tgoop.com/Pharmacology_uz/2562
Last Update:
#5 - Nok tabletka
#5 - Нок таблетка
Tasir etuvchi modda :✅
nitroksolin -- 50 mg.
♻️Dori shakli: tabletka
Tizimli qo'llash uchun antibakterial vosita.
QO'LLANILISHI : 👀
-- Asosan siydik chiqarish yo'llarining infeksion yallig'lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit)
-- Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida.
-- Buyrak va siydik chiqarish yo'llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda.
-- Sistitda samarali vosita
-- Peshob ajratganda siydik yo'llarining og'riqli va achishish holatlarida qabul qilinadi.
✅QO'LLASH DOZASI ❕
-- Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 - 2 soat o'tgach qabul qilgan afzal.
-- Kattalar : o'rtacha sutkalik doza 200 mg ( sutkada 1 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo'lganda sutkada 2 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin.
🔰 Yosh bolalarga : 🚸
5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 2 - 3 marta
⭕️NOJO'YA TA'SIRI ❌
-- ko"ngil aynish , qusish , diareya
-- Jigar faoliyatining buzilishi
-- Teri toshmalari
-- Bosh ogrigi, bosh aylanishi
-- Allergik reaksiyalar
-- Taxikardiya ( yurak urish soni ko'payishi ) .
❇️QO'LLASH MUMKINMAS HOLATLAR
-- Preparatga o'ta yuqori sezuvchanlikda
-- Katarakta
-- Buyrak yetishmovchiligida
-- Jigar yetishmovchiligida
-- Xomiladorlik va emizish davrida
-- Malabsorbsiyada
⚜⚜⚜⚜
💥 5 - nok preparatini qabul qilgandan keyin peshob qizil rangda ajraladi. Bu zararsiz holat. Xavotir olmang.
💥Xalq orasida bu preparatni yana ,, Pyatnok " ham deydi. ( ruscha tarjimada ).
Peshob ajratganda siydik yo'llarining achishishi va og'riqli holatlari da , ya'ni sistitda juda juda zo'r ta'sirga ega.
-------------------------------------------------
⁉️5 - NOK ANALOGI QAYSI ? 👇
Nitroksolin tabletkasi analog hisoblanadi.
Qo'llash -- retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi --Sloveniya
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2562