'sirlardan himoya qilish va uning missiyalariga sodiq qolish imkonini beradi. Bu qaror, g'oya egalari va innovatorlar tomonidan chuqur tushuniladi va qadrlanadi, chunki u Telegramni boshqa tech-gigantlardan ajratib turadigan asosiy xususiyatlardan biridir.

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Mirzayev's Mind
🎥 Tucker Carlsonning Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo'lgan videointervyusini ko'rishni boshladim. 🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo'ylab qanday ta'sir ko'rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo'lishi aniq. 📅 To'liq…
🔓 Insight 6: Telegramda HR Department mavjud emas.

Telegram, an'anaviy HR (Human Resources) departamentisiz o'z faoliyatini yuritadi. Ayniqsa, Telegram o'z injinerlar jamoasini noyob tarzda shakllantiradi: injinerlarni asosan maxsus contestlar orqali jalb qiladi. Bu tanlovlar orqali, faqat eng yaxshi dasturchilarni tanlab, ularning sifatiga katta e'tibor beriladi.

Platformada faqatgina yuqori samarador 30 nafar injiner faoliyat yuritadi. Bu soni juda kam bo'lishiga qaramay, ular juda yuqori darajada samarali ishlaydilar.

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🧠 Yodlashmi yoki Fikrlash: Ta’limdagi muvozanat.

Bolaligimda, men ham ko’plab boshqalar singari, yodlash jarayoniga katta e’tibor berilgan ta’lim muhitida o’sdim. O’qituvchilar va ota-onalar doimo sh’erlarni, g’azallarni, karra jadvalini yoki shahar nomlarini yod olishimizni talab qilishardi. Haqiqatan ham, yodlash xotirani mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi va bu haqiqatni inkor etib bo’lmaydi. Lekin, zamonaviy dunyoda muhim bo’lgan narsa bu tahliliy fikrlash qobiliyati va muammolarni hal qilishdir.

Nega tahliliy fikrlash muhim?

Bugungi tez o’zgaruvchan jamiyatda, yechimlarni topish va yangilik yaratish uchun faqat faktlarni yodlash kifoya qilmaydi. Tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish, va mantiqiy xulosalar chiqarish ko’nikmalari bolalarni kelajakda ularni kutilmagan vaziyatlarga tayyorlaydi. Shu sababli, biz o’qituvchilar va ota-onalar sifatida, bolalarimizga na faqat ma’lumotlarni yod olishni, balki ularni qanday qo’llashni ham o’rgatishimiz kerak.

Amaliy mashqlar orqali o’rganish.

Birgalikda multfilm yoki kino ko’rganingizdan keyin, farzandingizdan olingan kamida uchta xulosani aytib berishini so’rang. Bu kabi faoliyatlar nafaqat tahliliy fikrlashni, balki mustaqil fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shunday qilib, bolalar har bir vaziyatda to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganishadi. Bu jarayonni kamida uch oy davom ettirib, bolalaringizning qanday o’zgarishlar ro’y berayotganini kuzatib boring. Natija sizni hayratda qoldiradi.

Xulosa.

Ta’limni faqat yodlash asosida qurish o’tmishda qolib ketgan yondashuvdir. Zamonaviy ta’lim tizimida bolalarni mustaqil fikrlash va tahlil qilishga undash orqali, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor qo’yadi. Shunday qilib, biz ularni har qanday hayotiy vaziyatda yuqori samarali bo’lishga tayyorlaymiz.

Kanalim kuzatuvchilaridan ota-onalarga savolim haftasida necha soat farzandlaringiz bilan vaqt o'tkazasiz? Ular bilan qanday mashg'ulot o'taysiz?

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Forwarded from PDP maktabining sahifasi
🎉 Overall 7.5 band score!

🇬🇧 PDP School'ning 10-B sinf o'quvchisi Iskandarov Javohir IELTS imtihonidan yuqori natija koʻrsatdi. Uning ushbu muvaffaqiyatini samimiy qutlaymiz va kelajak ta'lim yo'lidagi yangi yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz.

😊 Ishonamizki, boshqa o'quvchilarimiz ham tez orada shunday a'lo natijalarni qo'lga kiritishadi. PDP School jamoasi sifatida biz har bir o'quvchimizning eng yaxshi natijalarga erishishga bo'lgan harakatlarini qo'llab-quvvatlaymiz!

📞 | +998787777474

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Assalomu alaykum, aziz do'stlar!

Yaqinda bizning hurmatli professorimiz Dariush Alimohammadining universitetimiz nomidan Doktorantura ta'limi va uning kelajagi to'g'risidagi kitobi Hindistonda ingliz tilida nashrdan chiqdi. Bu ilmiy hamjamiyatimiz uchun nihoyatda muhim bir yutuqdir.

PDP University'ning maqsadlaridan biri mamlakatimiz ilm-fan rivojiga hissa qo'shish va bu kitob bizning maqsadlarimiz sari harakatlarimizning yorqin misolidir.

Professor Dariush Alimohammadiga, kelajakdagi ilmiy izlanishlarida va yoshlarimizga ta'lim berishda hech qachon charchamasliklarini va har doim talabalarimizga ilhom manbai bo'lib yurishini tilaymiz, hamda PDP University jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
Bu yerda gap kichik odatlarning kuchi haqida ketayapti, lekin menga kitob o'qish misoli juda yoqdi. Tasavvur qiling, har kuni atigi 20 sahifa o'qisangiz (bu o'rtacha bir soat vaqtingizni oladi) va bir yil davomida jami 30 ta kitobni tugatasiz. Juda katta muvaffaqiyat.

Bu tafakkuringizni o'tkirlashtirib, bilimlaringizni chuqurlashtirib, 30 xil dunyoqarashni kashf etish imkoniyati degani. Menimcha bu oddiy bir harakat bilan erishiladigan ajoyib natija.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪁 PDP Ecosystem xodimlari uchun Teambuilding!

1️⃣ Kecha PDP Ecosystem xodimlari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati togʻli hududlariga sayohat uyushtirdik. U yerda biz nafaqat dam olish, balki bir-birimiz bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniyatiga ham ega bo'ldik.

Tog'dagi Teambuilding davomida arqon tortish, mafia, voleybol kabi o’yinlar bizga jamoa sifatida ishlash ko'nikmalarimizni mustahkamlashga yordam berdi va albatta, ko'plab qiziqarli va xursandchilik damlarini yaratdi.

Eng ajoyib lahzalardan biri esa, albatta, o'zbek xalqining sevimli taomi - mazali osh bo'ldi.

🙂 Biz shunday ajoyib jamoaga ega ekanligimizdan faxrlanamiz va kelajakda ham shunday Teambuilding’larimizni albatta davom ettiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Bugun O'zbeksiton universitetlararo futbol musobaqasiga start berildi.

Uning birinchi bosqichida bizning ajoyib talabalarimiz g'oliblikni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga o'tishdi. Har bir o'yinchimiz o'zining a'lo mahoratini va terma jamoamiz esa hamjihatligini ko'rsatishdi.

🏆 Biz ular bilan faxrlanamiz va ularni keyingi bosqich kutmoqda. Yulduzlarimizga g'olibligingiz bardavom bo'lsin deymiz va keyingi o'yinlarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan Futbol musobaqasida PDP University talabalari ham ishtirok etishdi.

1️⃣ Murosasiz o'tgan o'yinda bizning talabalarimiz gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Yuqorida qizg'in o'tgan o'yindan lavha tomosha qilishingiz mumkin.

🏆 Futbol musobaqasida ishtirok etgan talabalarimizga kelgusi o'yinlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

👍 Aytganday, PDP University’da talaba boʻlish vaqti keldi!

😎 @pdpuniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Bizning bahorgi eng katta tadbirimizdan biri – "PDP Spring TechFest" muvaffaqiyatli start oldi!

Bugun PDP University’da "Business in IT: Product and Project Management" mavzusida ajoyib tadbir bo'lib o'tdi.

🎙 TechFest davomida o’z sohasining TOP mutaxasislari spiker sifatida o'zlarining bilim va tajribalarini bo'lishdilar. Ularning qiymatli maslahatlari bizning 400 dan ortiq talabalarimiz va tadbir mehmonlari uchun juda manfaatli bo'ldi.

Ushbu tadbirni yaqin kunlarda siz ham to’liq video shaklida ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

P/s: Navbatdagi tadbirimiz keyingi hafta bo’lib o’tadi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ "PDP Spring TechFest" loyihasi juda qizg’in davom etmoqda.

🔥
Bugun PDP University’da "Business in IT: Product and Project Management" mavzusida ajoyib tadbir bo’lib o’tdi.

🚀 Bu loyihamizning ikkinchi haftaligida "Software Engineering" mavzusida tadbir bo’lib o’tadi. Xo’sh, siz bu tadbirda qaysi mutaxassisni ko’rishni xohlaysiz?

🌟 Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring! Sizning fikringiz biz uchun muhim!
🇺🇿 Men mashaqqatlarni yaxshi ko'raman, chunki rivojlanish va taraqqiyot "imkonsiz"larni amalga oshirishdan keyin keladi.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 I love set challenges because I believe development and evolution come from demanding the “impossible“.

Mohammed bin Rashid Al Matoum.

Blog: @OdilbekMirzayev
2024/06/28 10:26:40
Back to Top
HTML Embed Code: