tgoop.com/Pharmacology_uz/2563
Last Update:
#Liv 52 tomchisi
#Лив 52 томчиси
DORI SHAKLI :🧐
tomchi ( suyuqlik )
✅TARKIBI : ✅
Tabiiy mahsulotlar hisoblanadi.
♻️TA'SIRIGA KO'RA ✅
Jigar faoliyatini normallashtiruvchi , o't safro haydovchi ta'sirga ega. Gepatoprotektiv ta'sirga ega.
Antioksidant , antitoksik , yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
✅QO'LLANILISHI ♻️
-- O'tkir va surunkali gepatitda qabul qilish mumkin.
-- Gepatitning infeksion va toksik shakllarida qo'llaniladi.
-- Kattalarda jigar sirrozi kasalligida qabul qilinadi.
-- Anoreksiyda kasalligida ( anoreksiya bu ishtahaning pasayib ketishi va ozib ketish ).
-- Jigarning antibiotiklar , tuberkulyozga qarshi preparatlar va boshqa dori vositalari orqali zaharlanish holatlarida profilaktika sifatida qabul qilish mumkin.
-- Jigarda oqsil sintezi faoliyatini normallashtiradi.
-- Jigar hujayralarini tiklanishini ta'minlaydi.
-- Jigarning alkogol vositalaridan zaharlanish holatlarida qo'llaniladi.
-- O't safro haydovchi ta'sirga ham ega ( желчегонный) .
-- Jigarni viruslar va toksinlar natijasida zaharlanish holatlarida va jigar parenximasini yallig'lanishida qo'llaniladi.
👀QO'LLASH USULI VA DOZALASH MIQDORI ✅
Kattalarga kuniga 1 - 2 choy qoshiq ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.
2 yoshdan katta bolalarga esa kuniga 10 tomchidan 2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.
❌❌❌
2 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas ❌
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2563