tgoop.com/Pharmacology_uz/2560
Last Update:
Serebrolizin ampulasi
#Серебролизин ампуласи
💊DORI SHAKLI : ✅
Ineksiya uchun eritma ( ampula ).
Preparat -- 1 ml , 2 ml , 5 ml , 10 ml va 20 ml ampulalarda chiqariladi.
👀TARKIBI : 🤓
Serebrolizin konsentrati , natriy gidroksid va ineksiya uchun suv.♻️
💊TA'SIRIGA KO'RA ♻️
Nootrop vosita.
💊QO'LLANILISHI ✅
-- Bosh miyaning neyrotrofik va boshqa faolliklarini ta'minlaydi.
-- Bosh miyaning energetik metabolizmi samaradorligini oshiradi.
-- Rivojlanayotgan va qariyotgan bosh miyadagi hujayralarning ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.
-- Bosh miya asab xujayralarini ( neyronlarni ) shikastlanishdan saqlaydi.
-- Kislorod va qon yetishmay qolgan holatlarda , ya'ni gipoksik va ishemik sharoitlarda asab tolalarini yashab qolish darajasini oshiradi va nobud bo'lishini oldini oladi.
-- Bosh miyaga bo'ladigan neyrotoksik xolatlarda bosh miyani himoya qiladi.
-- Xotirani kuchaytiradi va eslab qolish jarayoniga yaxshi ta'sir qiladi.
-- Altsgeymer kasalligida qo'llaniladi .
-- Demensiya kasalligida , ya'ni xotira pasayishida yaxshi samaraga ega.
-- Surunkali bosh miyada qon aylanishi buzilganda.
-- Ishemik insultda va bosh va orqa miyaning travmatik shikastlanishlarida qo'llaniladi.
-- Bolalarda esa aqliy rivojlanishning kechikishida qo'llaniladi.
-- Bolalardagi diqqatning pasayib ketishi bilan bogliq bo'lgan parishonxotirlikda.
-- Depressiyaga qarshi yaxshi ta'sirga ega.
Serebrolizin -- 10 ml ampula korinishida ham chiqadi.
💊QO'LLASH USULI ✅
💉Mushak orasiga 5 ml gacha yuborish mumkin.
👀To'gridan togri vena ichiga yuborish mumkin ( sekin jo'natish kerak ) va osma ichiga qo'shib tomchilab jo'natish ham mumkin.
💉Osma ichiga qo'shib jo'natganda sekin tomchilab jo'nating ( esda saqlang ). Chunki ineksiyani tez yuborganda insonda qizish xissi , terlash , bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
💉Serebrolizin ampulasini natriy xlor ( 0,9 % ) , glukoza ( 5% ) va ringer osmalari ichiga qo'shib vena ichiga tomchilab jo'natish mumkin.
🔴NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
-- Terlash , qizib ketish , bosh aylanishi va yurak tez urib ketishi ( bu holatlar venaga to'gridan togri yoki osma ichiga qo'shib tez yuborilganda sodir boladi. Shu sabab juda sekin yuboring .)
-- Tutqanoq va tirishish xolatlari kuzatilishi mumkin.
-- Ineksiya joyida qichishish va achishish bo'lishi mumkin.
-- Bosh aylanishi , bosh og'rigi , ko'ngil aynish va depressiya xolatlari kuzatilishi mumkin.
❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 🛑
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Preparatni shaxsiy o'zlashtira olmaslik holatlarida.
-- Epilepsiya ( tutqanoq va tirishish ) kasalligi bor bemorlarda mumkin emas.
▶Homiladorlik davrida faqatgina shifokor mutaxassis bilan maslahatlashib qo'llash mumkin.
▶Qo'llash dozasini aytib o'tmadim . Chunki preparat yoshga, kasallik holatiga va davriga qarab shifokor tomonidan buyurilishi kerak . Shifokor bilan maslahat qilmasdan qo'llamang (esda saqlang).
🔠Serebrolizin -- 20 ml ampula ko'rinishida ham chiqadi.
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2560