tgoop.com/Pharmacology_uz/2654
Last Update:
Диакарб таблетка
💊Dori shakli : tabletka
💊TARKIBI : 👀
Atsetazolamid
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA : 👀
Glaukoma va miotikani davollash uchun vosita. Karboangidraza ingibitori.
🧐TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ? ❔
Asetazolamid kuchsiz diuretik faollikka ega boʻlgan karboangidrazaning kuchli ingibitoridir. Taʼsir mexanizmi karbonat kislotasidagi Na+ va N+ ionlarining ajralib chiqishini to'xtatish bilan bogʻliq. Karboangidraza faolligini atsetazolamid tomonidan susaytirilishi (ingibitsiya qilinishi) nefronning proksimal naychasida koʻmir kislotasining sintezini bostiradi. Na+ ionlarining oʻrnini egallash uchun zarur boʻlgan N+ ionlarining manbai boʻlgan karbonat kislotasining yetishmovchiligi, buyraklar tomonidan natriy va suvni chiqarilishini oshiradi. Nefronning distal qismida atsetazolamidning taʼsiri oqibatidagi katta miqdorda natriyni chiqarilishi natijasida, Na+ ionlarini oʻrnini K+ ionlarini egallashi oshadi, bu kaliyni katta yoʻqotilishiga va gipokaliyemiyaga olib keladi. Asetazolamid bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi, bu metabolik atsidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asetazolamid siydik bilan fosfatlar, magniy, kalsiyni chiqarilishini chaqiradi, bu ham metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Qoʻllash boshlanganidan keyin 3 kun oʻtgach, atsetazolamid oʻzining diuretik xususiyatlarini yoʻqotadi. Davolashdagi bir necha kunlik tanaffusdan keyin qaytatdan buyurilgan atsetazolamid, karboangidrazaning normal faolligi tiklanganligi tufayli, diuretik taʼsirini qaytadan boshlaydi.
Asetazolamidning ekstrarenal taʼsiri glaukomani davolash uchun ishlatiladi. Kipriksimon tananing karboangidrazasini susayishi koʻzning oldi kamerasi suyuqligining sekretsiyasini kamaytiradi, bu koʻz ichki bosimini pasaytiradi.
Preparat tutqanoqni davolashda yordamchi vosita sifatida qoʻllanadi. Nerv xujayralaridagi karboangidrazani susaytirishi patologik qoʻzgʻaluvchanlikni tormozlaydi.
Asetazolamid likvordinamik buzilishlar va bosh miya ichki gipertenziyasini davolash uchun qoʻllanadi. Preparat bosh miyada xususan, bosh miya qorinchalarining nerv chigallarida orqa miya suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirib, karboangidrazaning faolligini susaytiradi.
Asetazolamid kislota-ishqor holatini metabolik atsidoz tomonga oʻzgartiradi, bu nafasni buzilishlarini davolash uchun, shu jumladan uyqudagi markaziy genezli apnoe sindromini davolash uchun ishlatiladi.
Asetazolamid meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentratsiyasi 1-3 soatdan soʻng erishiladi. Yuborilgan vaqtdan boshlab, minimal konsentratsiyalarda qonda 24 soat davomida tutib turiladi. Asetazolamid yoʻldosh orqali oʻtadi, oz miqdorda ko'ʻkrak sutiga kiradi. Toʻqimalarda toʻplanmaydi va organizmda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan soʻng qabul qilingan dozaning taxminan 90 % 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
🧐QO'LLANILISHI 🧐🧐🧐
-- Yurak yetishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan boğliq bólgan shishlarda.
-- Surunkali ochiq burchakli glaukoma, yopiq burchakli glaukoma kasalligida.
-- Tutqanoq , ya'ni epilepsiya kasalligida.
-- Balandlikka kótarilish bilan boğliq kasallik
-- Bosh miya ichki bosimini oshishi va ko'z ichki bosimini oshishi kabi xolatlarda qabul qilinadi.
♻️QABUL QILISH USULI VA DOZASI ♻️
Diakarbni kuniga 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilinadi.
Epilepsiya kasalligida esa shifokor belgilagan dozada qabul qiling ( esda saqlang ).
Aslida bu tabletkani shifokor belgilagan dozada qabul qilinadi. Shu sabab kasallik xolatiga qarab shifokor retsepti bilan qo'llaniladi.
🚫NOJO'YA TA'SIRI ❌❌
-- Ishtahaning buzilishi va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Poliuriya ( ko'p siydik ajralishi).
-- Ko"ngil aynish ,qusish
-- Metabolik atsidozni kuchaytiradi.
❌QABUL QILISH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2654