tgoop.com/Paradisocinemaa/12
Last Update:
Kanal nomi haqida ikki og’iz.
“Paradizo kinoteatri” filmi Juzeppe Tornatore tomonidan 1988-yilda suratga olingan va italiyalik rejissyorga dunyo bo’ylab ulkan mashhurlik keltirgan. Xuddi o’sha yilning o’zida “Oscar” ni ham qo’lga kiritgan. Qisqa qilib aytganda, Paradizo — kino haqida olingan eng yaxshi kino. (Aslida film Italiya kinosing eng gullagan paytlarini hikoya qiladi). Filmni ilk bor ko’rganimda ehtirosga berilib yozgan postimni pasda qoldiraman.
“Paradizo kinoteatri”.
Juzeppe Tornatore. 1988-yil.
Men bugun film ko’rmadim, go’yo unda yashadim. Film oxirlab qolgan payt, uning tugashini sezish azob berdi. Shu paytgacha ko’rilgan filmlar go’yo havoga uchdi ketti. Hozir men uchun birgina film bor faqat.
Rivojlanish inson hayotini yengillatadi, va shu bilan birga badaliga undan xotiralarini o’g’irlaydi. Sen 7 yoshligingdagi yashagan hayot hozirgi 7 yoshli bola uchun begona.
Film voqealari urushdan keyingi Italiyada sodir bo’ladi. Qishloq aholisi uchun hayot bu faqat kino. Sevgi ham, baxtli hayot ham, hammasi faqat kinoda.
“Malena” singari bu filmda ham voqelar yosh bolakay orqali ko’rsatiladi. Ennio Morricone o’lganda uni tanimas edim. Lekin endi bundan afsuslanyabman. Musiqalar yuragingiz tubidagi uxlab qolgan his-tuyg’ularni chertadi.
Film oxirida ko’zingizga yosh keladi. Bilmadim balki bu filmga baho berish uchun asos bo’lolmas.
Lekin “Paradizo” men uchun barcha davrlarning eng yaxshi filmiga aylangandek go’yo. (2021-yil).
BY Cinema Paradiso
Share with your friend now:
tgoop.com/Paradisocinemaa/12