tgoop.com/Pharmacology_uz/2543
Last Update:
#Suvitol osma
#Сувитол осма
✅DORI SHAKLI :
Infuziya uchun eritma ( osma ) . Vena ichiga tomchilab yuborish uchun .
👀TARKIBI : 🤓
Sorbitol , natriy laktat , natriy xlorid , kalsiy xlorid , kaliy xlorid va magniy xlorid.
♻️TA'SIRIGA KO'RA
🥳Qon o'rnini bosuvchi vosita.
✅QO'LLANILISHI
-- Infeksion kasalliklarda bo'ladigan zaharlanishlarda va surunkali gepatitda qo'llash mumkin.
-- Kapillar qon tomirlarda va boshqa qon tomirlarda qon aylanishini normallashtiradi.
-- Kuyish kasalligida qo'llash mumkin.
-- O'tkir qon ketish holatlarida va qon ketgandan keyingi shok xolatida qo'llash mumkin.
-- Operatsiya vaqtida va travmadan keyingi qon ketishda qo'llash mumkin.
-- Sepsis kasalligida qo'llash mumkin.
-- Qon tomirlardagi tromb holatlarida qo'llash mumkin.
🫡QO'LLASH USULI ✅
Venadan tomchilab juda sekin yuborish kerak. Minutiga 30 tomchi yuborish buyurilgan.
🚫NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
-- Teri toshmalari va teri qichishishi.
-- Alkaloz holati kuzatilishi mumkin.
❌QO'LLASH MUMKINMAS 🛑
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Alkaloz holatida ( organizmda Ph muhiti ishqoriy tomonga siljishi ).
-- Qon bosimi ( davleniyasi ) baland yuradigan bemorlarda mumkin emas.
-- Yurak va qon tomir faoliyati og'ir holatlarda mumkin emas.
-- Oshqozon ichak yara kasalligida va yo'g'on ichakdan qon ketish xolatida mumkin emas.
-- Jigar faoliyatining ogir buzilgan holatida mumkin emas.
Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashing ( o'zizcha qo'llamang ).
💉Qo'llash -- retsept bilan albatta.
💉Ishlab chiqaruvchi -- Hindiston
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2543