tgoop.com/Pharmacology_uz/2641
Last Update:
Женавит капсула
🔱DORI SHAKLI : kapsula
🔱TARKIBI : 👀
Tabiiy mikronlashtirilgan progesteron -- 100 mg.
🔅TA'SIRIGA KO'RA ❕
Progestagen vosita.
💊QACHON QO'LLANILADI ❔
-- Bachadon va bachadon naylarining mushaklarini qo'zgaluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi ( oksitotsinga teskari ta'sirga ega ).
-- Bachadonning ichki birinchi qavatini , ya'ni endomatriy qavatini normal shakllantirishga yordam beradi.
-- Sut bezlariga ijobiy , yaxshi ta'sir qiladi.
-- Ayollarda progesteron tanqisligi holatlarida qabul qilinadi.
-- Xayzdan oldingi holatlarda qo'llaniladi.
-- Ovulyatsiyani buzilishi va umuman ovulyatsiya yuz bermaydigan holatlar oqibatida yuzaga kelgan xayz siklining buzilishida qabul qilinadi.
-- Xavf soluvchi abort yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatdagi abortni oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
-- Lyutein yetishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda qo'llaniladi.
-- Fibroz kistoz mastopatiyada
-- Menopauzal o'tish davrida qo'llaniladi va menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda gormonal davolash maqsadida esterogen saqlovchi preparatlar bilan birga qo'llaniladi.
-- Muddatidan oldin tug'ruqni oldini olish maqsadida qabul qilish mumkin ( chunki jenavit bachadon qisqarishini kamaytiradi va oksititsinga teskari ta'sirga ega).
-- Ayollarda muddatidan oldingi menopauzada qo'llaniladi.
✅✅✅QO'LLASH USULI VA QO'LLASH DOZASI ♻️
Preparat uyqudan oldin suv bilan ichga qabul qilinadi. Kechasi uxlashdan oldin 1 kapsula ichib uxlash kerak.
Yana bir ma'lumotni aytib o'taman. Jenavitni kasallik turi va holatiga qarab sutkalik doza kuniga 2 - 3 kapsula ham qabul qilish mumkin. Qabul qilishdan oldin shifokor ginekolog bilan maslahatlashib qabul qiling.
🔴NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
-- Xayz siklini buzilishi , qon ketishlar.
-- Bosh og'rigi va uyqusizlik kuzatiladi.
-- Qorinni dam bo'lishi kuzatiladi.
-- Eshakyemi va teri qichishish kuzatiladi ko'pincha.
-- Sut bezlarida taranglik , qindan ajralmalar kelishi va bo'g'imlarda og'riq kuzatilishi mumkin.
-- Tunda ko'p terlash va isitma holati kuzatiladi.
-- Qon bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR ❌❌❌
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Venalarda tromblar bo'lsa , tromboemboliyada, o'pka arteriyasida tromboemboliya bo'lganda mumkin emas.
-- Qon quyuqlashgan paytda va qoni quyuq insonlarda mumkinmas.
-- Miokard infarkti va insultda mumkin emas.
-- Sababi nomalum bo'lgan qindan qon ketishda mumkin emas.
-- Sut bezi va jinsiy a'zolar o'smalarida mumkin emas.
-- Jigar og'ir kasalliklarida, gepatitda va jigar o'smalarida mumkin emas.
-- 18 yoshdan kichik yoshdagilarga mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
♻️♻️♻️♻️
💥Jenavitni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo'llash mumkin emas ( esda saqlang ).
Homiladorlikning 2 chi va 3 chi oyliklarida ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qo'llash mumkin.
💥Jenavit qon bosimini oshiradi. Davleniyasi baland yuradigan kishilar qabul qilishi mumkin emas. Qon bosimi oshgan vaqtda ham mumkin emas.
💥Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
💥Og'ir yurak, jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
💥Bronxial astma , epilepsiya va migren kabi kasalligi bor kishilar shu kasallikning og'ir davrida bo'lsa jenavitni qabul qilish mumkin emas. Yengilroq davrida bo'lsa ehtiyot bo'lib shifokordan so'rab foydalansa bo'ladi.
💥Jenavit qondagi qand miqdorini oshiradi. Shu sabab qandli diabeti bor bemorlar , qondagi qand miqdori normadan oshib ketgan bo'lsa qabul qilish mumkin emas.Agar qondagi qand miqdori past bo'lsa yoki normada bo'lsa ehtiyot bolib qo'llasa bo'ladi.
💥Jenavitni qabul qilishdan oldin shifokoringizdan xayz siklining qaysi kunidan boshlab qabul qilishni ham so'rang ( Anniq so'rang ahamiyati katta buni ).
💉Qo'llash -- retsept bilan albatta .
💉Ishlab chiqaruvchi -- Xitoy
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2641