Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/Pharmacology_uz/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Pharmacology.uz@Pharmacology_uz P.2695
PHARMACOLOGY_UZ Telegram 2695
Клотримазол маз 

🔱 DORI SHAKLI :😇

maz ( surtma )

♻️TARKIBI :
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 🔱

Klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g.

Yordamchi moddalar:
-- Propilenglikol – 12,5 g, 
-- Metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g,
-- Qahrabo kislotasi – 0,5 g, 
-- Natriy benzoati – 6 g, 
-- Emulsion mum – 3 g, 
-- Kanakunjut moyi – 14 g, 
-- Metilsellyuloza – 3 g, 
-- Distillangan monoglitseridlar – 1,5 g, 
--Tozalangan suv – 100 g gacha.
♻️TA'RIFI: ♻️
Oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz oʻziga xos hidli surtma.

🔱TA'SIR QILISHIGA KO'RA 🔱
 Zamburugʻlarga qarshi vosita.

♻️PREPARAT XUSUSIYATLARI♻️
Sirtga qoʻllash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburugʻlarga qarshi vosita, mikrob devorining hujayra membranasining tarkibiy qismi boʻlgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini oʻzgarishiga olib keladi.

Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentratsiyalarda esa – fungitsid, ayni paytda nafaqat proliferatsiyalanuvchi xujayralarga taʼsir qiladi.
Fungitsid konsentratsiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan oʻzaro taʼsir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburugʻ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.

Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mogʻor zamburugʻlari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
TA'SIR QILISH MEXANIZMI
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon soʻriladi va deyarli tizimli taʼsir koʻrsatmaydi. Epidermisning shox qavatida toʻplanadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyasidan yuqoriroq.
♻️QO'LLANILISHI
-- Terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mogʻor va boshqa zamburugʻlar va klotrimazolga sezgir boʻlgan qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan kasalliklarida .

-- Dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz kasalliklarida 

 -- Barmoqlar orasining zamburugʻli eroziyasi, zamburugʻli paronixiya.
ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida.

-- Kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qoʻllanadi.

-- Zamburug'li teri infeksiyasida qo'llaniladi.

Sirtga surtiladi.

Kattalarga boshqa tavsiyalar boʻlmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft oʻlchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qoʻllash lozim.

Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning ogʻirligi va joylashishiga bogʻliq. Toʻliq sogʻayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yalligʻlanishning oʻtkir simptomlarini yoʻqolishi yoki subyektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov toʻxtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi oʻrtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.

Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.

Oyoq terisidagi zamburugʻli kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.

Bolalarda 2 yoshdan boshlab qo'llaniladi.

🔴NOJO'YA TA'SIRI 😞
Mahalliy reaksiyalar: 😳
Achishish, shish, terini taʼsirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo boʻlishi.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.

-- Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-- Homiladorlikning birinchi uch oyligida mumkin emas .
--  2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

tgoop.com/Pharmacology_uz/2695
Create:
Last Update:

BY Pharmacology.uz

Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2695

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Telegram message that reads: "Bear Market Screaming Therapy Group. You are only allowed to send screaming voice notes. Everything else = BAN. Text pics, videos, stickers, gif = BAN. Anything other than screaming = BAN. You think you are smart = BAN. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. The group’s featured image is of a Pepe frog yelling, often referred to as the “REEEEEEE” meme. Pepe the Frog was created back in 2005 by Matt Furie and has since become an internet symbol for meme culture and “degen” culture.
from us

Telegram Pharmacology.uz
FROM American