Telegram Web
Software Engineering mavzusida bo’lib o’tgan navbatdagi PDP Spring TechFestdan fotolavhalar📸

Bugungi tadbirimizda Akmal Paiziev va Mukhammadkarim Tukhtaboev’lar o’zlaring qimmatli tajribalarini bo’lishishdi.

🎯 PDP Ecosystem talabalari va mehmonlari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.

Tez kunda tadbirimizning to’liq sonini YouTube kanalimizda ko’rishingiz mumkin.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OGOH BO’LING❗️

Hurmatli kuzatuvchilar kimdir mening nomimdan soxta profil ochib, odamlardan kartaga pul o’tkazishlarini so’rayotgan ekan.

Iltimos bunday xabarlarga aldangmang. Men hechkimga bunday xabar yubormayman.

Agar sizga ham kimdir shu mazmunda yozadigan bo’lsa, darhol @Odilbek_Mirzayev_aloqabot ga murojaat qilishingizni so’rayman.

Bunday noma’qul ishlarni qilayotgan insonga ham insof berishini tilab qolaman.

Hurmat bilan Odilbek Mirzayev

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI'ning texnik direktori Mira Muratti ChatGPT'ning yangi 4o versiyasini taqdim qildi. Bu yangi model rasm, audio va video ma'lumotlarni oldingilaridan ko'ra yaxshiroq va tezroq aniqlay oladi.

Masalan, siz tushunmaydigan tilda yozilgan taomnomani rasmga olib, uni tarjima qilidirishingiz va undagi taomlar haqidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Yoki, televizorda bo'layotgan sport o'yinini ko'rsatib, ushbu o'yin qoidalari haqida so'rashingiz mumkin.

Videoda ChatGPT-4o tarjimon vazifasini a'lo darajada bajarayotganligini ko'rishingiz mumkin. Nazarimda, sun'iy idrok yo'q qiladigan eng birinchi kasb, tarjimonlik kasbiga o'xshayapti.

PS: ChatGPT-4o hozirda bepul taqdim qilinmoqda.

https://youtu.be/jay7kise3PI?si=clLFOFGF3Uu40YqN
Forwarded from Rahim Azim
#inson / #siyosat /

Insonlar fikrlash uslubiga ko'ra 2 xil bo'ladi.
Siyosatchi va Tadbirkor

Siyosatchi — O'zi ta'sir o'tkazolmaydigan masalalarni o'ylaydi va ko'taradi.

Tadbirkor — O'zi erisha oladigan natijalar haqida o'ylaydi va amalga oshiradi.

Xo'sh, siz siyosatchimi yoki tadbirkor?
(Mr.Ustoz)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otasi ChatGPT-4o - sunʼiy idrokning videoni tahlil qila oladigan yangi modelidan o'g'liga geometrik masalani yechishda yordam berishni soʻradi.

Lekin, yechimni to'g'ridan-to'g'ri bermasdan, yechimga yo'naltiruvchi savollar orqali yordam qilishni soʻradi.

Sunʼiy idrok buni real oʻqituvchidan qolishmaydigan, a'lo darajada uddaladi.

Taʼlim sohasida ham katta o'zgarishlar kutilmoqda.
Ruhiyat — yangi loyihalar uchun muhim omil.

Biror loyihaga kirishish uchun nafaqat jismoniy, moddiy, tajriba va ilm tomondan tayyor bo’lishingiz, balki ruhiy tomondan ham yetuk bo’lishingiz lozim. Ruhiy holatimizning barqarorligi va yuqori darajada bo’lishi bizni har qanday to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tkazadi va maqsadlarimizga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

In shaa Alloh, barcha tomondan yangi loyihaga tayyormiz. Yaqin davr ichida PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi yirik loyihamiz start oladi.

Blog: @OdilbekMirzayev
"Малый бизнес. Большая игра." (Aleksander Vysotsky) kitobi kirish qismining asosiy nuqtalari.

Kitobning kirish qismida muallif o'zining biznesdagi tajribalarini baham ko'rgan va kichik bizneslarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun muhim bo'lgan quyidagi asosiy tushunchalarni bergan:

1. Zo'r ideya emas, balki samarali boshqaruv tizimi muhim: Ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalar, masalan, McDonald's va Starbucks, o'zlarining exclusive mahsulotlari bilan emas, balki samarali boshqaruv tizimlari bilan muvaffaqiyatga erishganlar.

2. Birinchi biznes tajribasi va xulosalari: Muallif o'zining birinchi biznes tajribasi haqida hikoya qiladi va bu tajribadan ikki muhim xulosaga kelganini aytadi: Hokimiyat bitta qo'lda bo'lishi kerak va co-founderlar (sheriklar) kerak emas. U birinchi xulosa to'g'ri ekanini, ammo ikkinchisi noto'g'ri bo'lganini ta'kidlaydi. Muammo sheriklarning sonida emas, balki ularning boshqaruv uslubida bo'lgan.

3. Malakasizlik va muammolarni tushunish: Muallifning fikriga ko'ra, Agar odam malakasiz bo'lsa, u muammoning asl sababini tushunmaydi. Shuning uchun u o'z e'tiborini o'zi o'ylab topgan sabablarga qaratadi, bu esa, albatta, muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Bu - muammolarning yechimida o'zingizga qulay sabablarni izlashdan ko'ra, haqiqiy sabablarni aniqlash muhimligini anglatadi.

Bo'limning oxirida kitobdan biz kompaniya boshqaruvining asosida nima yotganini anglash uchun o'z savollarimizga javob topishimizni va – eng muhimi – buni hatto kichik kompaniyada qanday qo‘llashni bilib olishimiz mumkinligini aytgan.

CEO of PDP EcoSystem, Jiemurat Mambetkarimov
Forwarded from PDP maktabining sahifasi
“Hacknovation-2024” hakatoni

💻 Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston IT-hamjamiyati tomonidan tashkil qilingan “Hacknovation-2024” tadbirida PDP School'ning o'quvchi qizlari bugungi texnologik landshaftdagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalari bilan qatnashishdi.

😊 O'quvchilarimizga bundan keyingi o'quv jarayonlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz, va kelajakda bundanda a'lo natijalar ko'rsatishlariga ishonamiz!

PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!
Forwarded from PDP maktabining sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 26-may sanasida, PDP School'da navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o‘tdi!

👨‍👩‍👧‍👧 Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda maktab bilan yaqindan tanishishdi, yaratilgan shart-sharoitlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.
Shuningdek, maktab oshxonasida tayyorlanadigan taomlarni shaxsan oʻzlari tatib koʻrishdi.

🎥Tadbirning energiyaga boy atmosferasini yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin!

Murojaat uchun: 
📞 | +998787777474

PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PDP Ecosystemda Spring TechFest tadbirining so’nggi haftasi bo’lib o’tdi.

🚀 Bugungi tadbirimizda hozirgi kunda IT mutaxassislar orasida eng dolzarb bo’lgan Karyerani boshlash va kasbiy rivojlanish haqida spikerlarimiz o’zlarini bilimlari bilan bo’lishib o’tishdi.

📺Tadbirimizni to’liq holdagisini Youtube kanalimizda tez orada ko’rishingiz mumkin!


1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/30 19:04:36
Back to Top
HTML Embed Code: