tgoop.com/Pharmacology_uz/2645
Last Update:
Natriy xlor osmasi
#Натрий хлор осмаси
⚜DORI SHAKLI : 🔱
0,9 % li infuziya uchun eritma ( osma ).
👀👀👀TARKIBI : 🧐
Natriy xlorid va suv . 1 litr infuziya -- 9 gr natriy xlorid saqlaydi.
✅TA'SIR QILISHIGA KO'RA 🔅
Tuzli eritma.
TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ❔
Izotonik eritma bo'lib , organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to'ldiradi. Natriy xloridi o'zi organizmga ovqat bilan kiradi. Odatda odam kuniga 10 gr ( 170 mmol) ga yaqin natriy xloridni iste'mol qiladi va uning bu miqdori organizmning elektrolit muvozanatini ta'minlaydi. Bu eritma inson qon plazmasiga izotonik bo'lib , tibbiyotda o'rni beqiyos. Natriy xlor eritmasi qitiqlovchi ta'sir ko'rsatmasligi tufayli parenteral yuborilishi va yara , shilliq qavatlarni yuvish uchun ham qo'llanilishi mumkin. Qon tomirlardan tez chiqib ketadi va qon tomirlardagi suyuqlik miqdorini vaqtinchalik oshiradi.
Bu dezintoksikatsiya qiluvchi va regidratatsion ta'sirga ega. Tananing turli xil patologik holatlarida natriy etishmovchiligini to'ldiradi va tomirlarda aylanib yuradigan suyuqlik hajmini vaqtincha oshiradi.
Eritmaning farmakodinamik xususiyatlari natriy va xlor ionlari mavjudligidan kelib chiqadi. Natriy ionlarini o'z ichiga olgan bir qator ionlar hujayra membranasiga turli xil transport mexanizmlari yordamida kirib boradi, ular orasida natriy-kaliyli nasos (Na-K-ATPaza) katta ahamiyatga ega. Natriy neyronlarda, yurakning elektrofiziologik jarayonlarida, shuningdek buyraklardagi metabolik jarayonlarda signallarni uzatishda muhim rol o'ynaydi.
Natriy asosan buyraklar orqali chiqariladi, ammo ko'p miqdorda natriy qayta so'riladi (buyrak reabsorbsiyasi). Natriyning oz miqdori najas bilan va terlash paytida ajraladi.
-- Qon plazmasi o'rnini bosuvchi suyulik sifatida qo'llaniladi.
-- Ichki va tashqi zaharlanishlarda qo'llaniladi.
-- Organizmning suvsizlanishini tiklash uchun qo'llaniladi.
-- Diareyada va toksik dispepsiyada qo'llaniladi.
-- Ichak tutilishida va xlor kamlik kabi alkalozda qo'llaniladi.
-- Dori vositalarini eritish va suyultirish uchun qo'llaniladi.
-- Organizmda natriy kamligida qo'llaniladi.
Yosh bolalarga sutkalik 100 ml flakondagi miqdori qo'llaniladi. Kattalarga esa katta hajmdagi flakonlari qo'llanilishi mumkin. Kattalarga kuniga 500 ml gacha tomchilab yuborish mumkin. Vaziyatga qarab shifokor yana qo'llashi mumkin.
🛑⛔️⛔️NOJO'YA TA'SIRI 🫢
-- Ko'ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Me'da spazmlari va chanqoqlik kuzatilishi mumkin.
-- Ko'z yosh oqishi , terlash va isitma kuzatilishi mumkin.
-- Taxikardiya va qon bosimini oshiradi.
-- Buyrak funksiyasi buziladi va shish , xansirash kuzatilishi mumkin.
-- Mushaklar taranglik tonusi oshadi.
❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR ❌❗️
-- gipernatriyemiyada , ya'ni natriy ortiqchaligida mumkin emas.
-- Atsidoz da mumkin emas .
-- Giperxloremiya , ya'ni xlorning ortiqchaligida mumkin emas.
-- Gipokaliyemiya da , ya'ni organizmda kaliy kamligida mumkin emas.
-- Hujayradan tashqari gipergidratatsiyada mumkin emas.
-- Miya va o'pkaning shishishi bilan tahdid qiladigan qon aylanishining buzilishida mumkin emas
-- Miya shishi va o'pka shishida mumkin emas.
-- Surunkali buyrak yetishmovchiligida mumkin emas.
10 % li natriy xlor eritmasi ham bor.
✅ADMIN MASLAHATI✅
💥Bu eritmani ko'p qabul qilganda natriy moddasi organizmda ko'payib , kaliy moddasi kamayib ketadi. Shu sabab surunkali yurak kasalliklarida mumkin emas.
💥Juda kam siyadigan va umuman siydik chiqara olmaydigan surunkali buyrak kasalliklari xolatida ham ushbu eritmani qo'llash kerak emas. Sababi organizmda suyuqlikni ushlab qoladi.
💥Qon bosimi baland bo'lganda va taxikardiya bo'lganda qo'llash kerakmas.
💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin.
💥 Inson umuman tuzsiz ovqatni iste'mol qilsa ham kuniga 2 gr natriy xlor organizmdan peshob bilan chiqib ketadi.
💥Eritma 100 , 200 , 250 , 400 va 500 ml flakonlarda chiqadi.
Narxi 👉 miqdoriga qarab .
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2645