tgoop.com/Pharmacology_uz/2665
Last Update:
💊 NO-SHPA
❇️ Dori shakli: tabletka
♻️ Tarkibi: faol modda:
drotaverin gidroxloridi.
💠 Farmakoterapevtik guruhi:
spazmolitik vosita
✅ Qòllanilishi:
– xolesistolitiaz, xolangolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari
– siydik yo‘llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari
– me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me‘daning kardial va privratnik qismini spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo‘lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari
– bosh og‘rig‘i (mushak zo‘riqishi oqibatidagi bosh og‘riqlari, psixogen, stressli, surunkali kundalik bosh og‘rig‘i, transformasiyalangan migren), og‘riqli hayz ko‘rishlarda
✅ Qòllash usuli va dozalari:
– Kattalar: òrtacha kuniga 3-6 tabletkani tashkil qiladi, bir martalik doza 40-80 mg (1-2 tabletka).
– Drotaverinni bolalarda qabul qilishning zarurati tug‘ilgan hollarda:
6-12 yoshli bolalar: 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 80 mg, kuniga 2 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2 martada qabul qilish kerak. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 40 mg (1 tabletka).
12 yoshdan oshgan bolalar: 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza
160 mg, kuniga 4 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-4 martada qabul qilish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 40-80 mg ni, ya‘ni 1-2 tabletkani tashkil qiladi.
🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
– preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
– og‘ir yurak yetishmovchiligi
– 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
🚫 Nojòya ta'sirlari:
– ko‘ngil aynishi, qabziyat
– bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik
– yurak tez urishi, arterial bosimni pasayishi
– allergik reaksiyalar (angionevrotik
shish, eshakemi, toshma, qichishish).
🚨Obuna bòlish👉@Pharmacology_uz
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2665