Telegram Web
1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi uchun TOP menejerlar o‘rtasida yig‘ilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida har bir loyihaning o'tgan oyda amalga oshirgan natijalari batafsil ko'rib chiqildi va yangi oy uchun topshiriqlar belgilandi.

Ushbu yig‘ilishning asosiy maqsadi PDP EcoSystem oldiga qo‘yilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli bajarilishini nazorat qilish va yangi maqsadlarni belgilash edi. Har bir loyiha jamoasi o‘zining bajargan ishlari taqdimotini namoyish etdi, muvaffaqiyat va qiyinchiliklar tahlil qilindi.

Tadbir davomida biz o‘z oldimizga yangi va yuqori maqsadlarni qo‘ydik. Bularning barchasi PDP Ecosystem jamoasining fidokorona mehnati va yuksak intilishlari natijasida amalga oshadi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi yig‘ilishi so’nggida asoschimiz Odilbek Mirzayev jamoamizni ruhlantirdilar.

Kompaniya rivoji uchun professionallik va jamoaviy harakatning muhimligini, har birimizning qaror va harakatlarimiz yoshlarning kelajagini yaxshi tomonga o'zgartirishini har bir qatnashchilarga eslatdilar.

Shuningdek Odilbek Mirzayev, o’zgarishlarimizni avvalo o'zimizdan boshlashimiz kerakligini aytib, kelajakda global korporatsiyaga aylanish maqsadimizga ishonch bildirdilar va barchamizni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta'kidladilar.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kozimxon Turaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda ham dunyo tan olgan gigant kompaniyalar bor.

SAG gilamlari kompaniyasi ana shulardan biridir, chunki u gilam sohasida dunyoda 3-o'rinni egallagan.

▪️ Biznesni tizimlashtirish va HR bo'yicha ekspert Kozimxon To'rayev SAG kompaniyasiga maxsus biznes tashrif uyishtiribdilar.

▪️ Tashrif davomida multimillion dollarlik o'zbek kompaniyasining muvaffaqiyat sirlari batafsil yoritilgan.

Quyidagi havola orqali o'tib, videoning to'liq formatini ko'rishingiz mumkin.

(Aytgancha, YouTube da eng yaxshi yozilgan izoh egasiga maxsus sovg'alari ham bor)

https://youtu.be/OC6Se_68Vi4?si=RMfRO0blYIJUuvvd
⚡️PDP Universityda xalqaro hamkorlik muzokaralari!

💼 PDP University xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri Pearsonning O’zbekistondagi vakili Abdurashid Yakubov va Buyuk Britaniyaning nufuzli Portsmouth Universiteti vakili David Warddan iborat delegatsiyani mamnuniyat bilan kutib oldi.

🔥 Bizning munozaralarimiz qiziqarli hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi! Biz talabalar almashinuvi dasturlari, Pearson BTEC xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim dasturlarini Portsmouth Universiteti o‘quv dasturi bilan integratsiyalash va boshqa masalalarda hamkorlik qilish borasida muzokaralar o’tkazdik.

📌 PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!
🥇 Championlik sari ilk qadam ...

Bu shunchaki emotsiyalar emas, balki mag'lubiyatni qabul qila olmaslik va g'alaba ishtiyoqi. Ushbu xarakterni shakllantirayotgan ustozi Ibrohim Xudayberganovdan minnatdorman.

Alhamdulillah ...


Blog: @OdilbekMirzayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/28 09:58:34
Back to Top
HTML Embed Code: