tgoop.com/Sardor_Tuxtaev_Official/1715
Last Update:
Ota-onangizni qadrlang.Ular sizning hayotdagi qahromoningiz bo’lsin🤍
Ota-onangiz siz bor xonaga kirishsa o'rningdan tezda turing va chiroyli salom bering, buni kechiktirmang.
Ularni mahkam quchoqlang. Ota-onaningiz bag'ridan-da sokinroq va hotirjamroq joy yo'q bu dunyoda.
Yig'lating. Ha, ota-onangizni yig'lating , faqat qattiq quvonchdan yig'lasin. Siz shunday xursand qilingki , ota-onangiz quvonchdan ko'z yoshlar to'ksin.
”Sizlarni yaxshi ko'raman"deng. Ota-onaningizga yaxshi ko'rishingizni ko'p ayting, takror-takror xursand bo'lishadi.
Minnatdorchilik bildiring. Ota-onaningizga minnatdorchilik bildiring, sizni katta qilishgani,o’qitishgani, jamiyki o’zidagi bor imkoniyatni sizga bergani uchun ham.
Bu kabi ishlar sizdan hech qanday modiyat talab etmaydi.Ularni shu ishlar bilan ham xursand qila olasiz, hammasi o’z qo’lingizda.
BY Sardor To'xtayev |Official
Share with your friend now:
tgoop.com/Sardor_Tuxtaev_Official/1715