tgoop.com/Pharmacology_uz/2651
Last Update:
💊 RIBOKSIN
❇️ Dori shakli: 2% li inyeksiya uchun eritma
💠 Farmakoterapevtik guruhi:
metabolik vosita
♻️ Tarkibi:
• faol modda: inozin – 20 mg
• yordamchi moddalar: geksametilentetramin, natriy gidroksidi, inyeksiya uchun suv.
✅ Qoʻllanilishi:
Oʻtkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infeksion kasalliklarni oʻtkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, sirrozlar, jigar distrofiyasi), undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan aʼzoda qon aylanishi vaqtincha toʻxtatilganida farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
✅ Qo‘llash usuli va dozalari:
Preparat v/i asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2% li eritma) dan yuborish bilan boshlanadi.
Davolash davomiyligi 10-15 kun.
Kasallik kechishiga qarab dozani
shifokor belgilaydi.
🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
– preparatga yuqori sezuvchanlik
– podagrada qoʻllash mumkin emas
– 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda
– homiladorlik va laktasiya davrida
❕Ehtiyotkorlik bilan: buyrak
yetishmovchiligida
🚫 Nojòya ta'sirlari:
– qichishish, terining qizarishi
– kamdan-kam hollarda: siydik kislotasining konsentratsiyasini oshishi kuzatiladi
– uzoq vaqt qoʻllanganida podagrani
zoʻrayishi mumkin.
🚨👉@Pharmacology_uz👈
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2651